Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
TRAGIKLIK VA SATIRIK MODUSLAR – ESTETIK ANALOGIYA VOSITASI
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
TRAGIKLIK VA SATIRIK MODUSLAR – ESTETIK ANALOGIYA VOSITASIIslomjon YOQUBOV, ToshDO‘TAU professori, filologiya fanlari doktori Kanadalik olim Nortrop Fray muallifning badiiy asar qahramoniga munosabati, nuqtai nazarini “modus” tushunchasi ostida izohlab, bu atamani adabiyotshunoslikka tadbiq qilgan edi. Biroq u badiiylikning umumestetik ko‘rinishlari va adabiy janrlar o‘rtasiga muayyan chegara qo‘ymagan. Rus olimi V.Tyupa esa, ayni tushunchaga muallifning g‘oyaviy-emosional bahosi, -deb qaraydi. O‘zbek adabiyotshunosi D.Quronov modusni g‘oyaviy-hissiy munosabat yoxud muallif emosionalligidan tashqari, qahramonni tipiklashtirishning o‘ziga xos ko‘rinishi, -deb izohlaydi32. Badiiylikning ro‘yobga chiqishi sub’yekt – ob’yekt – adresat butunligida anglanishi jihatidan so‘nggi qarash haqiqatga yaqindir. Zotan, muallifning voqelik va qahramonga munosabati qaytarzda yuzaga chiqishini belgilamasdan, muayyan romanga xos xususiyatlar haqida ishonchli xulosa chiqarish mahol. Atoqli ingliz yozuvchisi, dramaturg va munaqqid Somerset Moem (1874- 1965) nosirlar haqida to‘xtalarkan: “Ular ko‘proq dunyo mohiyatining takomiliga ahamiyat berishlari darkor”33, -deya ta’kidlaydi. Shu ma’noda, adabiy jarayonni kuzatishlarimizga asoslanib, bemalol aytish mumkinki, endilikda o‘zbek nosirlari shaxsning o‘z-o‘zini anglashi va namoyon etishini ko‘rsatishda kinoyaviylik, tragiklik, satiriklik, dramatiklik moduslariga alohida e’tibor qaratishmoqda. Darhaqiqat, globallashuv davrining shiddati tufayli o‘zbek romani taraqqiyotida turfa falsafiy, adabiy-estetik qarashlarning murakkab sintezlashuv jarayoni jadallashib, sinkretik xarakterdagi shakliy-uslubiy yangilanishlar namoyon bo‘lmoqda. Bunday hol har bir ijodkorning insoniy tabiati, dunyoqarashi, ko‘ngil hollari, sezgi, mushohada va ifoda tarziga mutanosib tarzda yuzaga kelishi masalaga individual va xolis yondashuvni talab etadi. Zotan, har bir adibni o‘z ijodiy kredosiga ko‘ra tanish va baholash lozim. Bu jarayonda quyidagi uch jihatni nazarda tutish muhimdir: a) yozuvchi ilhomi asl javharga monandligi; b) adibning Haq va haqiqat haqidagi mushohadasi qanday qadriyatlarga asoslanishi; v) ijodkor badiiy kashfiyoti nimalardan iborat ekani. Bunday baholash asnosida badiiy matn mehvariga yashiringan mushohada va ko‘ngil holi kashf etiladi. Shu ma’noda, ushbu maqolada Nazar Eshonqulning “Go‘ro‘g‘li”34 romanini milliy asoslari, jahoniy analoglari hamda badiiy matn mehvariga yashirilgan mushohada va ko‘ngil holi ifodasi nuqtai nazaridan tahlilga tortildi. Asarning syujet voqealari boshlanmasidan oldin: “…hayot suvin izlab o‘tdi Gilgamish”- degan epigraf keltiriladi. Roman “Go‘ro‘g‘li” deb nomlansayu “hayot suvi”ni izlashda boshqa dostonga ishora qilishdan qanday estetik maqsad ko‘zlangan?- degan haqli savol tug‘iladi. Bizningcha, yuqoridagi purhikmat satr mazmunida adibning g‘oyaviy-emosional munosabati aks etgan. Insoniy qadriyatlar poymol etilishiyu aldov va yolg‘onlarga ishonish ko‘nikmaga aylanib, ma’naviy tanazzul yoqasiga kelib qolgan parokanda yurt – epik makonda abadiyatga daxldor bo‘lish imkonsizligi ta’kidlangan. Shu bois, tanlangan epigraf o‘z badiiy-estetik funksiyasiga ko‘ra romanga ochqich vazifasini o‘taydi. Chunki u muallif maqsadi haqida muayyan ma’lumot berishi, asar yozilishiga turtki bergan fikr-qarashlarni ifoda etishi, N.Eshonqulning ijod onlaridagi tuyg‘u-kechinmalarini ixcham ifoda qilishi jihatidan roman voqeligi haqida ilk tasavvur uyg‘otadi. Tadkiqotchilar fikricha, “Gilgamish” va “Alpomish” eposlari genetik jihatdan yagona ildizga borib tutashadi.35 Uning tarixiy ahamiyati va badiiy qimmati hamisha taniqli olimlar diqqat markazida bo‘lib kelgan36. Yaxlit epos shakli yuzaga chiqishida qadimgi dostonchilik 32 Quronov D., Mamajonov Z., Sharaliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2010. –B.57 33 Somerset Moem. Sarhisob // Jahon adabiyoti. 2017. – № 6. – B.120. 34 Nazar Eshonqul. Go‘ro‘g‘li. Roman // Sharq yulduzi. 2012. – № 2-3 35 “Alpomish”ning qoraqalpoq (“Alpamis”), qozoq (“Alpamis batir”), oltoy (“Alip - Manash”) versiyalari doston shaklida, tatar (qozon tatarlarida “Alpamsha”) va boshqird (“Alpamisha va Barsin hiluu”) versiyalari esa ertak va rivoyat shaklida bizgacha yetib kelgan. Eposning ertak va rivoyatlar shaklidagi tojik variantlari o‘tgan asr boshlarida o‘zbek dostonchiligi ta’sirida yuzaga kelgan. Ta’kidlash o‘rinliki, O‘rta asr o‘g‘uz eposining muhim yodgorligi hisoblangan “Qo‘rqut ota kitobi” tarkibidagi “Bamsi Bayrak” asari ham o‘zining syujet va kompozision qurilishi jihatidan “Alpomish” dostoniga yaqin turadi. – I.Ya. 36 Jirmunskiy V.M., Zarifov X.T. Uzbekskiy narodnыy-geroicheskiy epos. – M.: 1947; Ob epose “Alpamыsh”. –Tashkent, 1959; Jirmunskiy V.M. Skazaniye ob Alpamыshe i bogatыrskaya skazka. – M.: 1960; Alpamыs- batыr. – Alma-Ata, 1961; Mirzayev T. an’analari muhim rol o‘ynagan. Ayni paytda, doston mehvarida nafaqat ming yillik, balki miloddan avvalgi yuz yilliklarda yurtimizda kechgan jarayonlarning poetik ifodalari ham mujassam. Shu ma’noda, N.Eshonqul romani yuzaga kelishiga ham “Gilgamish”ga asos bo‘lgan syujet va yetakchi motivlarning mifologik va tarixiy-hayotiy ildizlari muayyan darajada ta’sir qilgan. Muallif doston syujeti tarkibidagi turfa qarashlar va mifologik qatlamni imkon qadar kuzatishga uringan. Zotan, eposlarda xalqning mental belgilari ko‘rinadi. Roman “Go‘ro‘g‘li” deb nomlanishini eshitishimiz bilan shuurimizda bu asarning mavzusi Yaqin va O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz xalqlari orasida keng tarqalgan xalq og‘zaki poetik ijodi yodgorligi – qahramonlik eposi, “Go‘ro‘g‘li” dostonlar turkumiga daxldor emasmikin? - degan savol charx uradi. Folklorshunos Sh.Turdimovning “Etnos va epos” nomli kitobida “Alpomish” va “Go‘ro‘g‘li” dostonlari asosida eposning etnos tarixi bilan bog‘liq ma’no qatlamlari atroflicha tahlilga tortiladi. Olim etos va epos muammolari ko‘lamida jamiyatni olg‘a boshlovchi Alp va uning hamkorlari, shuningdek, unga qarama-qarshi qutbda turuvchi kuchlar hayotini tadqiq etadi. Sh.Turdimov fikricha: “Doston birgina Alpomish bilan mukammal emas. Baxshi-shoirning tinglovchi, o‘quvchi-ishqibozdan baland san’atkor ekanligi – kosa davronni – “poyga, uloq, bozor”ni badiiy mushohada etganligida. Butun dostonni o‘z ko‘nglida markazlashtirib, voqealar mazmuni va shaklini an’anaviy yuksaklikda tutib turganida. doston Ko‘kaldosh, Toychixon, Qorajon, Ultontoz va boshqalar hayotini birgalikda Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling