Дастурий таминот
Virtual tashqi xotirani boshqarish
Download 0.62 Mb.
|
Amaliy dasturiy ta’minotning roli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoq operasion tizimi
- Amaliy dasturlarning tavsiflanishi va ularning qo’llanilishi
- Hujjatlarni tahrirlash
- Jadval prosessorlari
- Nashirlik sistemalari
Virtual tashqi xotirani boshqarish.
Virtual tashqi xotirani boshqarish virtual ichki xotirani boshqarishga nisbatan bir muncha murakkabroq. Buning asosiy sababi ularning hajmidadir. Masalan: aholisi 50000 kishidan iborat bo’lgan shahardan barcha 13-chi uylarni topish, aholisi 5000000 kishidan iborat shahardagi barcha 13-chi uylarni topishga nisbatan ancha oson. Shu sababli tashqi xotiradagi real manzilni topish uchun turli usullardan foydalaniladi. Manzil bevosita varaq koeffitsiyenti qo’shilishi bilan aniqlanadi va real adresdagi berilganlar tanlanadi. Tarmoq operasion tizimi. Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakka hol va birgalikda ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat operasion tizim— tarmoq operasion tizimi deb ataladi. Ushbu operasion tizim, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko’rsatadi. Asosiy dasturiy ta’minotni qo’shimcha ravishda o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plami to’ldirib turadi. Bundan dasturlarni ko’pincha utilitlar Deb atashadi. Drayverlar. Ular operasion tizim imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, kompoterning kiritish — chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar va boshqalar) ni boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin. Utilitlar—bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’shimcha oPerasiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko’rsatish (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) ga mo’ljallangan dasturlardir. Amaliy dasturlarning tavsiflanishi va ularning qo’llanilishi Hozirgi davrda butun dunyoda IBM PC va ular bilan o’rindosh bo’lgan kompyuterlarni ishlatish uchun turli-tuman programmalar tuzilgan va ulardan muvaffaqqiyatli foydalanilmoqda. IBM PC kompyuterlariga o’rindosh kompyuterlar uchun yuz minglab turli amaliy programmalar tuzilgan bo’lib, ular turli vazifalarni bajarishga mo’ljallangan. Bular ichida eng ko’p qo’llaniladiganlari quyidagi programmalardir: Kompyuterda matnlarni (hujjatlarni) tayyorlash – matn muharrirlari (tahrirlovchilar); Jadval qiymatlarini qayta ishlash – jadval prosessorlari; Bosmaxonada chop etilgan hujjatlar sifatiga ega bo’lgan hujjatlar tayyorlash – noshirlik sistemalari; Axborot to’plamlari (massivlari)ni qayta ishlash – qiymatlar bazasini boshqarish sistemalari; PReZentasiyalar tayyorlash – slayd-shou; Iqtisodiy maqsadlarga qaratilgan programmalar – hisobchilar programmalari, moliyaviy tahlil qiluvchi programmalar, huquq masalalari bo’yicha qiymatlar bazasi va boshqalar; Shakllar, suratlar, rasmlar chizish programmalari, animasion (multfilm) va videofilmlar programmalari; Avtomatlashtirilgan loihalash sistemalari (programmalari), ya’ni turli predmetlar va mexanizmlarning chizmalari va loihalash programmalari; Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish programmalari; Kompyuter o’yinlari, elektron ma’lumotnomalar (spravochnik) va boshqalar. Ko’pchilik amaliy programmalar operasion sistemalarning o’zgarashiga moslashtirilgan. Keyingi davrda Windows 95, Windows 98 kabi oPerasion sistemalar paydo bo’lishi 1992-95 yillarda ishlab chiqarilgan amaliy dasturlarning ishlab turishiga unchalik ta’sir qilgan emas. Buning sababi Windows nomi bilan yuritiluvchi va OS/2 kabi operasion sistemalar ishini to’la bajarish imkoniyatiga egaligidir. Lekin, oPerasion sistemaning muayyan turiga moslashtirib tuzilgan amaliy programma o’sha operasion sistemaning o’zida ishlatilsa yaxshiroq, turg’unroq ishlaydi va ko’proq imkoniyatlar bilan ishlatilsa bo’ladi. Quyida biz qisqacha ko’p ishlatiladigan amaliy programmalarning turlarini qarab chiqamiz: Hujjatlarni tahrirlash. Eng ko’p va keng ko’lamda ishlatiladigan amaliy programmalar turi – bu hujjatlarni tahrirlash programmalaridir. Bu programmalar oddiy chop qiluvchi mashinkaga qaraganda hujjatlarni ancha tez va qulay tayyorlash imkoniyatini beradi. Hujjatlarni tahrirlash programmalari shriftlar va simvollarning turli xil ko’rinishlarini ishlatishga, istalgan ko’rinishdagi abzaslar qilishga, so’zlarni yangi satrga avtomatik ravishda ko’chirishga, snoskalar qilishga, suratlar va turli xil shakldagi chizmalarni chizib matn bilan birga joylashtirishga, sahifalarni va snoskalarni avtomatik ravishda nomerlashga va boshqa ko’p ishlarni qilishga yordam beradi. Hozirgi davrdagi ko’pchilik matn tahrirlovchi programmalar yozuv qoidalariga rioya qilishni, matnni bir Necha ustun qilib joylashtirishni, jadvallar va diagrammalar yaratishni, mundarijalar tuzishni, predMet ko’rsatkichlarini yaratishni va boshqa ishlarni bajarishni «bilishadi». DOSda ishlaganda Rossiya va MDHning ko’pchilik korxonalarda unchalik murakkab bo’lmagan Lexicon (Leksikon) tahrirlovchisi turli matnlarni tahrirlash uchun ko’p qo’llanilmokda. Bundan tashqari Leksikonga qaraganda quvvatli va qulay bo’lgan tahrirlovchilar sifatida Microsoft Word yoki Corel firmasining Word Perfect kabilari ishlatilmoqda. Microsoft Word va Corel Word Perfect tahrirlovchilari Windows 95, Windows 98, Windows Me, Windows NT va OS/2 oPerasion sisTemalari ta’siri ostida ishlashga mo’ljallangan bo’lib, imkoniyatlari nuktai-nazaridan ular professional bosmaxonalarda ishlatiladigan sistemalardan qolishmaydi. Bu tahrirlovchilarning qulayliklaridan biri shundan iboratki, qog’ozga chop qilinishi kerak bo’lgan ma’lumotning shaklini ekranda ko’rish mumkin. Bundan tashqari, bu tahrirlovchilar ish yuritishning ko’p ishlarini avtomatlashtirish imkoniyatiga ega, masalan, standart xatlarni, blankalarni to’ldirish va boshqa ishlar. Bu tahrirlovchilardan tashqari ancha soddaroq hisoblangan Word Pro (Lotus firmasi maxsuloti), Just Write (Symantec firmasi maxsuloti) kabi tahrirlovchilar ham ishlatilmoqda. Jadval prosessorlari. Jadval prosessori bilan ishlaganda ekrandagi har bir katakchada tekst (tushuntirish matni), sonlar va formulalar bo’lgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi jadval chiqariladi. Barcha jadval prosessorlari jadval eLeMentlarni berilgan formulalar asosida qayta hisoblash, jadval elementlari asosida turli grafiklar tuzish va boshqa imkoniyatlariga ega. Hozirgi zamon jadval prosessorlari uch o’lchovli jadvallar tashkil qilish imkoniyatlariga ham ega bo’lib, foydalanuvchiga shaxsiy kiritish, chiqarish formalarini yaratish (masalan, buxgalterlarning turli blankalari: tulov varaqasi, maxsus formadagi blanklar va hokazo), jadvalga turli shakllar, yozuvlar, hatto fotosuratlar qo’shish, makrokomandalar yordamida avtomatlashtirish vositalaridan foydalanish, qiymatlar bazasi bilan ishlash va boshqa ko’p qulayliklar yaratilgan. Bulardan tashqari turli Dekorativ harakterdagi imkoniyatlar ham bor: ovoz effektlarini qo’shish, slayd-shou tashkil qilish va x.k. jadval proSessorlarining eng ommaviylaridan Microsoft Exsel (Windows uchun), Lotus 1-2-3 va Quattro Pro (DOS va Windows uchun) lardir. Nashirlik sistemalari. Gazetalar, jurnallar, kitoblar va boshqa nashriyot mahsulotlarini tayyorlash uchun nashrlik sistemalari qo’llaniladi. Bularning asosiy vazifasi, joylashtirish, ya’ni chop qilinayotgan hujjat sahifalariga shakllar joylashtirish, turli rassomlik effektlarini qo’llash, matnni kerakli ko’rinishda tayyorlash va boshqalar hisoblanadi. Odatda hujjat matni qandaydir matn tahrirlovchisida, masalan, Microsoft Word tahrilovchisida kompyuterga kiritilib kerakli joylari tahrirlangandan so’ng nashrlik sistemasiga Beriladi. Nashrlik sistemasi maTerialni chop qilishga tayyorlaydi. Eng ko’p ishlatiladigan nashrlik sistemalaridan quyidagini Keltirish mumkin: Adobe firmasining Page Maker dasturi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling