Davlat budjeti xarajatlari


Download 339.95 Kb.
bet11/14
Sana18.06.2023
Hajmi339.95 Kb.
#1555929
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

o’r= b+( o-Kb)/O


bu yerda:


Ko’r - o’rinlarning o’rtacha yillik soni; Kb - yil boshidagi o’rinlar soni;
Ko - yil oxiridagi o’rinlar soni;

O - yangidan ochilgan (tashkil etilgan) o’rinlarning ishlash oylari soni.


Albatta, barcha davlat tibbiyot muassasalari xarajatlari budjet tashkiloti sifatida budjetdan moliyalashtirishning o’rnatilgan tartiblariga rioya qilgan holda mablag’ bilan ta’minlanadilar.


Sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar yo’nalishlaridan biri birlamchi tibbiyot muassasalarini boshqarish va moliyalashtirishning yangi usullariga o’tish, budjet mablag’larini taqsimlashning jahon amaliyotida ma’qullangan jon boshiga qarab rejalashtirish uslublarini joriy qilishdan iborat. Ana shu dasturiy vazifani bajarish doirasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 28 sentyabrdagi 217-son Qarori bilan “Boshlang’ich tibbiy-sanitariya yordami qishloq muassasalarini moliyalashtirish tartibi to’g’risida Nizom” qabul qilindi. Ushbu nizom Nizom boshlang’ich tibbiy-sanitariya yordami qishloq muassasalarining bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan va ularni moliyalashtirish shartlaridan kelib chiqib moliyalashtirishga o’tishi tartib- qoidasini belgilaydi. Unga ko’ra, BTSYo qishloq muassasalarining bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirishga o’tishi uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari ularni moliyalashtirishni Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga va viloyat hokimliklari sog’liqni saqlash boshqarmalariga byeradi.
Mahalliy sog’liqni saqlash organlari ular hududida qishloq vrachlik punktlariga aylantirilmagan qishloq vrachlik ambulatoriyalari (QVA), qishloq uchastka kasalxonalari (QUK) va feldshyer-akusherlik punktlari (FAP) mavjud bo’lgan taqdirda ularning negizida QVP-FAP, QVA-FAP-komplekslari tashkil etadilar.
QVP, QVP-FAP va QVA-FAP-komplekslari yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va boshlang’ich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo)ning muassasalari hisoblanadi.
Qayta o’zgartirilgan BTSYo qishloq muassasalari shtatlarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv bo’yicha Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shtat normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Aholini BTSYo qishloq muassasalariga biriktirish rejalashtirilayotgan davr boshida mavjud bo’lgan uchastkalar asosida tegishli tuman markaziy kasalxonasining bosh vrachi buyrug’iga binoan amalga oshiriladi.
BTSYo muassasalariga biriktirilgan aholining soni va tarkibi to’g’risidagi axborot tuman markaziy kasalxonasi bosh vrachi tomonidan tuziladi, aholining umumiy soni esa tuman statistika organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
BTSYo qishloq muassasalari budjetini rejalashtirish bir kishi hisobiga xarajatlarning bazaviy normativi asosida amalga oshiriladi. Bazaviy normativ har yili belgilanadi va Qoraqalpog’iston Respublikasi yoki viloyatlar hududiy doirasida yagona hisoblanadi hamda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Download 339.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling