Dаrxаtlа Vа Ulаrdаn Olinаydigаn Yаg'och Turlаrining Mаhаliy Hudutdа O'sаydigаn Turlаri Mundarija : Kirish


Semenov zarangi (Acer Semenovii Rgl.)


Download 362.07 Kb.
bet12/15
Sana17.06.2023
Hajmi362.07 Kb.
#1530285
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Markaziy Osiyo o’rmonlari dendroflorasi va o’zi

Semenov zarangi (Acer Semenovii Rgl.) Ushbu zarang Markaziy Osiyoning dengiz sathidan 1000-2800 metr balandliklarda o'sadi, asosan tog' daryolari havzalarida tarqalgan. U asosan do'lana, qatrang'i, magaleb olchasi, olma, archa turlari bilan aralash o'sadi. U tog‘ melioratsiyasida jarliklar eroziyasiga uchragan yerlarni mustahkamlashda himoya o’rmonzorlari barpo etishda juda ko‘p qo‘llaniladi. Qurg'oqchilikka chidamli. Sovuqqa bardoshli. Tuproqqa talabchan emas. Tez o‘sadi va o‘rmon melioratsiyasida hamda tog‘li hududlarni ko'kalamzorlashtirish uchun tavsiya yetiladi.
Ingichka bargli jiyda, qushjiyda (Elaeagnus angustifolia L.) Markaziy Osiyo va Kavkaz daryo to'qaylarida keng tarqalgan asosiy daraxt o‘simligi hisoblanadi. Qushjiydani tuproq tanlamasligi, sho‘r yerlarda o‘sishga moslashganligi o‘rmon melioratsiyasida qadrlanadi. Barglarining manzarali xususiyatiga ko‘ra ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanish mumkin. Mirzacho‘lda sho‘rlangan yerlarda ihotazorlarda, kollektorlar bo'ylarida keng ekilgan. Issiqlikka, qurg‘oqchilikka chidamli, eng asosiysi boshqa daraxt turlari o‘sa olmaydigan sho‘rxak tuproqlarda bemalol o'sadi.
Chilonjiyda yoki xitoy finigi (Ziziphus jujuba Mill.) Markaziy Osiyo respublikalarida keng tarqalgan. Chilonjiyda quruq tog‘ qiyaliklarida o'sadi. Bu yerlarda dengiz sathidan 1500-1600 m gacha balandlikka ko‘tariladi. Uning xillari nihoyatda ko‘p bo‘lib, ular qurg‘oqchilikka, issiqqa chidamli. Shuning uchun lalmikor yerlarda va bog‘larda ko‘p ekish maqsadga muvofiqdir. Ular turli kasalliklarga va zararli hasharotlar ta’siriga chidamli.
Tatar shitvisi (Lonicera tatarica L.) Evroosiyo: Rossiyaning Evropa qismidan sharqda, G'arbiy va Markaziy Sibir janubida, Markaziy Osiyo, Shimoliy G'arbiy Xitoy va Yevropa qismining sharqi-janubiy hududlarida tabiiy holda o‘sadi. U xushmanzara buta sifatida ekiladi. Sovuqqa, qurg‘oqchilikka, tuproqning sho‘rtobligiga chidamli. Yer tanlamaydigan tur hisoblanadi. Ammo shahar sharoitida havoning ifloslanishiga chidamli. O’rmon meliorativ ishlarida katta ahamiyatga ega.

Download 362.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling