Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


Download 0.93 Mb.
bet13/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

Fisqu nifoq – ishimiz, millat qanday yasholsun, Shundoq qilsa Turkiston, Torkiston atolsun! Zulmat toshi yog‘ilsa-da, ko‘zi ochulmaz,
Ruhsiz tandur, xanjar ursa, qoni sochulmaz

(Hamza H. N. To‘la asarlar to‘plami. Besh tomlik. T. 2. She’rlar. pedagogik risolalar, nasriy asarlar. – Toshkent: “Fan”, 1988. – 564 b. – 18-bet) degan bo‘lsa, “Qora kitob” qissasi qahramoni: “Ruhimizda hayvoniy hirs, hayvoniy kayfiyat bor. Atrofga bir qarang. Odamzoddan darak beradigan nima qoldi, qaysi fazilatimizni odamiylik deb ataymiz, qaysi xislatimiz odamnikiga o‘xshaydi?” deb kuyunadi (O‘sha manba. – 196-bet). Muallif qissasi to‘g‘risida: “Bu asar insonning poklanishi haqida. Men uni shunday orzu va maqsad bilan yozganman. “Qora kitob”dagi fojia yakka shaxs fojiasi emas, u insoniyat fojiasi” deydi (Eshonqul N. Insonni anglash – asosiy mezon. – “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2010 yil 26 mart).


“Shamolni tutib bo‘lmaydi” qissasida inson manfaatparastlik botqog‘iga botib, tubanlashib ketgani ta’kidlanadi. Adibning aksariyat asarlari mohiyatini shu ruh belgilaydi. Sirtdan qaraganda, muallifning asarlarida insonning ijobiy jihatlariga emas, uning yoqimsiz, jirkanch tomonlariga alohida e’tibor qaratilganday tuyuladi. Ammo bunda insonni tahqirlash maqsad qilib qo‘yilmaydi. Hayotdagi yaramas illatlar to‘g‘risida dard, alam bilan so‘z yuritilgan bu asarlarda insonning an’anaviy asarlarda e’tibordan chetda bo‘lib kelgan asl qiyofasi gavdalantiriladi. Mazkur asarlarda inson o‘zining orzu-xayollarida emas, balki amaliy xatti-harakati, qilmishlarida namoyon bo‘ladi, orzu-xayollarga ovunib yashash hech kimga naf keltirmaydi, har bir odam ertami-kechmi, albatta, o‘zining kechmishini taftish, tahlil etadi, o‘zini o‘zi ayovsiz so‘roq qilib, o‘ziga o‘zi baho beradi. Kishining hayotdan noroziligi, atrofidagilarga alam, adovat bilan qarashi uning o‘zidan noroziligi oqibatida kelib chiqadi, deyiladi. “Qora kitob”, “Maymun yetaklagan odam” asarlarida insonning ana shu holati diqqat markaziga qo‘yiladi. Kishilar irqi, millati, diniy e’tiqodi, qachon va qayerda yashashidan qat’i nazar, albatta, shunday jumboqqa duch keladi, o‘zini o‘zi so‘roqlab azoblashdan iztirobga tushadi. Har bir odam ayni jumboq bois o‘zi uchun ham, boshqalar uchun ham sirli bo‘lib qolaveradi. “Qora kitob” qissasida shu xususda so‘z yuritiladi. Mazkur qissa o‘zining
xuddi shu jihatiga ko‘ra u adabiyotning asl asarlari sirasiga kiradi. Qissa hech kimni befarq qoldirmaydi. Chunki asarda inson hayoti va uning tabiati badiiy-falsafiy tahlil etiladi. Undagi mulohazalar kimdadir keskin e’tiroz uyg‘otadi, kimnidir bahs-munozaraga undaydi. San’at va adabiyotning asl asarlari xuddi shu xususiyati bilan zamonlar osha yashayveradi. Aytish mumkinki, Nazar Eshonqul asarlari ham “O‘tkan kunlar”, “Kecha va kunduz”, “Sarob”, “Navoiy”, “Ulug‘bek xazinasi” singari o‘quvchiga ta’sir etadigan, o‘ylantiradigan salmoqqa ega. Ular turlicha talqinlarga imkon beradi, bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi. Chunki ular an’anaviy qarashlarni inkor etadi, hayot haqidagi qolipga tushgan tushuncha-tasavvurlarga aslo mos kelmaydi. Masalan, “Qora kitob” da qahramon: “Ulug‘ daholar va ular yaratgan ulug‘ g‘oyalar, ulug‘ asarlar, ulug‘ musiqalar kimga xizmat qilyapti? Bu asarlar Yolg‘on va Yovuzlikni niqoblash, uni ulug‘lashtirish uchun xizmat qilmayaptimi? Yolg‘on qo‘rg‘oni yuzidagi salobatli va insonparvar bo‘lib tuyuluvchi niqob shu daholarning iste’dodi bilan to‘silmagan, deb ayting-chi? Yovuzlikni shu daholarning ulug‘ g‘oyalari ortiga yashirinmagan, deb ayting-chi? Qaysi yovuz kuchli bo‘lsa, san’at asarlari ham o‘shaniki emasmi? Haqiqat kuchda emasmi? Yovuzlik o‘ladi, san’at qoladi, deb jar solishgani esingizdami? Ha, taqsir, oldingisidan yovuzroq kuchga xizmat qilish uchun san’at qoladi, abadiy qoladi” deydi (Eshonqul N. Yalpiz hidi: Qissalar va hikoyalar.

  • T .: “Sharq”, 2008. – 400 b. – 198-bet). Tabiiyki, bu fikrlarga hamma ham qo‘shilavermaydi. Bunday mulohazalar ko‘pchilikka o‘ta biryoqlama tuyuladi. Lekin ulug‘ ijodkorlar ham mustabid hukmdorlarni madh etib asarlar bitganini hech kim inkor qilolmaydi. Bu esa “Qora kitob” qahramonining bu keskin mulohazalari asosli ekanini tasdiqlaydi.

XX asr boshida o‘zbek adabiyotida kishilarni har jihatdan karaxt qilib, millatni tanazzulga tushirib qo‘ygan jaholat – zamonaviy ilm-ma’rifatdan bexabarlik, maishatparastlik, turli bachkana urf-odat, isrofgarchiliklar tanqid qilingan. Yuz yillikning o‘rtalariga kelib, bu illatlarning ayrimlari barham topgan. Xususan, ko‘plab maktablar, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari ochilib, ko‘pchilik zamonaviy ilm-fandan bahramand bo‘lishiga erishilgan. Millatparvar, ma’rifatparvar ijodkorlarning kuyinishlari, sa’y-harakatlari o‘z samarasini bergan. Asrning so‘nggi choragiga kelib, o‘zbek adabiyotida maishiy turmush masalalari bilan cheklanmasdan umuminsoniy muammolarni badiiy aks ettirishga dadil kirishilgan. “Ulug‘bek xazinasi”, “Ko‘hna dunyo” (O. Yoqubov) romanlarida jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lib, barchani birday azoblaydigan xudbinlik, mansabparastlik, shuhratparastlik singari illatlar ta’sirida kelib chiqadigan fojialar turli dunyoqarashdagi qahramonlar to‘qnashuvi asosida yoritilgan. “Qora kitob”, “Maymun yetaklagan odam” kabi asarlarda esa ushbu umuminsoniy muammo qahramonning o‘z faoliyati, ko‘rib-kechirganlarini taftish, tahlil qilishi orqali gavdalantirilgan. Qahramonning iztirobli ichki kechinmalariga asoslangan ong oqimi yo‘nalishidagi asarlarda hayotdagi muammolar kishilarning havoyi orzu-havaslarga berilib, xudbinlik ko‘chasiga kirib ketishi va shuhratparastlik va mansabparastlik botqog‘iga botishi tufayli kelib chiqishi to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
An’anaviy asarlarda ham muallif o‘zining maqsadi, g‘oyasi, mavjud voqelik to‘g‘risidagi mulohazalarini qahramonlarning muloqoti, o‘y-kechinmalari orqali ifodalaydi. Ong oqimi asarlarida esa muallifning bu niyati yanada aniqroq aks etadi. Bu turdagi asarlarda muallif o‘zining ongosti istaklari, ijtimoiy muhitga munosabatini bevosita qahramonlari vositasida gavdalantiradi. Masalan, Fyodor Dostoyevskiyning “Aka-uka Karamazovlar”, “Jinoyat va jazo”, “Telba” romanlari shunday asarlarning eng yuksak namunasi sifatida e’tirof etiladi. An’anaviy uslubdagi asarlarda ham mualliflar o‘zlarining mavjud hayot, siyosat, din, urf- odatlarga munosabatini qahramonlari tilida aytadi. Masalan, Chingiz Aytmatovning “Oxirzamon nishonalari” romani qahramoni Andrey Krilsov: “Men katolik emasman, lekin bu holat mening katolik diniga bo‘lgan samimiy hurmatimga sira ham putur yetkazmaydi. Mening tasavvurimda osmon xilma-xil qushlarning parvoz qilishi uchun makon va maskan bo‘lgani kabi
o‘zining boshqalardan ustun ekanligidan mag‘rurlanib ketib qolmagan har qanday din ham turfa ovozlarning yangrashiga yo‘l qo‘yib berishi kerak” (Aytmatov Ch. Oxirzamon nishonalari: Roman. – Toshkent; Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyti, 2007. – 392 b. – 29-bet.) desa, “Qiyomat” romani qahramoni Avdiy Kallistratov: “Bizning Xudo haqidagi tasavvurlarimiz qanchalik mutlaq va o‘zgarmas bo‘lmasin, ular endilikda dunyo haqidagi yangicha bilimlarga sira mos kelmay, eskirib qoldi” (346-bet) deydi. Uni haqiqatni izlashdan qaytarmoqchi bo‘lgan ota Koordinatorga: “O‘zimizdan chiqayotgan narsalarni ilohiy kuchlarga nisbat berib o‘tirmaylik. Nega bo‘lmasa U bizni bu qadar ojiz va notugal qilib yaratdi? U o‘zi bino qilgan maxluqlarni ham ikkita teskari tomonga – yaxshilik va yomonlikka ajratib yubormasligi mumkin edi-ku. Nega o‘zi bizni shak-shubhalarga, illatlarga giriftor qilib qo‘ydi? Nega odamlar bunchalar makkor? Xudoning o‘ziga murojaat qilganlarida ham makkorlikdan o‘zlarini tiyib turolmaydilar. Xudoga buning nima keragi bor? Siz din-imon ta’limi mutlaq kuchga ega bo‘lishini istaysiz. Olam va odam ruhining mohiyati bir marta bir varakay, abadiyatga ochilgan, deb hisoblaysiz. Lekin axir bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi-ku. Nahotki biz xristianlikning ikki ming yil davomida o‘sha almisoqdan qolgan ahkomlariga bir og‘iz ham o‘z yangi so‘zimizni qo‘sholmasak? Siz haqiqatga bir o‘zingiz hokimlik qilmoqchi bo‘lasiz. Lekin bu oz deganda o‘z-o‘zini laqillatishdir. Zero, haqiqatni bir marta va bir varakay bilib yetgan ta’limotning, hatto, ilohiy ta’limotning bo‘lishi mumkin emas. Mabodo, shunday bo‘la qolsa, u o‘lik ta’limotdir” deb e’tiroz bildiradi (Aytmatov Ch. Asrni qaritgan kun; Qiyomat: Romanlar. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. – 560 b. – 352-bet).
“Qora kitob” qissasi qahramonining kuyinchaklik bilan aytgan keskin mulohazalari ham
aslida muallifning hayot to‘g‘risidagi qarashlaridir. Adib inson qalbini anglash, turmushdagi mavjud vaziyatni tahlil qilishda erishgan xulosalarini qahramon kechinmasi vositasida ifodalaydi. “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Maymun yetaklagan odam”, “Bevaqt chalingan bong”, “Zulmat saltanatiga sayohat” hikoyalarida qahramonlarning kechmish-kechirmishlari bayon qilinmaydi. Muallif boshqa asarlarida ham qahramonlari tarjimai holini batafsil naql etmaydi. An’anaviy uslubdagi asarlarda qahramonlar hayot yo‘lini ko‘rsatish asosiy o‘rin tutadi. Masalan, Oybekning “Qutlug‘ qon”, “Navoiy”, Abdulla Qahhorning “Sarob”, “Qo‘shchinor chiroqlari”, “O‘tmishdan ertaklar” asarlari shunday taassurot hosil qiladi. Ong oqimi asarlarida esa asosiy e’tibor qahramonning kayfiyati, ruhiy holati, ongosti kechinmalarini ko‘rsatishga qaratiladi.
Insonning ayni holatlariga e’tibor qaratish ulug‘ rus adibi Fyodor Dostoyevskiy asarlarida, ayniqsa, yorqin namoyon bo‘lgan. Uning “Telba”, “Jinoyat va jazo”, “Xo‘rlangan va haqoratlanganlar” kabi asarlarida inson o‘zini anglash orqali boshqalarni tushunishi san’atkorona ochib beriladi. Ushbu asarlar qahramonlari gavjum shaharda, odamlar orasida tursa-da, yakka-yolg‘iz yashaydi va iztirob chekadi. Insonni anglashga yangicha yondashgan F. Kafka, A. Kamyu asarlarida ham yolg‘izlikda qolgan qahramonlarning tushkun kayfiyati, hayot mohiyati to‘g‘risidagi ziddiyatli kechinmalari ko‘rsatiladi. Nazar Eshonqulning “Shamolnni tutib bo‘lmaydi”, “Maymun yetaklagan odam” kabi hikoyalari, qissalari qahramonlari ham bir o‘zi yolg‘iz yashaydi. Ular katta shahar, gavjum qishloqda odamlar orasida turib ham barcha yolg‘iz qolganlar kabi o‘ta injiq, shubhaga beriluvchan, sergumon. Ular istiqomat qiladigan joy ham iflos, badbo‘y, bu manzillarda zulmat hukmron. Masalan, “Maymuni yetaklagan odam” hikoyasida: “Cholning uyi hashamatli, keng lekin tashlab ketilgan maydonday huvillab yotardi. Ustun va romlar chirigan, umuman, hovlidan chirkin va badbo‘y hid kelardi. Chirkin hid daraxtlardan, qor ostida qolib, qarovsizlikdan xazonlikka yuz tutgan gulzordan, uyning yog‘ochlaridan va ayvonda qalashib yotgan har xil rasmlar uyumidan kelayotgan edi. Shaltoq hid esa axlat solinadigan unduqdan kelardi” deyiladi.
Ong oqimi asarlarida qahramonlar tashqi qiyofasini ko‘rsatishga alohida ahamiyat beriladi. Chunki insonning tashqi ko‘rinishida uning ichki dunyosi aks etadi. Turli musibatlarni boshidan
kechirgan, hayotda ko‘p qiynalgan kishilarning qiyofasida horg‘inlik, norozilik yaqqol sezilsa, quvnoq, intiluvchan odamlarning yuz-ko‘zida barchani o‘ziga tortadigan allaqanday joziba barq urib turadi. Adabiyotda inson dunyosini badiiy aks ettirishda yangi yo‘nalish sifatida ko‘ringan ong oqimi asarlarida shu boisdan ham qahramonlar qiyofasini ko‘rsatishga jiddiy e’tibor qaratiladi. Ong oqimi adabiyoti vakillari o‘z asarlarida qahramonlari qiyofasini, ularning surati va siyratini musavvirona mahorat bilan chizishadi. Nazar Eshonqul ham qahramonlari portretini xuddi mohir rassom tomonidan chizilganday ko‘rsatadi. U asarlarida ayni o‘rinda musavvirga aylanadi. Adib qahramonlari portreti xuddi moybo‘yoqda chizilgan surat singari taassurot uyg‘otadi. Albatta, an’anaviy asarlarda ham qahramonlar portreti tasvirlanadi. Lekin ushbu portretlar ong oqimi asarlari qahramonlari portreti qarshisida juda jo‘n bo‘lib qoladi. Ong oqimi asarlari qahramonlari portreti rangli surat bo‘lsa, an’anaviy asarlar qahramonlari portretini oq-qora rasm deyish mumkin. Ular o‘rtasidagi farq yana shundaki, ong oqimi asarlarida ko‘proq tushkunlikka tushib, ruhan-jismonan abgor bo‘lib qolgan qahramonlar portreti chiziladi. Nazar Eshonqul hikoyalarida ham hayotda omadi yurishmagan, aldangan qahramonlar ichki dunyosiga ularning tashqi ko‘rinishini ko‘rsatish orqali kirib boriladi. Adibning barcha qahramonlari tushkunlikka tushib, umidsiz bo‘lib qolgan. Ular o‘zidan ham, boshqalardan ham norozi. Bu norozilik tuganmas ichki iztirobga aylanib ketgan. Uning og‘riqlari qahramonlarning tashqi qiyofasiga ham qalqib chiqqan va xunuk, abgor qilib qo‘ygan. Masalan, “Zulmat saltanatiga sayohat” hikoyasi qahramoni ko‘rinishi haqida: “So‘nggi yillarda u o‘zini yanada oldirib qo‘ygan, suratlardagi viqorli va har qanday narsani yanchishga qodir qilib tasvirlangan burgut qarashidan asar ham qolmagandi: yuzida, o‘zi ta’kidlagandek, umr shami zo‘rg‘a lipillar, har bir narsadan tushkunlik va umidsizlik izlayverib, oxiri o‘zi ham tushkunlikning bir parchasiga aylanib qolgandi” deyiladi (Eshonqul N. Maymun yetaklagan odam: Qissalar va hikoyalar. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2004. – 212 b. – 161-bet).
Insonda xayol-tasavvur mavjudligi bois u bolaligidan orzu-havas bilan ulg‘ayadi. Har
bir odam doimo istaklari amalga oshishiga ishonadi. Ishonch hissi uni bamisoli tuganmas quvvat manbai kabi harakat qilishga, intilishga undaydi. Tabiatidagi ana shu sirli kuch bois inson osonlikcha tushkunlikka tushmaydi. Nazar Eshonqul qissa, hikoyalarida insonga muvaffaqiyatlaridan ko‘ra mag‘lubiyati ko‘p narsani o‘rgatishi, bu paytda har bir odam o‘zining qilgan ishlari to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishi, xatolarini aniqroq bilib olishi, boshqalardan ko‘ra ko‘proq o‘zini ayblashi, o‘zining gunohkorligini his etib, iztirob chekishi va oqibatda, tushkunlikka tushishini gavdalantiradi. U shu asosda o‘zligini izlab, sarson bo‘layotgan inson obrazini yaratishga erishadi. Ayonki, hech bir odam mag‘lubiyatga uchrashni istamaydi. Har bir kishi qanday ishga qo‘l urmasin, albatta, muvaffaqiyatga erishishga umid qiladi. Lekin tasodifan nimadir ro‘y berib, barcha umid, intilish chippakka chiqadi va kishining reja, fikr- o‘ylarini alg‘ov-dalg‘ov etib, uning hayotida keskin burilish hosil qiladi. Tasodiflarning eng muhim ahamiyati shundaki, ular insonga o‘z hayoti haqida o‘ylab ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Ular kutilmaganda, to‘satdan ro‘y beradi. Inson hayotidagi bu g‘ayritabiiy holatga adabiyotda azaldan e’tibor qaratib kelinadi. Ertak, doston, roman, qissa, hikoyalar syujeti markazida tasodifan sodir bo‘lgan voqealar turadi. Ular syujet rivojida zaruriy “halqa” vazifasini bajaradi. “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Sarob”, “Ulug‘bek xazinasi” kabi asarlarda ham kutilmaganda sodir bo‘lgan voqealarni tasvirlash asosida dramatik vaziyatlar yaratiladi. Nazar Eshonqul asarlarida ham qahramon ruhiyatidagi o‘zgarishlar “kutilmaganda”, “daf’atan”, “birdan”, “qo‘qqisdan” ro‘y bergani ko‘rsatiladi. Tadqiqotlarda ulug‘ rus adibi Fedor Dostoyevskiy “vdrug” so‘zini juda yaxshi ko‘rgani, u “Jinoyat va jazo” romanida ushbu so‘zni besh yuz martadan ko‘p qo‘llagani ta’kidlanadi (Saxarov V.I., Zinin S.A. Literatura XIX veka. 10 klass: Uchebnik dlya obщyeobrazavatelnыx uchrejdeniy: V 2ch. Ch.2. – 4-ye izd.

  • Moskva: OOO “TID “Russkoye slovo - RS”, 2007. – 288 s. – s 228). Ushbu so‘z o‘zbek tiliga

“kutilmaganda”, “tasodifan”, “qo‘qqisdan”, “birdan”, “tuyqusdan” deb tarjima qilinadi. Nazar Eshonqul qissa, hikoyalarida ham “vdrug”, ya’ni “birdan, kutilmaganda, tasodifan”, “shu payt” so‘zlari qahramonlarning fikru xayolini egallab, uni umidsizlik, tushkunlik girdobiga solgan mash’um fikrlar, vasvasalarni ifodalash vositasiga aylanadi. Ushbu so‘zlar ta’sirida asarlardagi jumlalar yanada ehtirosli va ta’sirchan chiqadi. Aynan “birdan”, “shu payt”, “daf’atan” so‘zlari qahramonlar kechinmasidagi hayajonli holatlarni aniq ifodalaganday taassurot uyg‘onadi. Adib mazkur so‘zlarga tayangan holda, qahramonlarining tushkunlik, umidsizlik kayfiyati, ikkilanish, jar’atsizlik, xavotir, xijolat to‘la mavhum holatlarini yorqin ochib beradi. Qahramonlarning ayni kayfiyat, holatlari o‘quvchini hayajonga soladi. “Sen nima qilish kerakligini o‘ylay boshlading, yuraging xuddi sehrlangan daraxtday lahza sayin xavotir va gumon mevalarini tugar, bu mevalar butun vujudingga yopishib olganida, birdan xayolingga kelgan fikrdan shuuring yarq etib yorishib ketdi” (“Qaytish”) kabi o‘rinlar ularga qiziqishni yanada oshiradi. Muallif asarlaridagi keskin mulohazalar ichki munozarani kuchaytiradi. Adibning “Zulmat saltanatiga sayohat”, “Qaytish”, “Tobut”, “To‘zon”, “O‘lik mavsum”, “Og‘riq lazzati”, “Ochilmagan eshik” hikoyalari ham xuddi “Maymun yetaklagan odam”, “Bevaqt chalingan bong”, “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyalari kabi nihoyatda dardli va mungli. Ularda tushkunlikka tushgan qahramonlarning xayol-tasavvuri, og‘riqli kechinmalari gavdalantiriladi. Hikoyalarda aks etgan dard o‘quvchi qalbiga sizib kirib, unda og‘riq qo‘zg‘aydi. Asar o‘quvchini befarq qoldirmasligi muallifning dardkashligi, mulohazalari teranligini bildiradi. Mavlono Jaloliddin Rumiy:



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling