Дастурий таминот


Animasiyalar uchun programmalar


Download 0.62 Mb.
bet14/19
Sana14.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1459092
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Amaliy dasturiy ta’minotning roli

Animasiyalar uchun programmalar.
Obektlarning ikki yoki uch o’lchovli harakatlanishi modellarini yasash imkonini beradi. Ularni boshqarib va ularning kombinasiyalari yordamida uncha murakkab bo’lmagan animasion filmlar yaratish mumkin.
Bunaqa programmalarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: Autodesk firmasining 3D Studio, Crystal Grafics firmasining Crystal Topas Prof, Lightwave 3D, Elastic Reality va boshqalar.
Kompyuter-video yaratish uchun programmalar. Maxsus uskunalar bo’lsa videofilmlar yaratish, bu filmlarni titrlar, videoefektlar va boshqalar bilan boyitish imkonini beradi. Bunaqa programma sifatida Adobe Premiere programmasini keltirish mumkin.
Buxgalter programmalari. Buxgalter programmalari buxgalterlik hisobini olib borish, moliya hisobotlarini tayyorlash va ba’zan, korxonaning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish uchun mo’ljallangan. Chet mamlakatlardagi buxgalter programmalari buxgalterlik hisobini olib borish, moliya hisobotlarini tayyorlash va ba’zan korxonaning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish uchun mo’ljallangan. Chet mamlakatlardagi buxgalterlik hisobini olib borish sobiq Sovet Ittifoqi Respublikalari, shu jumladan, O’zbekistonda amalda bo’lgan buxgalterlik hisobini olib borishdan farq qilganligi tufayli buxgalterlik programmaari sifatida O’zbekistonda yaratilgan, yoki Rossiyada yaratilganlarini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Unga katta bo’lmagan xo’jaliklar uchun buxgalterlik programmalaridan «1C:Buxgalteriya», Info buxgalter (Informatika firmasi maxsulotlari), Turbo-Buxgalter («DIS» firmasi maxsuloti) va boshqalari kabi unchalik qimmat bo’lmagan sodda qo’llanishga ega bo’lgan programmalar yetarlidir. Xo’jalik yuritishi katta hajmli axborotlar vositasida amlga oshiriladigan korxonalarga esa ko’p imkoniyatlarga ega bo’lgan va shu bilan birga buxgalterlik hisobidan chetga chiqish nazarda tutilgan imkoniyatli sistemalar zarur. Bunday sistemalar sifatida quyidagilar ishlatilishi mumkin: ombor hisobi, savdo-sotik operasiyalarining hisobi, xo’jalik shartnomalarining bajarilishini nazorat qilish, boshqaruv hisob-kitobi, korxonaning faoliyatini moliyaviy tahlil qilish va boshqalar.
Bunday programmalarga misol qilib quyidagi programmalarni keltirish mumkin: Parus, Infosoft, Infint, Atlant-inform, Kom - Tex va boshqalar.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling