Davlat funksiyalari Reja: Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi
O`zbekiston davlatining asosiy funksiyalari
Download 168.5 Kb.
|
Davlat funksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uning ichki funksiyalari
O`zbekiston davlatining asosiy funksiyalari
SSSR tarqalib ketdi, O`zbekiston va boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalar mustaqil bo`lib qoldilar. Sotsializm va kommunizm qurish nazariyasi hamda amaliyotidan voz kechildi, uning o`rniga insoniyat tajribasida isbotlangan bozor munosabatlari asosidagi demokratik jamiyat tuzumiga o`tish maqsad qilib qo`yilgan. Davlatning siyosati, vazifalari, faoliyati va ulardan kelib chiqadigan funksiyalari shu maqsadni ro`yobga chiqarishga qaratilgan. Bizningcha, hozirgibosqichda yosh suveren, mustaqil davlatlar, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi oldida quyidagi uchta muhim vazifa turibdi. 1. Erishilgan siyosiy, davlat mustaqilligini mustahkamlash. 2. Iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o`tish va bu sha-roitda jamiyatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotini ta`minlash. 3. YAngi sharoitda tamoman mustaqil tashqi siyosiy, iqtisodiy vazifalarni hal yetish. Chunki bu vazifalar ilgari asosan SSSR organlari tomonidan bajarilar edi. Mustaqillik sharoitida, yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy vaziyatda yosh davlatlarning funksiyalari SSSRning davlat funksiyalaridan ancha farq qiladi. To`g`ri, O`zbekiston ham, boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalar ham o`z hududlarida davlat funksiyalarini tamoman o`zlari, mustaqil ado qilmoqdalar. Xususan, O`zbekiston davlati quyidagi eng asosiy funksiyalarni amalga oshirmoqda. Uning ichki funksiyalari 1. Iqtisodiy funksiya Yoki iqtisodiyotda davlatning bosh islohotchi ekanligi. Mazkur funksiya mazmunida sovet davrida juda ham kengayib ketgan davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, natijada mulkchilikning turli shakllariga yo`l ochish, iqtisodiy rivojlanishga ma`muriy-buyruqbozlik asosida emas, balki huquqiy jihatdan tartibga solib turish usullari orqali ta`sir qilish, davlat sektori (qaramog`i)dagi iqtisodiyotni boshqarish va umumiy rivojlanish istiqbollarini belgilash, xalq xo`jaligada tuzilmaviy o`zgartishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni boshqarishda chet el investitsiyalarini jalb yetish, soliqdar siyosati va tizimini belgilash, baholarning barqarorligi uchun kurash kabi masalalar va yo`nalishlar mavjud. Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida I.Karimov mustaqilik va bozor munosabatlariga o`tish sharoitida davlatning rivojlanishi va roliga katta baho berdi: «Davlat islohotlarning tashabbuskori bo`lib maydonga chiqdi, ustuvor yo`nalishlarni tanlashda faol ishtirok etdi, islohotlarni ro`yobga chiqarishni, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat olib borishni ta`minladi. Aynan davlat yangi huquqiy baza va yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanishida, erkin demokratik me`yorlarga o`tishda, ko`p ukladli iqtisodiyot va bozor infrastrukturasining qaror topishida, yangi bank, moliya, soliq tizimi shakllanib, yangi mazmun bilan boyishida tashabbuskor bo`ldi... Davlatning o`tish bosqichidagi, milliy davlatchilikni qaror toptirish davridaga bunday roli, bugun ko`rinib turginidek, o`zini to`la oqladi4[4][4]». Iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy yo`naltirilgan bo`lishi davlatimiz siyosati va faoliyatida markaziy o`rin tutadi. 2. Ijtimoiy funksiya. Uning tizimida aholining ish bilan bandligini ta`minlash, vaqtincha ishsizlarga davlat yordami, yoshlarni kasbga o`rgatish, ijtimoiy sohani - aholiga savdo, kommunal, tibbiy, maishiy va boshqa xizmatlar ko`rsatishni tashkil yetish va shu tarmoqdarni rivojlantirish; aholini ijtimoiy muhofaza yetish, ya`ni ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va omonatdagi mablag`larni indeksatsiyalash, xalqning mehnat orqali o`z ijtimoiy ahvolini yaxshilab borishi uchun sharoit yaratish, sog`lom avlod uchun kurash va boshqalar orqali davlatimiz o`zining ijtimoiy (sotsial) vazifasini, tabiatini namoyon etmoqda. 3. Ta`lim, fan, texnika, madaniyat va aholini g`oyaviy (mafkuraviy) tarbiyalash sohasidagi davlat funksiyasi, buni odatda, madaniy-tarbiyaviy funksiya deyiladi. YAngi davrda uning tarkibida milliy tarixiy va madaniy qadriyatlarni tiklash hamda rivojlantirish, umuman xalq hayotida ma`rifat va ma`naviyatni avj oldirish, umumiy savodxonlikni yuksaltirish, mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish, umuminsoniyat madaniy-ma`naviy boyliklardan bahramand bo`lishini ta`minlash, yangi milliy mafkuraga erishish singari ustuvor vazifalarni hal yetish ko`zda tutiladi. 4. Huquq - tartibotni qo`riqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ogishmay, mulkchilikning hamma shakllarida himoya qilish, huquqbuzarlikka va jinoyatchilikka qarshi kurash. Bu funksiya o`z mohiyati va mazmuni bilan adolat o`rnatishga, insonparvarlikka, qonunchilikni mustahkamlashga, huquqiy davlat va madaniyatning shakllanishiga xizmat qiladi. 5. Tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish. Bunda, bir tomondan, tabiiy boyliklarni qo`riqlash, tejab-tergab sarflash zarur bo`lsa, ikkinchi tomondan, kimyo va texnikaning salbiy ta`siri bilan suv, havo, tuproq va atmosferaning ifloslanishiga qarshi kurash ehtiyoji mavjud. Davlat bunday funksiyani bajarish bilan iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qilgan bo`ladi. Bizning mintakdda, ayniqsa, Orol dengizi bilan bog`liq masalalar bu funksiyaning dolzarbligini isbotlab turibdi. Download 168.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling