Дастурий таминот


Download 0.62 Mb.
bet13/19
Sana14.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1459092
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Amaliy dasturiy ta’minotning roli

Grafik tahrirlovchilar.
Grafik tahrirlovchilar shakllar, rasmlar yaratish va tahrirlash uchun mo’ljallangan. Eng sodda grafik tahrirlovchi chiziqlar chizish, ekranning sohalariga ranglar berish, turli shriftlarni ishlatib yozuvlar tashkil qilish va boshqa imkoniyatlarga ega. Bunday tahrirlovchilar Windows sistemasida Paint yoki Paintbrush grafik tahrirlovchilari bor, MS DOS da esa ancha quvvatli hisoblangan Paintbrush tahrirlovchisi (Zsoft firmasi tomonidan yaratilgan) mavjud. Fotosuratlarni qayta ishlashga mo’ljallangan tahrirlovchilarda (masalan, Aldus Photostyler, Adobe Photoshop, Photo Express) katta razmerli suratlarni tahrirlash imkoniyati bo’lib, suratni butunlay yoki uning qismlari yorkinligi va kontrastligi sozlanishi mumkin, bundan tashqari uncha murakkab bo’lmagan rang effektlarini bajarish imkoniyati ham bor. Adobe Photostyler kabi professional tahrirlovchi esa turli badiiy shakllar yaratishga mo’ljallangan va ko’p boshqa tasviriy imkoniyatlar ham mavjud.
Corel Draw kabi obyekt (vektor) grafik tahrirlovchisi ham ommalashgan bo’lib, har bir tasvirda rangli nuqtalar, turli chiziqlar, harflar va shu kabi obyektlar bilan ishlash imkoniyati bor.
Bular yordamida yetarlicha sodda va qulay ravishda murakkab va chiroyli tasvirlar yaratish mumkin. Albatta, bu tasvirlar sun’iy xarakterga ega ekanligi Sezilib turadi, lekin ularni turli Reklama, e’lonlar, texnik illyustrasiyalar va boshqa ko’p har xil sohalarda muvaffaqiyatli qo’llashga bu fotoReallik halaqit bermaydi.

Taqdimotlarni tayyorlash programmalari

yordamida prezentasiya uchun slaydlar tashkil qilish, bu slaydlarni turli chiroyli diagrammalar, shakllar, yozuvlar va boshqalar bilan bezash hamda bu slaydlarni ekrani katta hajmga ega bo’lgan kompyuterlarda yoki maxsus demonstrasiya paneli yordamida ko’rsatish mumkin. Bunaqa programmalar sifatida Microsoft firmasining PowerPoint, Lotus firmasining Freelance Graphics, Micrograf firmasining Charisma, Software Pullishing firmasining Harvard Graphics programmalarini keltirish mumkin.





Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling