Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar
Download 2,16 Mb.
|
Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy hodisalarda moddaning bo‘linmaydigan eng kichik zarrasi atomlardir.
- Kimyoviy formula
- Valentlik
- Mol – Modda miqdori
- Gazlarning zichligini hisoblab topish.
- Kimyoviy reaksiyalarda energetik hodisalar
Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlarReja:
Kimyoviy hodisalarda moddaning bo‘linmaydigan eng kichik zarrasi atomlardir.«Atom» so‘zi qadimgi yunon tilida bo‘linmas degan ma’noni anglatadi. Hozirgi vaqtda atom bir qator yanada kichik zarralardan iborat ekanligi isbotlangan. Atom zarralari Kimyoviy formulaKimyoviy formula — modda tarkibining kimyoviy belgilar va (zarur bo‘lsa) indekslar yordamida ifodalanishidir. Kimyoviy formulaga qarab moddaning sifat va miqdor tarkibini bilib olish mumkin. Koeffisiyent Indeks H2SO4 — sulfat kislotaning 1 ta molekulasini va molekulada 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomi mavjudligini, xususan, moddaning 1 molini ham bildiradi.sulfat kislota ValentlikElement atomlarining boshqa elementning muayyan sondagi atomlarini biriktirib olish xususiyati shu elementning valentligi deyiladi. Valentligi noma’lum bo‘lgan elementning valentligi, vodorodli yoki kislorodli, shuningdek, valentligi ma’lum bo‘lgan boshqa bir element bilan hosil qilgan birikmalaridan aniqlanadi.Mol – Modda miqdoriModdaning massasi aniq bo‘lganda, uning modda miqdorini aniqlash yoki modda miqdori berilganda uning massasini topish. Bir xil sharoitdagi turli gazlarning bir xil hajmidagi molekulalar soni bir xil bo‘ladi (Avogadro qonuni).Bug‘ holatidagi moddalarning va har qanday gazning 1 moli n.sh.da 22,4 l hajmni egallaydi va u molar hajm Vm deb ataladiGazlarning zichligini hisoblab topish.Namunaga olingan gazlarning zichligini topish uchun molar massasini molar hajmiga bo‘lamiz: r = M Vm Ekvivalentlar qonuniKimyoviy elementlar bir-biri bilan o‘z ekvivalentlariga proporsional bo‘lgan massa miqdorlarda birikadi yoki almashinadi (Ekvivalentlar qonuni). Kimyoviy reaksiyalarda energetik hodisalarBarcha kimyoviy reaksiyalarda energiya ajralib chiqadi yoki yutiladi. Kimyoviy reaksiya vaqtida issiqlik ajralib chiqsa, ekzotermik reaksiyalar deb ataladi. Har qanday murakkab moddaning oddiy moddalarga qadar parchalanish issiqligi uning hosil bo‘lish issiqligiga teng bo‘lib, ishorasi qarama-qarshi tarzda ifodalanadi (Lavuazye va Laplas qonuni).Reaksiyalarning issiqlik effekti boshlang‘ich moddalar bilan hosil bo‘lgan mahsulotlarning tabiatiga bog‘liq bo‘lib, reaksiyaning oraliq bosqichlariga taalluqli emas (Gess qonuni).Download 2,16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling