Davlat funksiyalari Reja: Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi


Feodal davlatlari ichki funksiyalarining ruui ularning tashqi faoliyatida uam ya


Download 168.5 Kb.
bet4/10
Sana29.03.2023
Hajmi168.5 Kb.
#1307338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat funksiyalari

Feodal davlatlari ichki funksiyalarining ruui ularning tashqi faoliyatida uam yaqqol ko`zga tashlanadi.
1. Tabiiyki, feodal davlatlari ham o`z aholisi va hududlarini tashqi dushmanlardan himoya qilish funksiyasiga ega bo`lganlar va bunda xalq ommasini va barcha vositalarni mamlakatning mudofaasi manfaatlariga xizmat qildirganlar, bu kurashni uyushtirganlar.
2. O`z navbatida, har bir feodal davlati o`z hududini boshqa mamlakatlar hisobiga kengaytirish funksiyasini keng ravishda amalga oshirib kelishgan. Feodal davlatlarning shu maqsadlarda olib borgan o`zaro urushlari, o`nlab mamlakatlarni bosib olish hollari tarixda juda ko`p bo`lgan va oqibatda bosqinchilik natijasida yirik imperiyalar vujudga kelgan. Markaziy Osiyoni avval greklar, arablar, so`ngra mo`g`ul va rus davlatlari tomonidan bosib olinishi bunga yaqqol misoldir. Bu urushlar tufayli faqat bizning mintaqamizda o`z vaqtida rivojlangan yuzlab davlatlar yo`q qilib yuborilgan va hozir ular tarix mulkiga aylangan.
Feodal davlatlari funksiyalari ham o`zgarib, takomillashib borgan, ular o`z tarixining so`ngga bosqichida feodal mutlaq hukmronligini saqlab qolishga, shiddat bilan dunyoga kelayotgan burjua-kapitalistik kuchlarga va munosabatlarga qarshi kurashga xizmat qilgan.
Burjuaziya va kapitalistik ijtimoiy munosabatlarning tarix maydoniga kirib kelishi umuman insoniyat taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bu davr qullik va krepostnoylikka barham berdi, hamma shaxsni rasman erkin va teng, deb e`lon qildi. Ozodlik, adolat, tenglik, umumiy saylov huquqi, parlament kabi tushuncha va shiorlar shu davrda paydo bo`lib, real voqelikka aylanishga qadam qo`ydi. Burjuaziya va kapitalistik munosabatlar XVII-XVIII asrlarda uzil-kesil shakllandi, davlat rivojlanishining mazkur bosqichida ham yollanma mehnat va xususiy mulk munosabatlari saqlanib qoldi. Shu munosabatlar burjua davlatlari funksiyalarining mohiyatini, mazmuni va tizimini belgilab beradi.
Mazkur davlatlarning ichki funksiyalari
1. Kapitalistik xo`jalik tizimini va xususiy mulkchilikni muhofaza yetish. Ushbu funksiya barcha davlat apparati faoliyatida, huquqiy hujjatlarda o`z ifodasini topadi.
2. Kapitalistik munosabatlar chuqurlasha borgan sari burjua davlatlari inqilobiy va ishchilar harakatini bostirish funksiyasini ham bajarib boraveradi. Chunki ishchilar va dehqonlar mavjud tuzumdan norozilik kayfiyatlarini ifodalay boshladi va xususiy mulkchilikka, ekspluatatsiyaga qarshi kurash ochdilar. Shunday ekan, burjua davlati bunday harakatlarni bostirib kelaverdi.
3. Butun xalq ommasini davrning hukmron mafkurasi ruhida tarbiyalash. Bu funksiyani amalga oshirishda burjua davlati radio, televidenie, matbuot, madaniy-oqartuv muassasalari xizmatidan keng foydalanadi.
4. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida kapitalistik munosabatlar monopolistik bosqichga kirdi. Monopolizm o`z ta`sirini davlat siyosatiga ham o`tkazdi. Natijada davlatning monopolistik kapital manfaatlarini hisobga olgan holda iqtisodiyotni huquqiy tartibga solib turish funksiyasi paydo bo`ldi. Bunga ko`ra davlat iqtisodiyotda o`z (sektorini vujudga keltirdi. Uzoqqa mo`ljallangan iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish va mablag`lar bilan ta`minlash kabi choralarni belgilaydi. Ayni paytda bu davlatlar fan, texnika taraqqiyotini ta`minlashga, tabiatni muhofaza yetishga ham befarq emas.
5. Kapitalistik davlatlar aholiga xizmat ko`rsatish, huquqbuzarlikka va jinoyatchilikka qarshi ko`rash, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini qo`riqlash funksiyasini ham bajarmoqda.

Download 168.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling