Davlat funksiyalari Reja: Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi


O`zbekiston davlatining tashqi funksiyalari


Download 168.5 Kb.
bet9/10
Sana29.03.2023
Hajmi168.5 Kb.
#1307338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat funksiyalari

O`zbekiston davlatining tashqi funksiyalari
1. Mamlakatning mudofaasi va milliy xavfsizligini ta`minlash. Endilikda mazkur funksiyani bevosita bajarish uchun davlatning qator organlari va o`z Qurolli Kuchlari mustaqillik asosida tashkil etilgan. Qurolli Kuchlarni zarur qurol-aslaha va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta`minlash ushbu funksiya tarkibida muhim o`rin egallaydi.
2. YAqin va uzoq davlatlar bilan turli sohalarda o`zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik olib borish funksiyasi. Aslida bu - yangi funksiya. Biroq qisqa davr ichida O`zbekiston dunyoning ko`p davlatlari tomonidan rasman tan olindi, ular bilan har xil shakllarda aloqalar, diplomatik munosabatlar o`rnatildi, ikki tomonlama shartnomalar tuzildi. Dunyoda ko`pchilik mamlakatlar bilan hamkorlik olib borish O`zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga molikdir, shu bois xalqaro munosabatlar sohasida faoliyat ko`rsatuvchi davlat organla-ri va idoralarini tuzish, ularni munosib xodimlar bilan mustahkamlash jiddiy rol o`ynaydi.
Respublikamizning yuqorida sanab o`tilgan funksiyalarini bajarish uchun davlat mexanizmini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda, avvalambor, davlat organlari shakllanishining demokratik asoslarini mustahkamlash, qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarda davlat apparati vakolatlarini qat`iy belgilab qo`yish, boshqaruv organlari tizimini iqtisodiyotda bozor munosabatlari xususiyatlari, talablariga binoan qayta tashkil yetish va uning huquqiy maqomini belgilash ko`zda tutiladi. Chunki endilikda iqtisodiy sohada davlat bilan bir qatorda jamoa (ommaviy) va xususiy boshqaruv unsurlari paydo bo`lmoqda. YAngi davr vazifalarini ado qila oladigan davlat xizmatchilari guruhlarini tayyorlash va qayta tarbiyalash jiddiy vazifa hisoblanadi.
Shunday qilib, davrlar o`ta borishi bilan davlatning funksiyalari tizimi ham o`zgarib boraveradi. Umuman davlat bor ekan, u ma`lum funksiyalarni bajarib turadi, aks holda uning mavjudligi hech bir ma`noga ega bo`lmay qoladi, albatta. Biroq ana shu zaruriy funksiyalarning davlat tomonidan bajarilishi har xil darajada bo`lishi mumkin. Bu, so`zsiz, ko`pgina omillarga, shu jumladan, davlatning moddiy-iqtisodiy imkoniyatlariga, demokratik tartibga, ichki va tashqi vaziyatga bog`liq bo`lishi tabiiy holdir.


Xulosa
Xullas, jamiyatda davlat qachon zarur bo`lmay qolsa va u fuqarolik jamiyati tuzilmasiga uygunlashib ketsa, o`sha paytda uning funksiyalari ham barham topadi va ular jamiyatning o`zini o`zi boshqaruvchi sub`yektlari zimmasiga ma`lum o`zgarishlar bilan yuklanadi. Bu haqda uzil-kesil va batafsil xulosa chiqarishga hali erta, ammo jamiyatning o`sha yuqori darajadagi taraqqiyotiga erishilgan sari mazkur muammo tobora oydinlashib boradi, insoniyat rivojlanishi esa uzoq kelajakda o`sha har tomonlama yuksak marralar sari borishi muqarrardir.



Download 168.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling