Davlat funksiyalari Reja: Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi


Davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta`sir qiluvchi omillar


Download 168.5 Kb.
bet2/10
Sana29.03.2023
Hajmi168.5 Kb.
#1307338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat funksiyalari

Davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta`sir qiluvchi omillar
Jamiyat va uning siyosiy tuzumi rivojlana borishi oqibatida davlatning funksiyalari tizimvda ham o`zgarishlar sodir bo`lib turgan, shu jumladan tamoman yangi funksiyalar paydo bo`lgan. Bu holat keng ijtimoiy taraqqiyot sababli yuz bergan. Tarixda qullar va quldorlar, krepostnoy dehqonlar va feodallar, yollanma ishchilar va kapitalistlar bo`lganligini inkor yetish mumkin emas. Shu boisdan quyida davlat funksiyalarini quldorlik, feodal, burjua (kapitalistik), sobiq SSSR davlatlari misolida ko`rib o`tamiz.
Quldorlik davlatlarining quyidagi funksiyalari mav-jud bo`lganligini aslo inkor yetish mumkin emas. S.Ayniyning «Qullar» romanida yozishicha, O`rta Osiyoda hatto XVIII asrgacha qul bozorlari mavjud bo`lgan ekan. Qur`onda va musulmon huquqining boshqa manbalarida qullarning mavjud bo`lganligi, ularning huquqiy maqomi haqida ko`plab ma`lumotlar uchraydi.
Quldorlik davlatlarining ichki funksiyalari
1. Davlatning xo`jalik yuritish faoliyati. Buni umumiy ommaviy ishlar yuritish funksiyasi, deyish mumkin. Bu faoliyat mamlakatning, urug` Yoki qabilaning umumiy manfaatlarini nazarda tutib, olib borilgan. Bu funksiya, ayniqsa, Sharqda ma`lum darajada rivoj topgan. Chunki bu mintaqada dehqonchilik ishlari sugorish asosida olib borilgan, buning uchun esa kanallar qurish, suvni xo`jaliklar o`rtasida taqsimlash kabi masalalar davlat organlari tomonidan bajarilgan.
2. Quldorlar mulki va manfaatlarini qo`riqlash. Bu funksiyani amalga oshirish uchun qadimgi davlatlar qator huquqiy normativ hujjatlarni qabul qilgan va ularga rioya etilishini ta`minlab turganlar, boshqa mulkiy munosabatlarni tartibga solish choralarini ishlab chiqqanlar.
3. Quldorlik davlatlarida kullar va boshqa ezilgan omma qarshiligini bostirish funksiyasi bo`lgan. Chunki qullar deyarli huquqsiz bo`lib, o`z quldorlariga xizmat qilgan, agar ular bu og`ir hayotdan norozi bo`lib, g`alayon ko`tarsa, quldorlik davlati tomonidan ayovsiz ravishda bostirilgan, albatta.
4. Quldorlik davlatlari xalq ommasini g`oyaviy tomondan davr ruhida tarbiyalash funksiyasini ham bajargan. Bunda quldorlik tuzumini nazariy jihatdan asoslashga, qullar qo`zg`olonini jamiyat uchun xavfli kuch, deb ko`rsatishga harakat qilishgan. Bunda dunyoviy ilmiy bilimlarnitsg pastligi sababli quldorlik davlatlari aholiga g`oyaviy tarbiya berish maqsadida diniy aqidalardan keng foydalangan.

Download 168.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling