Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar


Download 2.16 Mb.
Sana03.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1672424
Bog'liq
Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar

Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar

Reja:

Kimyoviy hodisalarda moddaning bo‘linmaydigan eng kichik zarrasi atomlardir.


«Atom» so‘zi qadimgi yunon tilida bo‘linmas degan ma’noni anglatadi.
Hozirgi vaqtda atom bir qator yanada kichik zarralardan iborat ekanligi
isbotlangan.
Atom zarralari

Kimyoviy formula


Kimyoviy formula — modda tarkibining kimyoviy belgilar va (zarur bo‘lsa)
indekslar yordamida ifodalanishidir.
Kimyoviy formulaga qarab moddaning sifat va miqdor tarkibini bilib
olish mumkin.
Koeffisiyent
Indeks

H2SO4 — sulfat kislotaning 1 ta molekulasini va molekulada 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomi mavjudligini, xususan, moddaning 1 molini ham bildiradi.


sulfat kislota

Valentlik


Element atomlarining boshqa elementning muayyan sondagi atomlarini biriktirib
olish xususiyati shu elementning valentligi deyiladi.

Valentligi noma’lum bo‘lgan elementning valentligi, vodorodli yoki kislorodli, shuningdek, valentligi ma’lum bo‘lgan boshqa bir element bilan hosil qilgan birikmalaridan aniqlanadi.

Mol – Modda miqdori


Moddaning massasi aniq bo‘lganda, uning modda miqdorini aniqlash yoki modda miqdori berilganda uning massasini topish.

Bir xil sharoitdagi turli gazlarning bir xil hajmidagi molekulalar soni bir xil bo‘ladi (Avogadro qonuni).

Bug‘ holatidagi moddalarning va har qanday gazning 1 moli n.sh.da 22,4 l hajmni egallaydi va u molar hajm Vm deb ataladi

Gazlarning zichligini hisoblab topish.


Namunaga olingan gazlarning zichligini topish uchun molar massasini
molar hajmiga bo‘lamiz:
r = M
Vm

Ekvivalentlar qonuni


Kimyoviy elementlar bir-biri bilan o‘z ekvivalentlariga proporsional bo‘lgan massa miqdorlarda birikadi yoki almashinadi (Ekvivalentlar qonuni).

Kimyoviy reaksiyalarda energetik hodisalar


Barcha kimyoviy reaksiyalarda energiya ajralib chiqadi yoki yutiladi.
Kimyoviy reaksiya vaqtida issiqlik ajralib chiqsa, ekzotermik reaksiyalar deb ataladi.

Har qanday murakkab moddaning oddiy moddalarga qadar parchalanish issiqligi uning hosil bo‘lish issiqligiga teng bo‘lib, ishorasi qarama-qarshi tarzda ifodalanadi (Lavuazye va Laplas qonuni).

Reaksiyalarning issiqlik effekti boshlang‘ich moddalar bilan hosil bo‘lgan mahsulotlarning tabiatiga bog‘liq bo‘lib, reaksiyaning oraliq bosqichlariga taalluqli emas (Gess qonuni).


Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling