Davlat budjeti xarajatlari


rasm. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi


Download 339.95 Kb.
bet13/14
Sana18.06.2023
Hajmi339.95 Kb.
#1555929
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

rasm. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi


Ijtimoiy himoya tamoyili asosida aholining kam ta’minlangan va muhtoj qatlamlarini qo’llab - quvvatlash va ularga moddiy yordam ko’rsatish borasida aniq yo’naltirilgan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim-tarbiya, kadrlar tayyorlash, sog’liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohalarida maqsadli umummilliy dasturlarni hayotga tadbiq etish masalalariga katta e’tibor qaratildi.


Jahon tajribasi ijtimoiy himoya tizimining to’rtta asosiy tarkibiy qismini ajratib ko’rsatish imkonini byeradi:

    • Mehnatga layoqatli bo’lmaganligi, ish joyi, daromad manbalari mavjud emasligi sababli o’z-o’zini mustaqil ravishda moddiy jihatdan ta’minlashga qodir bo’lmagan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish.

    • Davlat ijtimoiy va pensiya ta’minoti. Bu iqtisodiy faol aholining ish joyini yo’qotish yoki pensiya yoshiga etishi bilan daromaddan mahrum bo’lish xavfidan ijtimoiy himoya qilish tizimi bo’lib, majburiy ijtimoiy sug’urtalash shaklida amalga oshiriladi.

    • Ixtiyoriy qo’shimcha (kasbiy) sug’urtalash. Bu alohida tarmoqlar va korxonalar doirasida uzoq muddatli jamoa bitimlari asosida amalga oshiriladi.

    • Fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o’z-o’zini shaxsiy sug’urtalashi.

Ijtimoiy ta’minotga ehtiyoj jamiyat paydo bo’lishi bilan tug’ildi. Har qanday jamiyatda – uning iqtisodiy va siyosiy tuzilishidan qat’iy nazar, o’zlariga bog’liq bo’lmagan vaziyatlar sababli tirikchilik kechirish uchun mablag’ topishga qodir bo’lmagan aholi toifalari bo’ladi. Ularga, eng avvalo, bolalar va keksa kishilar kiradi. Bundan tashqari ijtimoiy yordamga muhtojlar safini vaqtincha yoki bir umr mehnatga layoqatsizligini yo’qotgan odamlar to’ldirishi mumkin. Jamiyat rivojlanishi va ijtimoiy aloqalar murakkablashishi bilan ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lgan fuqarolar qatoriga iqtisodiy sabablar oqibatidagi ishsizlar, kambag’allar, shuningdek, inflyatsiyaning yuqori sur’atlaridan moddiy ahvollari og’irlashganlar kiradi.
Ijtimoiy ta’minot deyilganda quyidagilar tushuniladi:



  • fuqarolarga qarilikda mehnat faoliyati, mehnat qobiliyati va boquvchisini yo’qotganligi uchun ko’zda tutilgan moddiy ta’minotdan tashqari ularning turmush kechirishi va madaniy standartlarini kafolatlaydigan taqsimlash shaklidir;

  • fuqarolarni yoshi, kasallanishi, nogironligi, ishsizligi, boquvchisini yo’qotganligi, bolalarni tarbiya qilish uchun hamda qonunda belgilab qo’yilgan boshqa holatlar bo’yicha moddiy ta’minlash tizimidir;

  • bir tomondan fuqarolar, ikkinchi tomondan davlat, mahalliy o’zini- o’zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari tomonidan daromadlari yo’qotilishi yoki kamayishi vaziyatlari paydo bo’lganda fuqarolarga maxsus jamg’armalar, budjet mablag’lari hisobiga tibbiy yordam ko’rsatish, pensiyalar, nafaqalar va moddiy ta’minotning boshqa shakllari asosida tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar jamlanmasidir.

Ijtimoiy ta’minotning quyidagi olti turi keng tarqalgan:



    • pensiyalar;

    • nafaqalar;

    • ijtimoiyta’minotkompensatsiyasi;

    • imtiyozlar;

    • ijtimoiyvatibbiyxizmatlar;

    • hayotiyzarurashyolar.

Yuqorida qayd etilgan bu turlarning har biri, odatda yana qator turlarga bo’linadi. Bunda ijtimoiy ta’minot turlari barqaror xususiyatga ega bo’lgani holda ularning boshqa turlari muayyan siyosiy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarga bog’liq ravishda o’zgarib boradi.
Bugungi kunda aholini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash bir necha shakllarda amalga oshirib kelinmoqda. Ular haqida quyidagilarni aytib o’tish mumkin.


Ijtimoiy yordam – kam ta’minlangan aholi qatlamlariga ko’rsatiladigan xizmatlar va imtiyozlardir.

Biz fuqarolarning ma’lum bir tabaqalariga beriladigan imtiyozlar sifatida fuqarolarning amal qilayotgan qoida, talab va majburiyatlardan qisman ozod qilinishini tushunamiz. Fuqarolarga beriladigan imtiyozlarning soni va hajmi shu imtiyozdan foydalanish huquqi byerilgan fuqaroning haqiqiy daromadlaridan qat’iy nazar byeriladi. Bu imtiyozlar bilan har xil tashkilotlar shug’ullanadi va bu imtiyozlar xarajatlarini moliyalashtirish manbalari ham turlichadir.




Ijtimoiy himoya - o’ziga bog’liq bo’lmagan ravishda ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarga nisbatan ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam shakli bo’lib, odatda bu yordam turli xarakterdagi nafaqalarni tayinlash va berish bilan amalga oshiriladi.

Bu maqsadlardagi xarajatlarning aksariyati davlat budjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi. Ijtimoiy himoya tadbirlari yordamida aholining umumjamiyat ishlab chiqarish jarayonida qanday qatnashishiga qaramasdan, aholining ma’lum tabaqalari turmush darajasini birmuncha (vaqtinchalik yoki doimiy) yaxshilashga erishiladi.


Ijtimoiy yordam dasturlarini moliyalashtirishning asosiy manbai davlat budjeti hisoblanadi. Davlat budjeti mablag’lari hisobidan quyidagilar byeriladi:

  • bolali oilalarga nafaqalar to’lash;

  • qariyalar va nogironlar uylarini saqlash, ulardagi fuqarolarni boqish va xizmat ko’rsatish;

  • nogironlarni mehnatga ko’niktirish, ishga joylash, protez-ortopediya vositalari bilan ta’minlash;

  • Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar va nogironlargamoddiy yordam ko’rsatish va sh.k.

Ijtimoiy himoya va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash doirasida beriladigan nafaqalarni moliyalashtirish asosan davlat budjeti mablag’lari hisobidan, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxona, muassasa va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan ham amalga oshiriladi. Bugungi kunda quyidagilar ijtimoiy yordam tizimini moliyaviy va moddiy jihatdan qo’shimcha tarzda qo’llab-quvvatlamoqda:

  • o’z mablag’lari va jamg’armalari hisobidan o’z xodimlariga ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadlarida moliyaviy yordam to’layotgan va turli imtiyozlar byerayotgan korxonalar;

  • jamoat tashkilotlari;

  • kasaba uyushmalari, nuroniylar, nogironlar jamiyatlari va boshqalar.

Ijtimoiy sug’urta tizimi ham aholining ijtimoiy muammolarini hal qilishda ishtirok etuvchi tuzilma bo’lib, u vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganligi sababli, pensiyaga chiqish munosabati bilan, ishsizligi tufayli aholining moddiy yo’qotishlarining ma’lum qismini qoplab berishni ko’zda tutadi. Ijtimoiy
sug’urta mablag’lari shu maqsadlarga yo’naltirilgan majburiy to’lovlar hisobidan moliyalashtiriladi.
O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilishni moliyalashtirish manbalari tarkibini sanab o’tish o’rinli, ularga quyidagilar kiradi:

    • davlat budjeti mablag’lari;

    • davlatning ijtimoiy maqsadlardagi maqsadli jamg’armalari mablag’lari;

    • ijtimoiy sug’urta mablag’lari;

    • korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari;

    • hayriya va homiylik tashkilotlarining mablag’lari;

    • xalqaro tashkilotlarning mablag’lari

    • aholining eng ta’minlangan va boy qatlamlarining ixtiyoriy hayr- ehsonlari;

    • boshqa mablag’lar

Aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini mablag’ bilan ta’minlashda davlat budjeti alohida o’rin egallashini avvalgi paragrafda ta’kidlagan edik. Mamlakatimizda davlat budjetining ijtimoiy maqsadlarga yo’naltiriladigan mablag’lari barcha xarajatlarning 59-60 foizini tashkil qilsa-da, uning tarkibidagi bevosita aholining turmush farovonligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy himoya xarajatlariga budjetning o’rtacha 9,5-10,5 foizi yo’naltiriladi.
Davlat budjetining aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog’liq xarajatlari amaldagi budjetning iqtisodiy tasnifiga muvofiq 250-bo’limda hisobga olinadi va uning tegishli paragraflarida ijtimoiy himoya to’lovlarining turlari aniqlashtirilgan. Unga ko’ra, 250 bo’limdagi “Turmush farovonligini oshirish bilan bog’liq xarajatlar” tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • 18 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga har oylik nafaqalar;

  • 2 yoshgacha bolalari bo’lgan onalarga to’lanadigan nafaqalar;

  • kam daromadli oilalarga beriladigan har oylik yordam puli;

Shuni ta’kidlash kerakki, ijtimoiy himoya xarajatlari ichida ijtimoiy zarur tovarlar va xizmatlar bahosi o’rtasidagi farqni qoplash uchun beriladigan moliyaviy yordam xarajatlari ham aholini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladi. Bu xarajatlar asosan transport xizmatlari, kommunal xizmatlar va boshqa sohalardagi xizmatlar haqini to’lashda aholining muhtoj qatlamlariga yordam berish maqsadidagi kompensatsion to’lovlar shaklida saqlanib kelmoqda.
Davlat budjetining aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlari tizimida asosiy o’rinni bolali oilalar va kam ta’minlangan oilalar uchun tayinlanadigan nafaqa xarajatlari tashkil qiladi.
Hozirgi sharoitda davlat budjeti uchun nisbatan yuqori darajadagi moliyaviy yuk bo’lib tushayotgan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab- quvvatlash xarajatlari bir tomondan aholining kam ta’minlagan qatlamini himoyalash moliyaviy asosini o’zida ifodalaydi. Ikkinchidan, aholining turmush farovonligini oshirish, zamonaviy sog’liqni saqlash tizimini shakllantirishda davlat budjetining ahamiyati ortib borayotganligini ko’rsatib byermoqda.
3- jadval



Download 339.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling