Davlat budjeti xarajatlari


Download 339.95 Kb.
bet12/14
Sana18.06.2023
Hajmi339.95 Kb.
#1555929
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

BNs = SB x O’Us / ASs,


bunda: XBNs - rejalashtirilayotgan yilga bir kishi hisobiga xarajatlarning bazaviy normativi;


VSB - sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati, kapital qo’yilmalar va markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlaridan tashqari rejalashtirilayotgan yilga Qoraqalpog’iston Respublikasi yoki viloyatlar sog’liqni saqlashining umumiy budjeti;
O’Us - rejalashtirilayotgan yilning 1 yanvariga BTSYo qishloq muassasalariga biriktirilgan viloyat aholisi soni;
ASs - hisobot davrida viloyat sog’liqni saqlash budjetida viloyat qishloq BTSYo budjetining o’rtacha ulushi (koeffitsientlarda).
BTSYo qishloq muassasalari budjetini hisobot davridagi sanitariya- epidemiologiya nazorati xizmati xarajatlari, kapital qo’yilmalar va markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlarini istisno etgan holda viloyat sog’liqni saqlash umumiy budjetiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Bunda qishloq BTSYo budjetining o’rtacha ulushi Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar sog’liqni saqlash muassasalarini qayta tashkil etish hisobiga ko’paytiriladi.
Alohida olingan BTSYo muassasasini moliyalashtirishning yillik hajmi tuzatish koeffitsientlaridan (jins-yosh tarkibi va aholi zichligi) foydalanilgan holda bir kishi hisobiga xarjatlarning bazaviy normativi va BTSYo muassasasiga biriktirilgan aholi soni hisobidan kelib chiqib belgilanadi.
Har bir keyingi rejalashtiriladigan yilga bir kishiga xarajatlarning bazaviy normativi belgilangan tartibda aniqlanadigan indeksatsiya koeffitsientlari hisobga olingan holda hisoblab chiqiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligi, viloyat hokimliklari moliya boshqarmalari va sog’liqni saqlash boshqarmalari BTSYo qishloq muassasalari budjetlarini hisoblab chiqadi va ularni xarajatlar guruhiga bo’lmasdan bitta summa bilan BTSYo muassasalariga etkazadi.
BTSYo qishloq muassasalari belgilangan tartibda moliya organlarida ro’yxatdan o’tkaziladigan xarajatlar smetasi, shtat jadvalini ajratilgan budjet doirasida mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
BTSYo muassasalarining hisoblangan budjeti joriy faoliyat bo’yicha ularning xarajatlarini qoplashi lozim.
BTSYo qishloq muassasalarining imtiyozli retseptlar bo’yicha beriladigan dori-darmonlar uchun xarajatlari tuman markaziy kasalxonasi budjetida nazarda tutiladi. BTSYo muassasalari uchun kapital qurilish va qimmat turadigan uskunalarni sotib olish xarajatlari bir kishi hisobiga xarajatlar normativi bo’yicha moliyalashtirish tizimi doirasidan tashqarida nazarda tutiladi.
BTSYo qishloq muassasalarini moliyalashtirish tartibi. BTSYo qishloq muassasalarini moliyalashtirish tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq har oyda bitta summada (xarajatlar guruhlariga ajratmasdan) Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimliklari sog’liqni saqlash boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Sog’liqni saqlash budjetini ajratishda mahalliy moliya organlari birinchi navbatda BTSYo muassasalari uchun moliyaviy mablag’lar ajratilishini ta’minlashi kerak.
Budjet mablag’lari har oyning 15-kunidan kechikmasdan bitta to’lov bilan BTSYo muassasalarining hisob raqamiga to’liq miqdorda o’tkaziladi. Hisobot yilining oxirida BTSYo muassasalari hisob raqamlarida qoladigan mablag’lar olib qo’yilmaydi va ularni rivojlantirish uchun foydalaniladi.
Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya xarajatlari. O’zbekiston tanlagan islohot yo’li ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekiston modeliga asos bo’lib xizmat qilgan mashhur besh tamoyillardan biri - aholini ijtimoiy muhofaza qilishga va kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga qaratilgan. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tamoyili mamlakatimiz ichki siyosiy barqarorligi uchun o’ta muhim shartlardan biri ekanligi ta’kidlab o’tilgan. Mazkur tamoyilning ahamiyati ijtimoiy ziddiyatlarning oldini olishga qaratilgani va mamlakat mustaqilligini saqlab qolishni zaruriy sharti ekanligidir.
O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish iqtisodiy islohotlar dasturidagi uzluksiz ustuvor yo’nalishlardan biriga ya’ni islohotlarning hamma bosqichlarida ustuvor hisoblanadigan vazifalar qatoriga kiradi. Kuchli ijtimoiy siyosat O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lining etakchi tamoyillaridan biridir.
Zero fuqarolarning munosib hayot kechirish, aholini ayrim toifalarini (qariyalar, kam ta’minlangan oilalar, yosh bolali onalar, ayollar, nogironlar va pensionerlar) moddiy jihatdan ta’minlash davlatning muhim ijtimoiy siyosati hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosatda fuqarolar hayotini uch asosiy bosqichga ajratish muhimdir:



  • mehnat qilishni boshlagungacha (mehnat faoliyati boshlangunga qadar bo’lgan inson hayoti, ma’lumot olish va kasb o’rganish davri);

  • mehnat qilish davri (o’z farovonligi va jamiyat farovonligi yo’lida qilinadigan faoliyat);

  • mehnat qilish tugagan davr (asosan hayot faoliyatining passiv davri — pensionerlik, nogironlik.).

Ijtimoiy siyosatning zaruriyati mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarda aholi uchun qiyinchiliklarni engillashtirish bilan bog’liq. Ijtimoiy jihatdan nochor aholi kategoriyalarini muhofazalash shakllari haqida gap borgan hollarda «ijtimoiy muhofaza» atamasi davlatning ijtimoiy siyosatini ta’riflash uchun keng ishlatiladi. Yurtboshimiz ijtimoiy muammolarni muvaffaqiyatli hal etish, ishonchli ijtimoiy kafolatlarni yaratish, mehnatning manfaatli bo’li-shini kuchaytirish islohotlarni o’tkazish uchun mustahkam ijtimoiy ta-yanch bo’ladi, ular muqarrarligining garovi bo’lib xizmat qiladi,- deb ijtimoiy siyosatning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini tushuntirib byerdilar.
O’zbekistondainsonnirivojlantirishmilliymaqsadlarigayerishishdadavlatmaqsadli dasturlariningishlabchiqilishivaizchilamalgaoshirilishialohidaahamiyatgaegabo’l moqda. Ma’lumki, respublikadaharbiryilmuayyan,
judamuhimvayirikijtimoiymuammonihaletishgabag’ishlanadi. Mazkurijtimoiymasalanihaletishuchunkengko’lamlidavlatmaqsadlidasturiishlabc hiqiladi. Ushbu Davlat dasturi asosida mintaqaviy hamda har bir vazirlik va idoraning dasturi ishlab chiqiladi. Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga amalda mamlakatning barcha aholisi, har bir korxona, tashkilot va muassasa safarbar etiladi.


Ijtimoiy dasturlar – aholining bevosita turmush sharoiti va farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlarni rivojlantirishga oid ijtimoiy siyosatning chora-tadbirlarini o’z ichiga olgan rejali hujjatlardir.

Ijtimoiy dasturlarning asosiy vazifalari quyidagilarda o’z ifodasini topadi:





  • insonlarga bepul ta’lim va tibbiy xizmat ko’rsatish;

  • insonlarning moddiy-ma’naviy farovonligiga yerishishni ta’minlash;

  • kishilarning mehnat faoliyati jarayonida kamolotga etishtirish;

  • kishilarning madaniy-maishiy hayot sharoitlarini yanada yaxshilash. Konstitutsiyamiz negiziga qo’yilgan talab va qoidalarga to’liq mos keladigan,

dunyo hamjamiyatida “O’zbek modeli” deb nom qozongan, mamlakatimizni isloh etish va modyernizatsiya qilish yo’li naqadar to’g’ri ekanini bugun hayotning o’zi tasdiqlab byermoqda. “O’zbek modeli” ning mazmun-mohiyati iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi sifatidagi boshqaruvchilik rolini tan olish, mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish kabi mashhur besh tamoyilda mujassam topgan. Barcha islohotlar jarayonida respublikamizda aholining ijtimoiy himoyasini qo’llab-quvvatlash, inson huquqlari va erkinliklarining qonunchilik hamda huquqiy asoslarini shakllantirish hamda amalga oshirish masalalariga juda katta ahamiyat byerilmoqda.. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, inson manfaatlarini ko’zlaydi.
Ijtimoiy ta’minot fuqarolarning qarilik, kasallik holatlari, onalik, mehnat qobiliyatining to’liq yoki qisman yo’qotishi, boquvchisini yo’qotish, ishsizlik kabi holatlarda moddiy ta’minot olishga konstitutsion huquqi borligini ko’rsatadi. To’lanadigan mablag’lar miqdori mehnat staji, oylik ish haqi, mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasini hisobga olgan holda aniqlanadi va amaldagi qonunchilikka asoslanadi. Bugun yurtimizda har tomonlama mustahkam huquqiy asosga ega bo’lgan ishonchli ijtimoiy muhofaza qilish tizimi shakllandi va u amalda o’zini oqlamoqda.






  1. Download 339.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling