Дастурий таминот
Huquqshunoslik qiymatlar bazasi
Download 0.62 Mb.
|
Amaliy dasturiy ta’minotning roli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Personal informasion MeNejerlar
- Rejalashtirish programmalari
- Simvollarni tanish programmalari
- Tarjimon programmalar.
- Qiymatlar bazalarini boshqarish sistemalari
- Avtomatlashtirilgan loyixalash sistemalari
Huquqshunoslik qiymatlar bazasi
Turli normativ hujjatlar matnlaridan tashkil topgan bo’lib, bu hujjatlarni izlash, topish, chop qilish va boshqa imkoniyatlari mavjud. Huquqshunoslik bo’yicha qiymalar bazalari umumiy va maxsus qiymatlar bazalaridan iborat bo’lib turli sohalarni kamrashlari mumkin: xo’jalik yuritish, bank ishi, bojxona konunchiligi, viloyat (regional) qonunchiligi va boshqalar. Kam ma’lumotga ega bo’lgan qiymatlar bazasi nisbatan arzon narhlarda (20 $) sotiladi, qimmatlari davriy ravishda yangilanib turadigan (elektron pochta orqali yoki disketalar vositasida) qiymatlar bazasi bo’lib foydalanuvchining kompyuteriga o’rnatiladi. Eng ko’p va keng ko’lamda ishlatiladigan amaliy programmalar turi – bu hujjatlarni tahrirlash programmalaridir. Bu programmalar oddiy chop qiluvchi mashinkaga qaraganda hujjatlarni ancha tez va qulay tayyorlash imkoniyatini beradi. Hujjatlarni tahrirlash programmalari shriftlar va simvollarning turli xil ko’rinishlarini ishlatishga, istalgan ko’rinishdagi abzaslar qilishga, so’zlarni yangi satrga avtomatik ravishda ko’chirishga, snoskalar qilishga, suratlar va turli xil shakldagi chizmalarni chizib matn bilan birga joylashtirishga, sahifalarni va snoskalarni avtomatik ravishda nomerlashga va boshqa ko’p ishlarni qilishga yordam beradi. Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakka hol va birgalikda ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat operasion tizim— tarmoq operasion tizimi deb ataladi. Ushbu operasion tizim, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko’rsatadi. Asosiy dasturiy ta’minotni qo’shimcha ravishda o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plami to’ldirib turadi. Bundan dasturlarni ko’pincha utilitlar Deb atashadi. Personal informasion MeNejerlar Deb ataluvchi programmalar foydalanuvchiga bajarilishi kerak bo’lgan ishlarni hisobga olish, esga solish kabi ishlarga mo’ljallangan. Bunaqa programmalarga misol qilib Starfish, Software firmasining Lotus Organizer va Sidekick kabi programmalarni keltirish mumkin. Rejalashtirish programmalari bajarilishi kerak bo’lgan ishlarning (ko’pchilik kishilar va resurslar bajaradigan) rejasini tuzish, tarmoqli rejalashtirish (masalan, uy qurish bo’yicha ishlarning rejasi) kabi ishlarga mo’ljallangan Symantec firmasining Microsoft Project, Timline kabi programmalari rejalashtirish programmalariga misol bo’la oladi. Simvollarni tanish programmalari skaner yordamida kiritilgan ma’lumotni (ya’ni, mashinkada chop qilingan matnni, kitob, jurnal, gazeta va boshqalardagi matnni) kompyuter xotirasiga tanish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu ma’lumotni klaviaturadan kiritish shart emas. Albatta bu programma ishi kiritilayotgan matnni to’g’ri qabul qilishi ko’p jihatdan matnni chop qilish sifatiga bog’liq. Bu programmalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Bit firmasining Fine Reader, Cognitive Technologies firmasining Cunieform programmasi va boshqalar. Tarjimon programmalar. Bu programmalar jumlasiga ProMT firmasining Styles, Magic Gooddy, Arsenal firmasining Sokrat programmasi va boshqalar kiradi. Ko’pchilik programmalar (Rossiya mahsuloti bo’lgani uchun) ingliz-rus, rus-ingliz, Nemis-rus, rus-Nemis, fransuz-rus, rus-fransuz tarjimalarini bajarishga mo’ljallangan. Lug’at-programmalar. Bular jumlasiga Media Lingva firmasining Mul’tileks, Infomatik firmasining Konpekst, Bit firmasining Lingva va boshqalar kiradi. Bu programmar oddiy lug’atlarning elektron versiyasi bo’lib qo’shimcha qulayliklar bilan jihozlangan. Qiymatlar bazalarini boshqarish sistemalari. Qiymatlar bazalarini boshqarish sistemalari qiymatlar bazasi deb ataluvchi katta informasion massivlarni boshqarishga mo’ljallangan. Oddiy qiymatlar bazalarini boshqarish sistemalari kompyuterda bitta informasion massiv masalan shaxsiy kortatekaning axborotini qayta ishlashga mo’ljallangan. Murrakab qiymatlar bazalarini boshqarish sistemalari programalashgan. Odatda oddiy qiymatlar bazalarini boshqarish sistemalari programalashtirish vositalariga ega bo’lib, ularning ko’pchiligi bu vositalarni interaktiv shaklda qo’llash imkonini beradi. Qiymatlar bazalarini boshqarish sistemalarining quvvatli (ko’p imkoniyatli) lari jumlasiga Lotus Approach, DataEase, Paradox kabi sistemalar kiradi. Uncha katta bo’lmagan informasion sisTemalar yaratib ular bilan ishlash uchun Microsoft Access, FoxPro, Clarion va boshqalarni ishlatish mumkin. Ko’p foydalonuvchili katta informasion sistemalar tipiga qiymatlar bazalarini boshqarish sisTemalari ko’lllaniladi. Bunaqa sistemalarda qiymatlar bazasining o’zi quvvatli kompyuterlar – Serverda joylashtiriladi. Shu bazadagi qiymatlar ustida turli amallar bajarish, turli surovlarga javob olish uchun kliyentlar o’z kampyuterlaridan murojaat qilishlari mumkin. Bunaqa qiymatlar bazalarini boshqarish sisTemalari ichida Oracle, Microsoft SQL Server, Subese SQL Server, Informix va boshqalar keng qo’llaniladi. Avtomatlashtirilgan loyixalash sistemalari turli predmetlar va mexanizmlarning chizmachilik va loyihalash ishlarini kompyuterda bajarish imkonini beradi. Dunyoda bunaqa sistemalar ichida kichik va o’rta sinf sistemalari sifatida Auto Cad va Auto Desk kabi sistemalar keng yoyilgan. Yuqori sinf sistemalari uch o’lchovli modellashtirish imkoniyatlari bo’lib, mexanik qayta ishlash jarayonlarini loyihalashga mo’ljallangan hamda sonli programmali boshqarish vositalarini modellashtirish va boshqa imkoniyatlarga egadirlar. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling