Davlat iqtisodiyot


Download 51.36 Kb.
bet14/15
Sana10.02.2023
Hajmi51.36 Kb.
#1186853
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Nazarova G mo-53

Alibabaning Ozbekistonda tutgan orni

5O‘zbekiston eksportchilar uyushmasiga Alibaba.som sayti maxsus kalitlarni ochib bergan bo‘lib, bu O‘zbekiston mahalliy kompaniyalari, eksportyorlari shu portalda, shu saytda mahsulot joylashi, umuman olganda “Alibaba” bilan savdo va mahsulotlarini eksport qilishda keng imkoniyatlar ochadi.
Alibaba.com saytida ilgari ham o‘zbek mahalliy tadbirkorlarimiz, eksportyorlarimiz o‘z mahsulotlarini joylab, eksport qilishgan, – deydi O‘zbekiston eksportchilari uyushmasining yetakchi mutaxassisi Ma’ruf Pardayev. – Ammo bu juda katta portal, juda ham murakkab jarayon bo‘lgani uchun registratsiya jarayonidagi ko‘p savollar yuzasidan tushunmovchiliklar bo‘lgan. Shuning uchun ko‘pchilik tadbirkorlarimiz ishning yarmidan tashlab ketishga majbur bo‘lishgan. Endilikda mazkur kelishuv O‘zbekiston eksportchilar uyushmasiga Alibaba.som saytiga maxsus kalitlarni ochib berdi. Bu O‘zbekiston mahalliy kompaniyalari, eksportyorlari shu portalda, shu saytda mahsulot joylashi, umuman olganda “Alibaba” bilan savdo va mahsulotlarini eksport qilishda keng imkoniyatlar ochadi. – Aslida “Alibaba” shu vaqtgacha O‘zbekistonda o‘z shu’basini ochmagan, – deydi O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov.
– Negaki ularning talablari yuqori. Ko‘pchilikda bu O‘zbekistonga qanday foydasi bor, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Birinchidan, tez, qulay va arzon tarzda mahsulotlarimizni jahon elektron tarmog‘iga joylab olamiz. Ikki tarafga ham bu platforma kafolat vazifasini o‘taydi. Buning natijasida tadbirkorlarimiz ham xotirjam o‘z mahsulotlarini eksport qila oladi. Ikkinchidan, eng asosiysi, “Alibaba” orqali biz Xitoy bozoriga va Xitoy orqali qo‘shni davlatlarga chiqa olamiz. Bu O‘zbekiston eksportini 2-3 barobarga oshirishimizga yo‘l ochadi. Mazkur kompaniyaning mamlakatimizga rasman kirib kelganiga qisqa vaqt bo‘lgan bo‘lsa-da, ilk natijalar bor. Platforma orqali mahalliy qandolatchi korxonasi o‘zining 3 million AQSh dolloriga teng shartnomasini imzoladi. “Alibaba”ning rasmiy faoliyatini ekspertlar O‘zbekiston uchun iqtisodiy o‘zgarishlar va dunyo onlayn platformasini zabt etish sari qo‘yilgan qadam, deb baholashmoqda.
O‘zbekiston Alibaba Group bilan o‘zaro bitim imzoladi. Marketpleysda mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun alohida bo‘lim paydo bo‘ladi
Hujjat doirasida o‘zbekistonlik tadbirkorlarga B2B elektron tizimidan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi, shuningdek, marketpleysda mamlakat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi alohida bo‘lim paydo bo‘ladi. Eksportni rag‘batlantirish agentligi tadbirkorlarning ro‘yxatdan o‘tish va a’zolik badallariga bog‘liq xarajatlarini o‘z hisobidan qoplaydi.
“Alibaba platformasida Made in Uzbekistan nomli maxsus bo‘lim yaratiladi, buning natijasida mahalliy korxonalar mahsulotlari 190 dan ortiq davlatlarda ko‘rinadi. Biz 6o‘zbek kompaniyalariga platforma bilan ishlashda yordam ko‘rsatamiz, maxsus seminar va treninglar tashkillashtiramiz. Shuningdek, tadbirkorlarda Alibaba tahlili va statistikasini ko‘rish imkoniyati bo‘lib, bu o‘z korxonalari quvvatini optimallashtirishga yordam beradi”, — deydi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i Shohjahon Jumayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu biznesmenlarga savdolar dinamikasini tahlil qilish, eng rentabel tovarlarni aniqlash, talab va taklifni rejalashtirish imkonini beradi.
“Mazkur loyiha uchun tanlangan kompaniyalar yil davomida Global Golden Supplier maqomida bo‘ladi. Ular buni Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan bepul oladi. Ushbu imkoniyatlardan tovarlarini xorijga eksport qiladigan istalgan o‘zbek ishlab chiqaruvchisi foydalanishi mumkin”, — deydi u.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda O‘zbekistonda AliExpress orqali xaridlar 90 foizga ko‘paygani, 2019-yilda Xitoyning Alibaba kompaniyasi vakili Toshkentda AKT vaziri bilan uchrashgani, 2020-yilning martida Jek Ma va Alibaba fondlari koronavirus sabab O‘zbekistonga yordam yuborishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Dunyoning jadal rivojlanib borayotgan Alibaba ommaviy elektron platformasida birinchi marta O‘zbekiston mahsulotlarining onlayn savdosi o‘tkazildi. Unda 9 turdagi “Made in Uzbekistan” belgisi tushirilgan mahsulotlar sotuvga qo‘yilgan. Bu haqda O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasidan QALAMPIR.UZ’ga xabar qilindi. 
O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibiyati boshchiligida tashkil etilgan onlayn savdolar Alibaba'ga tegishli Taobao, Hema va Fliggy elektron do‘konlarida amalga oshirilgan.
Ta’kidlanishicha, bir vaqtning o‘zida 260 mingdan ortiq xaridor ishtirok etgan onlayn savdolarda 9 turdagi O‘zbekiston mahsulotlari – quritilgan mevalar (mayiz, quritilgan o‘rik, yong‘oq), qandolat mahsulotlari (turli shirinliklar va shokoladlar) va madanli suvlar sotuvga qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, savdolar davomida xitoylik xaridorlar jahon standartlarida ishlab chiqarilgan o‘zbek mahsulotlarini sotib olish, shuningdek, o‘zbekona savdo odobi, o‘zbek xalqi madaniyati va urf-odatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Ularga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar afzalliklari haqida ma’lumot berilgan. 
“Aytish kerak, pandemiya sharoitida xalqaro savdoda yuzaga kelayotgan turli to‘siq va cheklovlar onlayn savdoning ahamiyatini oshirmoqda. Mazkur yo‘nalishda yetakchilardan hisoblangan Xitoyda esa bugungi kunga kelib potensial xaridorlar mavjud bo‘lib, 400 milliondan ortiq aholining aksariyati elektron do‘konlar orqali xaridni amalga oshirmoqda.
O‘z navbatida, joriy yil O‘zbekiston va Xitoy diplomatik aloqalari o‘rnatilganligining 30 yilligi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir yurtimiz ishlab chiqaruvchilari uchun yangi bozor – Xitoy elektron bozoriga kirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi”, deyiladi xabarda. 
«Alibaba» guruhi bosh maslahatchisi: «O‘zbekistonda kechayotgan holatni Xitoy o‘z boshidan o‘tkazgan»
14-oktyabr kuni poytaxtimizda «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat banki Pekin universitetining yangi tarkibiy iqtisodiyot instituti (INSE) bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda sanoat parklari, klasterlarning rivojlanishi va tarkibiy o‘zgarishlar» mavzuida seminar o‘tkazadi. Unda ko‘plab xalqaro tashkilotlar, Xitoyning nufuzli institutlari, kompaniyalaridan mutaxassislar qatnashi kutilmoqda.
Mehmonlar orasida «Alibaba» guruhi ilmiy-tadqiqot institutining strategik hamkorlik markazi bosh maslahatchisi Uilyam Cheng bor. Bugun O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov hamrohligida janob Uilyam Cheng poytxatimizdagi IT-Park faoliyati bilan tanishdi.
«Alibaba» guruhi vakiliga bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Davra suhbatida AKT vaziri yaqinda faoliyatini boshlagan IT-Parkni Markaziy Osiyodagi eng ilg‘or markazga aylantirish maqsad qilingani, buning uchun dunyoga mashhur «Alibaba» singari yetakchi kompaniyalarning ish tajribalari qo‘l kelishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
O‘z navbatida, «Alibaba» guruhi ilmiy-tadqiqot institutining strategik hamkorlik markazi bosh maslahatchisi Uilyam Cheng kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida, xususan, O‘zbekistonda o‘z biznesini yuritishga qiziqishi juda katta ekanligini bildirdi. U O‘zbekiston raqamli iqtisodiyot bo‘yicha katta salohiyatga egaligini ta’kidlab, hamkorlikda elektron mahsulot aylanishiga alohida urg‘u berilishi, kadrlar va ish tajribalari almashinuvida hamfikr ekanligini ma’lum qildi.
Uchrashuvda kelgusida kadrlar malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan batafsil fikrlar almashinildi.
Tadbir so‘ngida «Alibaba» guruhi ilmiy-tadqiqot institutining strategik hamkorlik markazi bosh maslahatchisi Uilyam Cheng «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali uchun qisqacha intervyu berdi.
– Hozir O‘zbekistonda AKT bozorida kechayotgan holatni Xitoy o‘z vaqtida boshidan o‘tkazgan. Yigirma yil oldin mamlakatimizda axborot texnologiyalari, data-markazlar, mobil aloqaning rivojlanishiga kuchli e’tibor berildi. Natijada bu sohada katta sakrashga erishildi, deb o‘ylayman. Xo‘sh, Raqamli iqtisodiyotda katta yutuqlarga erishish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? To‘g‘rirog‘i, qanday sharoit bo‘lishi zarur? Birinchidan, infratuzilma rivojlangan bo‘lishi kerak. AKT yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlari muntazam olib borilishi, ya’ni bozor o‘rganilishi zarur. Eng muhimi, mijozlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatilishi shart. «Alibaba»ning yutug‘i shundaki, mijozlarga 24 soat xizmat ko‘rsatiladi. Misol 7uchun, supermarketdan olingan mahsulot 30 daqiqada mijozga yetkazib beriladi. Kompaniya xaridor va korxonalar rahbariyati o‘rtasidagi aloqani ta’minlashga, ularni birgalikda ishlashiga ham alohida e’tibor beradi. Hozirda «Alibaba» platformasidan 600 million foydalanuvchi foydalanadi. Dunyo bo‘yicha kompaniyaning mobil to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha 1 milliard mijozi bor. Kompaniya faoliyatida logistika birinchi o‘rinda tursa-da, ayni paytda platformada sport, sog‘liqni saqlash va kiyim-kechak yetkazib berish singari yo‘nalishlar ham ustuvor hisoblanadi.
Bugun Toshkentdagi IT-Park faoliyati bilan yaqindan tanishdim. Menga ma’qul bo‘ldi. Umuman olganda, O‘zbekistonga birinchi kelishim. Maktabda mamlakatingizning qadimiy shaharlari – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz haqida ma’ulumot olganmiz. Ammo oldin kelishga hech imkon bo‘lmadi. Yurtingizga kelganimdan xursandman. AKT yo‘nalishida hamkorligimiz samarali bo‘lishiga ishonaman, – dedi Uilyam Cheng.
Eslatib o‘tamiz, «Alibaba» kompaniyasi internet-tijorat bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyasi hisoblanadi. 1999 yili tashkil topgan kompaniyaning shtab-kvartirasi Xitoyning Xanchjou shahrida joylashgan, 50 ming nafardan ziyod xodimlari bor. «Alibaba» kompaniyasi Nyu-York fond birjasida savdo qiladi. Bugungi kunda kompaniyaning kapitalizatsiyasi 500 milliard AQSh dollaridan oshadi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, “Alibaba Group” kompaniyasi hozirgi kunda jadal rivojlanib kelayotgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. U hozirda turli xil savdo yo’llarni tashkil qilib, Xitoy aholisi, shuningdek, butun dunyo bo’ylab savdo nuqtalarini tashkil qilgan. Dunyoda yetakchi o’rinlarni egallab kelmoqda. Hozirgi davrda biz texnologiyalar qanday qilib ommaviy hizmat ko‘rsatish sohasini tubdan o‘zgartirayotganini ko‘ryapmiz. Vositachilarni olib tashlaydigan, mijoz va ta’minotchi o‘rtasidagi aloqalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilishiga olib keladigan yangi biznes-modellar paydo bo‘lmoqda. Avvalroq xuddi shunga o‘xshash o‘zgarishlar moliya sektori va telekommunikatsiyalarda ham ro‘y bergan edi. Sanoatda ham bir qancha printsipial o‘zgarishlar kuzatilmoqda, chunki raqamli korxona va insonning raqamli qiyofadoshi – robotlar paydo bo‘lishi butun insoniyat funktsional modelini jiddiy ravishda o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, axborot texnologiyalari asta-sekinlik bilan odamlarning o‘rnini egallab boradi. Hozirgi texnik-texnologik qoloqlik sharoitlarida sanoatning raqamli o‘zgarishi tez ro‘y berishiga ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra, bir qancha shubha-gumonlar mavjud. Alibaba Group kompaniyasidagi ilovalardan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ma’lumotlar to‘plash jarayoni iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun o‘ta raqobatli ustunliklar yaratadi. Alibaba bu –oddiygina raqamli platforma emas, balki platformalar ekotizimidir. Tushunarliki, bunday ekotizim qudrati alohida platformalar kuchidan katta bo‘ladi. Xatto AQSH ham hozirgi kunda bu poygada yutqazmoqda, chunki u yerda turli platformalarni integratsiya qilishga to‘g‘ri keladi, Xitoyda esa bu sohada rivojlanish samaradorlikni oshirish hisobiga – bir platformadan boshqa platformaga qarab o’tish asta-sekinlik bilan ro‘y berdi.
Raqamli iqtisodiyotga o‘tish kabi global bir ishda ko‘p narsa davlatning tutgan pozitsiyasiga ham bog‘liq, albatta. Barchasi hamma narsani birlashtiradigan va «raqam»ga o‘tkazadigan yagona davlat platformasiga borib taqalmasligi muhim,ya’ni, «Davlatning vazifasi, biznesning o‘rniga biron bir narsa qilish emas, balki oddiygina - biznesga halal bermaslikdir». Xitoyda ham Alibaba tizimi davlat uning uchun qandaydir platforma yaratgani tufayli paydo bo‘lmagan. U bunday platforma paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratdi, xolos. Garchi davlat Alibabaga yordam beragan bo‘lsada, buni davlat korporatsiyasi sifatida emas, balki tijorat korxonasi sifatida yordam berdi va uning hizmatlaridan u raqobatbardosh ekanligi uchungina foydalaniladi. Davlatning vazifasi–umumiy qoidalar yaratish, biznes esa shu umumiy qoidalar asosida o‘zgara va rivojlana boshlaydi, chunki qonunlar ta’sirida ishbilarmonlik muhiti o‘zgaradi va raqobat o‘sadi. Jiddiy kumulyativ samarayangi umumiy platforma yaratish tufayli emas, balki har biri o‘z ishi bilan shug‘ullanadigan ko‘plab mustaqil tashkilotlar va mahsulotlar yig‘indisi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan infratuzilma paydo bo‘lishi tufayli vujudga kelishi mumkin. Lekin bunda kerakli standartlar va protokollarni eng yuqori sifat darajasida ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning fikrimizcha, ushbu holat – davlatni uning maqsadlari bilan do‘stlashtirib qo‘yadigan qadam, ya’ni o‘z natijalaridan iqtisodiyot ehtiyojlarini belgilab berishi mumkin bo‘lgan fandan manfaatdor bo‘lgan biznes. Boshqacha qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot davlat, biznes va fanni birlashtirishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotda boshqa xalqaro tizimlar va amaliy mexanizmlar bilan birga bo‘la olishga erishish uchun «umumiy darcha» mexanizmidagi ma’lumotlar modellari va hujjatlar xalqaro standartlari va tavsiyalari asosida tashkil qilinishi lozim. Uyg‘unlashtirish lozim bo‘lgan xabarlar va hujjatlar boshlang‘ich ro‘yxati ma’lumotlarini qamrab oladigan ma’lumotlar ro‘yxatini tuzishda, shuningdek, milliy ma’lumotlar modelini shakllantirishda ularni xalqaro standartlar talablariga muvofiq tavsiflash va belgilash zarur.
Bundan tashqari, hozirgi kunda bu kompaniyada asosiy kamchiliklaridan biri mening fikrimcha, ayrim tovarlarning biroz sifatsizligi, ya’ni B2B tadbirkorlar bu tovarlarga jiddiy yondashmayatganligi, mijozlarning bundan ko’ngli to’lmayatganligi keltirib o’tishimiz mumkin. Bu esa kompaniyaning dunyodagi o’rnini va sifatini yo'qotishiga olib kelishi mumkin.


Download 51.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling