Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 0.93 Mb.
bet15/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. Aytmatov Ch. Asrni qaritgan kun; Qiyomat: Romanlar. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. – 560 b.

  2. Aytmatov Ch. Oxirzamon nishonalari: Roman. – Toshkent; Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyti, 2007. – 392 b.

  3. Do‘stmuhammad X. Ozod iztirob quvonchlari. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2000.

  4. Qahhor A. Asarlar: Besh jildlik. 1-j. Sarob: Roman. Hikoyalar. – T.:Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987. – 336 b.

  5. Mavlono Jaloliddin Rumiy. Masnaviyi ma’naviy. Oltinchi kitob. Jamol Kamol tarjimasi. – Tehron: “Al-xudo” xalqaro nashriyoti, 2004. – 456 b.

  6. SaxarovV.I.,ZininS.A.LiteraturaXIXveka.10klass:Uchebnikdlyaobщyeobrazavatelnыx uchrejdeniy: V 2ch. Ch.2. – 4-ye izd. – Moskva: OOO “TID “Russkoye slovo - RS”, 2007. – 288 s.

  7. Faxriyor. Muazzam qo‘shiq. – “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2007 yil 13 aprel. 15-son.

  8. XX asr o‘zbek hikoyasi antologiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. – 624 b.

  9. Cho‘lpon. Adabiyot nadir. – Toshkent: “Cho‘lpon”, 1994. – 204 b.

  10. Eshonqul N. Maymun yetaklagan odam: Qissalar va hikoyalar. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2007.

  11. Eshonqul N. Yalpiz hidi: Qissalar va hikoyalar. – Toshkent: “Sharq”, 2008. – 336 b.

  12. Eshonqul N. Insonni anglash – asosiy mezon. – “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2010 yil 26 mart.

  13. Hamza H. N. To‘la asarlar to‘plami. Besh tomlik. T. 2. She’rlar. pedagogik risolalar, nasriy asarlar. – Toshkent: “Fan”, 1988. – 564 b.

ROMANDA YANGI BADIIY TAFAKKUR IFODASI




Gʻayrat MURODOV, filologiya fanlari doktori, Buxoro davlat universiteti

Alloma M. Baxtinning fikricha, roman nisbatan yosh badiiy shakl bo‘lgani, hali-hanuz rivojlanish, shuningdek, o‘z-o‘zini yangilash, shaklini o‘zgartirish xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli unga uzil-kesil ta’rif berishning iloji yo‘q. Roman hozir ham mana shu jihatlarini saqlab turibdi. U tirik jon singari har qanday muhit, shart-sharoit, zamon talabi va ilg‘or dunyoqarashlarga tezkorlik bilan moslashmoqda. Bu bilangina cheklanib qolmay, boshqa janrlarni o‘ziga bo‘ysuntirishga urinmoqda va oxir-oqibat adabiy-badiiy jarayonning shohsupasiga chiqib olib hukmronlik mavqeini qo‘lga kiritmoqda. Bundan tashqari, ushbu shaklning falsafa, ruhiyatga moyilligi, nafaqat muayyan bir xalq, hatto insoniyatga xos bo‘lgan madaniyatni o‘z badiiy olamiga nisbatan keng va mukammal sig‘dira olishi romanga bo‘lgan hurmat va qiziqishni tobora kuchaytirayotir. Mazkur qarash-mulohazalar, tabiiyki, o‘zbek romaniga ham tegishlidir.


2018 yil o‘zbek romani tarixida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan sana bo‘lgan edi. Bu yerda gap faqat mazkur yilda jurnallarda va kitob holida bosilgan va kitobxonlar e’tiboriga havola qilingan yirik epik asarlar miqdorining sezilarli darajada ko‘paygani haqidagina borayotgani yo‘q. Bu hodisaning asosiy jihati shundaki, bu asarlarning badiiyat, muammo, qahramon, dunyoqarash nuqtai nazaridan yangilanayotgani, o‘qishli ekanligi, kitobxonga u yoki bu darajada estetik ta’sir ko‘rsata olayotganidadir.
O‘zbekiston Respublikasining yangi sifat bosqichiga ko‘tarilgan davlat siyosati, ma’naviyat, madaniyat, xususan, badiiy adabiyotga bo‘lgan katta va doimiy e’tibor, so‘z san’atkorlariga yaratilib berilayotgan shart-sharoitlar ijodkorlarimizni yangi va yaxshi asarlar yaratishga undamoqda va bu o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Qayd etilgan yilda “Sharq yulduzi” jurnalida Baxtiyor Abdug‘afurovning “Sulton Jaloliddin Manguberdi”, Shoyim Bo‘tayevning “Yettinchi tong”, mamlakatimizdagi turli nashriyotlar tomonidan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning “Yolg‘on umidlar dashti”, Isajon Sultonning “Genetik”, Nazar Eshonqulning “Go‘r o‘g‘li yoki hayot suvi”, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Bonu”, Nabi Jaloliddinning “Tegirmon” romanlari nashr etildi. Biz bu o‘rinda o‘zbek nasrida ilk modernistik roman bo‘lgan “Go‘r o‘g‘li yoki hayot suvi” asari haqida ayrim mulohazalarni bayon etmoqchimiz.
Adabiy-badiiy hayotimizda o‘ziga xos voqea bo‘lgan ushbu badiiy yaratma milliy roman shakli, tasvir doirasining jiddiy o‘zgarishga yuz burayotganini ko‘rsatishi bilan alohida ahamiyatga ega deb o‘ylaymiz. Muallifning so‘zboshida yozishicha, romanga 90-yillarning boshida so‘nggi nuqta qo‘yilgan. O‘tgan muddat uchida adib uni tahrir qilish bilan shug‘ullangan. Kitobning ichidagi ayrim boblarni mustaqil hikoya sifatida e’lon qilgan. Ijodkor qayd etganidek, ushbu bitik “insoniylik sha’n va g‘ururini xo‘rlash va haqoratlash evaziga yashagan mustabid tuzumdan chiqariladigan...saboq”31dir.
Roman N. deb atalgan insonning achchiq qismati va fojiasi haqida hikoya qiladi. Dunyo adabiyotining ayrim namunalarida familiyani qisqartirtirish (F. Kafka. “Jarayon”), ismni qisqartirish ( F. Kafka. “Qo‘rg‘on”) va bir harf holiga keltirish tajribasi bor. Bunday adabiy usuldan foydalanish, avvalambor, asarning g‘oyaviy-badiiy konsepsiyasini tushunishga yordam bersa, shuningdek, yuqorida nomlari qayd etilgan asarlarga qaysi bir darajada aloqadorlik borligidan dalolat beradi.

31 Nazar Eshonqul. Go‘r o‘g‘li yoki hayot suvi. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. – 2-bet.
“Go‘r o‘g‘li”da voqealar modern adabiyotning absurd yo‘nalishiga mos tarzda ifoda qilingan. Tirik yurgan odamning o‘lik deb xabar qilinishi, hammaning bu ma’lumotga ishonishi, unga arvoh deb qaralishi, “murda”ning aybdor sifatida teatrda tomosha tarzida sud etilishi singarilar realizm nuqtai nazaridan bo‘lishi mumkin emas voqealardir. Biroq jahon adabiyotining nisbatan yangi tajriba-izlanishlari shundan dalolat beradiki, badiiy tasvirdagi bunday usullar inson ruhiyatining chuqur qatlamlariga kirib borish, uning noma’lum, sirli jihatlarini kashf etish va tushunish imkonini beradi. Badiiy matndagi shartli-ramziy tasvir va ifodalar qahramon va uni o‘rab turgan muhit xususida muayyan xulosalar chiqarishga imkon yaratadi.
Roman sarlavhasi garchi ikki qismga ajratib yozilgan bo‘lsa-da, turkiy xalqlarning eng mashhur dostonlaridan bo‘lgan “Go‘ro‘g‘li”ga ishora qiladi. Chindan ham go‘r motivi ana shu ikki asarda ham bor. Farq shundaki, Go‘ro‘g‘li qabrda tug‘ilib, hayotga, odamlar orasiga qaytadi. N. esa tirik bo‘la turib majburiy ravishda go‘r yo‘lini tanlashga majbur bo‘ladi.
Gʻarb va Sharq modern adabiyotidagi bir talay namunalarlarida hayot bema’nilikdan iborat, unda insonning yashashidan hech bir ma’no yo‘q, degan g‘oya ilgari suriladi. “Go‘r o‘g‘li”da bunaqa asarlardan keskin farqli ravishda hayotsevarlik ruhi yorqin jilvalanib turadi. Matn uchun tanlab olingan “...hayot suvin izlab o‘tdi Gilgamish” epigrafi ana shu hayotsevarlikni tasdiqlab, ta’kidlab turibdi. Ishonchliklik, qo‘rquv, munofiqlik, chidab bo‘lmas jamiyatda tirik murdaga aylangan, “yurakda g‘ami, ichda zanglari” to‘lib-toshganiga qaramay yashash uchun so‘nggi imkoni qolguncha kurash olib boradi. Binobarin, uning fojiali va dahshatli o‘limi hayotdan bezishning emas, qabohat saltanatlarining hamma zamonlarda mavjud bo‘lgan shaxsga nisbatan zo‘ravonligi oqibatidir.
Sirtdan qaralganga mazkur romandagi qahramon, syujet, yechim va boshqalar absurd, ekzestensializm adabiyoti namunalariga yaqin va o‘xshashdek ko‘rinishi mumkin. Ammo aslida bunday emas. Bu fikr isbotini “Jarayon” va “Go‘r o‘g‘li” asarlarini muqoyasa etish jarayonida aniq ko‘rish mumkin. Kafka qahramoni ommaviy zulm va ijtimoiy loqaydlik oqibatida jallodlar tomonidan qatl etiladi. N.Eshonqul asarning bosh qahramoni esa mustabid tuzum malaylarining g‘oyat puxta ishlab chiqqan rejasiga muvofiq o‘z-o‘zini ular ko‘rsatib bergan yo‘l bo‘yicha o‘ldiradi. Bu shundan dalolat beradiki, yigirmanchi asr davomida jahonning muayyan hududlarida insonga zo‘ravonlik qiluvchi, uning sha’nini, erkini toptovchi istibdod tizimlari kuchayib, mukammallashmoqda, jaholat kuchlariga xizmat qiladigan byurokratik mexanizm tobora shitob bilan ishlamoqda. Inson zombi, robot, buyuk so‘z san’atkori Chingiz Aytmatov iste’molga kiritgan so‘z bilan aytganda, manqurtga aylantirilmoqda.
“Go‘r o‘g‘li” insoniyatni ana shunday xavf-xatarlardan ogoh etuvchi, uni hushyorlika chorlovchi insonparvarlik idealini o‘z badiiy-poetik olamida aks ettirgan, loqaydlik, ijtimoiy karaxtlikni inkor etuvchi asarlar sirasiga mansub. Tasvirning go‘zalligi, badiiy obrazlar voqea tizimining nisbatan pishiq-puxta ishlangani bilan nozik didli kitobxonlarga manzur bo‘la oladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling