Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
olib, mushohada etib qaralsa, to‘la-to‘kis anglanadi”37. Folklorshunos “Alpomish” dostoni mukammalligini uch muhim faktorga bog‘lab izohlaydi:
Yetakchi qahramonlarning tinglovchi (kitobxon)lar qo‘ngliga yaqinligi. Alpomish va uning do‘st-raqiblari hayotini yaxlitlikda mushohada etish. Ya’ni dostondagi obrazlar hayot yo‘lini sinchiklab o‘rganish, badiiy voqelik qatidagi botiniy ma’no va timsollarni qayta jonlantirish orqali asarning davrlar hamda avlodlar fikr-mushohada, his-tuyg‘ulariga hamohang keluvchi tub mohiyatini oydinlashtirish. San’atkor-baxshining ijtimoiy davr voqeligi va barcha qahramonlar hayotini tinglovchilar ko‘nglidan o‘tkazib, ular kayfiyatiga monand yo‘sinda tasvirlash hamda ijro etish mahorati. Mumtoz eposda xalq tarixi hamda taqdiri poetik timsollar vositasida ifodalanishi haqidagi bu nazariy qarashda nafaqat an’anaviy epos, balki san’at asarining poetik qimmati ham izohlangan. Chunki, chinakam badiiy yaratiq har bir avlod ongu shuurida yangilanibgina qolmay, har alohida ko‘ngilda ham yangicha mazmun kasb etadi. Shartli belgi – poetik timsollarda kodlangan jamiyatning mavjud holati bilan bog‘liq sirlar mag‘zini chaqish, tushunish, his etish shu qadar murakkab jarayonki, “kalit”lar tizimini anglamoq, ruhan tuymoq uchun kitobxonda muayyan malaka – ruhiy zahira bo‘lmog‘i lozim. Shu ma’noda, Sh.Turdimov ilmiy-nazariy qarashlari qisman zamonaviy romanlarga ham daxldor. Chunki xalqimiz turmush tarzi ajdodlarimiz tarixan to‘plagan ma’naviy qadriyatlar bilan chambarchas tutashadi. Xususan, N.Eshonqul poetik tafakkurini ham xalq turmush tarzi, ijtimoiy axloq me’yorlari va tarixiy xotirasidan ajratib bo‘lmaydi. Ayni paytda, o‘sha an’analar adib mansub bo‘lgan avlod tomonidan qisman yangilandi, mazmunan boyidi. Tabiiyki, N.Eshonqul ham o‘z ongi va ruhiga ta’sir qilgan omillar ta’sirida mavjud an’anaga muayyan o‘zgarishlar kiritishga intilgan. Ijtimoiy davr voqeligi haqidagi fikr-tasavvurlari, taxayyuliga tayangan. Folklor namunalari va mumtoz adabiy-tarixiy manbalar bilan yaqindan tanishgan. Albatta, “Go‘ro‘g‘li” romani qahramoni N. jismonan favqulodda baquvvat bo‘lmaganidek, unda donishona topqirlikdan ko‘ra, ko‘proq soddalik va ishonuvchanlik sifatlari kuzatiladi. “Alpomish” dostonining o‘zbek variantlari. – Toshkent, 1968; Alpamыs. – Nukus, 1981; Xoshniyazov J. Qoraqalpoq qahraman- lыq dastanы “Alpamыs”. – Nukus, 1992. 37 Turdimov Sh. Etnos va epos. – Toshkent: O‘zbekiston, 2012. – B.4-5. Shunga qaramasdan, u o‘zi tushib qolgan ijtimoiy muhit odamlaridan ma’naviy balandligi bilan ajralib turadi. N.Eshonqul uning o‘z “men”ini tasdiqlatish yo‘lidagi kurashlarini tasvirlashga e’tibor qaratadi. Roman voqealarining hayotda yuz berish tartibi (fabula) va hikoya qilinish, joylashtirilish tartibi (syujet)ni sarguzasht asosiga quradi. U inson qismatiga nisbatan befarqlikni N.dan boshqa hech kim fojia sifatida qabul qilmasligi misolida sho‘rolar hukmronlik qilgan davrda azaliy qadriyatlar poymol etilishini ko‘rsatadi. “Go‘ro‘g‘li” xalq dostonida ham, ijtimoiy-ma’naviy tanazzulni ilk bor yosh Go‘ro‘g‘ligina ruhan his qiladi. U odamlardan arazlab, Bolli ko‘liga chiqib ketarkan, ich-ichida el oqillari Rayhon podshoga qarshi birlashishini kutadi. Afsuski, Go‘ro‘g‘libek tilidan “benomuslar”, deb baholangan elda bunday hol sodir bo‘lmaydi. Binobarin, eposda donishmand xalq mamlakatni ichki va tashqi dushmandan xalos etuvchi yangi avlod darg‘asi, L.N.Gumilev ta’biri bilan aytganda, “passionar shaxs” – Go‘ro‘g‘lini o‘z qadrini bilmagan avlodga qarshi qo‘yadi38. “Go‘ro‘g‘li” romanining fabula va syujetida mavjud an’anaga ergashish kuzatiladi. Adib roman bosh qahramoni N. imoni butligi, haqiqat va adolatga intilishi, omonsiz kurashga otlanishida xalq poetik dahosidan oziqlangan. Romanda inson ma’naviy kamolotiga izn bermagan jamiyat tanqid qilinadi. N. g‘ayrinsoniy voqelik oldida ojiz va betadbir qoladi. Boshqacharoq aytganda, etnos an’anaviy dostonlardagi kabi o‘z xoloskorini ulg‘aytirmaydi. Mash’um sharoit uni “yutib” yuboradi. Xalqda tanazzul bosqichidan chiqishga intilish yo‘qligi adibni qattiq tashvishga soladi. Bizningcha, roman shafqatsiz realizmi ham aynan shu o‘rinda, ya’ni begona etnosning behad xavfli va qudratli kuch ekanini ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling