Davlat funksiyalari Reja: Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi


Download 168.5 Kb.
bet7/10
Sana29.03.2023
Hajmi168.5 Kb.
#1307338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat funksiyalari

SSSRning tashqi funksiyalari
1. Mamlakatni mudofaa qilish funksiyasini Sovet davlati chet el intervensiyasi va grajdanlik urushi hamda Ulug` Vatan urushi davrida ayniqsa yaxshi bajardi.
2. Dunyodagi hukmron ikki ijtimoiy-siyosiy tizim paytida SSSR tinchlik va tinch-totuv yashash uchun kurashni ham davlat funksiyasi darajasiga ko`tardi.
3. Avvaliga xalq demokratik, so`ngra sotsialistik davlatlar bilan hamma tomonlama hamkorlik olib borish SSSRning muhim tashqi funksiyasi edi. Bunda Sovet davlati sotsializm pozitsiyalarini mustahkamlash maqsadida o`sha mamlakatlarga ko`p jihatdan bir tomonlama yordam ko`rsatib turdi.
4. Bunday yordam, ayniqsa, mustamlakachilik tuzumidan ozod bo`lgan davlatlarga nisbatan keng doirada olib borildi.
5. SSSR ma`lum doirada kapitalistik mamlakatlar bilan ham hamkorlik funksiyasini bajargan. Biroq bunda mafkuraviy to`siqlar halaqit berar edi.
SSSRda davlat bajargan ichki va tashqi funksiyalarning ijobiy va salbiy natijalari mavjud. Ular kelajakda Yanada aniq-ravshan bo`lajak. Biroq shuni aytish lozimki, SSSRning tarqalib kyetishida milliy, milliy-davlat munosabatlaridagi nuqsonlar beyagalovchi ahamiyatga ega bo`ldi.
Shu bilan birga ta`kidlab o`tish lozimki, davlatning ichki va tashqi funksiyalari tizimi, mohiyati va mazmuniga insoniyat bosib o`tgan har bir davrning ijtimoiy, iqtisodiy, tashqi va madaniy ahvoli, vazifalari, hokimiyatning kimlar qo`lida bo`lganligi, demokratik rejim yoxud fashistik tartib-qoidalar bo`lganligi, xalqaro vaziyat, hatto tabiiy shart-sharoitlar ham o`zining ta`sirini o`tkazib kelgan. Chunonchi, quldorlik va feodalizm dav-rlarida aholi bir qismi huquqlarining cheklanganligi, kimlarningdir manfaatlari ustun darajada ifodalanganligi o`sha paytdagi davlatlar funksiyalarining mohiyatini ko`rsatib turibdi. Jamiyatdagi hukmron mulkchilik shakllarini muhofaza qilish esa barcha davlatlarning tabiatini xarakterlovchi funksiyalardir. Yana bir mi-sol. Kishilik jamiyati olga borgan sari uning tabiiy boyliklari hajmi qisqara borgan, jamiyatni rivojlantirishda yangi vazifalar kelib chiqqan. Natijada fan va texnikani taraqqiy ettirish davlat funksiyasi XX asrda yuzaga keldi. Shu fikrni tabiat boyliklarini va atrof muhitni qo`riqlash funksiyasiga nisbatan ham dadil ay-tish mumkin. O`z navbatida, insonlar dunyoviy bilimlarining o`sishi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, hozirgi davr madaniyati-ma`naviyati ruhida tarbiyalash funksiyasini keltirib chiqardi.
Jahonda mamlakatlararo urush munosabatlarining keskin yumshashi davlatlarning mudofaa uchun qiladigan xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi Yoki davlatlararo aloqalarning mustahkamlanishi ularning o`zaro va xalqaro hamkorlik olib borish funksiyasini avj oldirish uchun keng asos yaratadi. So`ngra, xalqning modtsiy va madaniy farovonligi o`sishi, huquqiy madaniyatning yuksalishi, o`z navbatida, huquq-tartibotni qo`riqlash funksiyasiga ijobiy ta`sir o`tkazib turadi. Xalqaro tashkilotlarning mustahkamlanishi, ular mavqeining o`sishi bosqinchilik urushlarining oldini olishga jiddiy ijobiy ta`sir o`tkazadi va hokazo.
Hozirgi demokratik, shu jumladan mustaqillikka erishgan davlatlarning funksiyalari ham o`ziga xos xususiyatlariga ega.

Download 168.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling