Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
Konflikt shakl unsuri sifatida roman syujetini yurgizuvchi kuch bo‘lib, badiiy konsepsiyani ifodalashda muhim o‘rin tutadi. U mazmun unsuri bo‘lgan problematika javharini tashkil etadi. N.Eshonqul romanda N. fojiali taqdiri, ruhiyatida kechgan ziddiyatlar, alamli
fig‘onlarni aks ettirishga intilgan. Shuning uchun, N.ning insonga begona bo‘lgan muhitdan uzoqlashib, uzlatga chekingan, umidsiz va ruhiy tushkun kayfiyat-hollarini ham haqqoniy ifoda etgan. Qudratli yovuz kuch qarshisida behad yakkalanib qolgan inson pirovard natijada mahv etilishiga ishongan. Romanda ziddiyatli holatlar bu yo‘sinda hal qilinishiga asoslanib, aytish mumkinki, konflikt adibning hissiy munosabati, voqealar rivoji sifatiy ko‘rinishlariga ta’sir ko‘rsatib, badiiy konsepsiya o‘zagini tashkil qiladi. “Go‘ro‘g‘li” romani bosh qahramoni N. “Jarayon” romanidagi Yozef K. kabi hibsga olinmaydi. Balki, N. taqdirida bundan dahshatliroq fojia sodir bo‘ladi. Ya’ni, kotiba qizning zohiran arzimasday tuyulgan adashishi, “rahbar” e’tiborsizligi tufayli uning nomi tiriklar safidan o‘chirib qo‘ya qolinadi. Boshqacharoq aytganda, u tiriklayin go‘rga tiqilgan va endilikda “go‘r” uning yagona maskani bo‘lishi mumkin edi. Real hayotda bunday hodisa sodir bo‘lishi aqlga sig‘maydi. Lekin butun mohiyat ijtimoiy tartiblar tizimi sog‘lom aqlga muvofiq emasligida ochiladi. Chunki romandagi ulkan mahkama, keng ma’noda, jamiyatni tamsil qiladi. Uning xizmatchi xodimlari faoliyatida mantiq mavjud emas. Aksariyat personajlar “yuqori”dan beriladigan ko‘rsatmalarning jo‘n ijrochilari – ulkan ijtimoiy mashinaning kichik “vint”chalari. Muallif shunday munosabatga xos ijtimoiy ziddiyat va adolatsizliklarni ko‘rsatadi. N. dastlab haqiqat qaror topishiga astoydil ishonadi. Kitobxon ham o‘zini shunga chog‘laydi. U anglashilmovchilikka oydinlik kiritishni istab turli mahkamalarga bosh uradi. N. timsolida hayotning adolatsizliklari aks ettiriladi. N. – insonga muruvvat va shafqat nazari bilan boquvchi kishi. Tasvir asnosida, uning qarshisiga: “yuqori”ning har qanday ko‘rsatmasiga itoatkor, ularga xush yoqish va ta’magirlik ilinjida chaqimchilik, xushomadgo‘ylikdan or tuymaydigan, har narsaga hadiksirab qarovchi – jur’atsiz, qo‘rqoq kimsalar (quyi olam vakillari) qo‘yiladi. Anglashiladiki, adib hayot haqiqatini inson qalbining o‘yinlari: muruvvat va hasad kurashi fonida ochadi. Olomon qiyofasizligi shundaki, katta-kichik pog‘onadagi barcha rahbarlar rasman o‘ldiga chiqarilgan N.ning kutilmaganda paydo bo‘lishidan xursand bo‘lish o‘rniga astoydil malollanishadi. Hatto dovdirab qolishadi. Ular nogahoniy tarzda yuz bergan bu baxtsiz tasodif bilan bog‘liq anglashilmovchilikni durustroq surishtirishmaydi. Chunki, hodisa haqida allaqachon gazetalarda yozilgan va vazirlikka xabar qilingan. Idora ancha chiqimdor bo‘lib, dafn marosimi uchun zarur narsalarni hozirlagan. Demak, bu muhim tadbirni qoldirish – idora yanglishganini e’tirof etish kattalar mavqeiga soya solishi, mahkama sha’niga dog‘ bo‘lib tushishi muqarrar. Binobarin, bunday yo‘l tutish mumkin emas. To‘g‘ri, buyruqni shoshilinch bajarishga bel bog‘lagan bu azamatlar hayotdan ko‘z yumgan o‘sha shaxsi noma’lum kimsani hujjatiga ko‘ra N. deb qabul qilishgan. Ammo, ismi sharifi harqancha chalkashmasin, N. hali tirik. Unda kimni ko‘mishadi? Nahotki, rasmiy hujjatlarda o‘liklar ro‘yxatiga kiritilish odamni birpasda mutlaqo yo‘q kimsaga aylantirsa? Ishni biron soat to‘xtatish shu qadar ulkan fojia edimi? Azbaroyi yumushni o‘ylab, shosha-pisha N.ning o‘rniga yangi xodim olinsa? Axir, inson oliy qadriyat emasmi? Afsuski, yo‘q. Chunki insonga faqat ishchi kuchi deb qarash shuni taqozo etadi. N.Eshonqul poetik mahorati istehzoni kuchaytirish orqali fojia ko‘lamini teranlashtirishda namoyon bo‘ladi. Ayni paytda, tanganing teskari tomoniga nazar tashlansa, o‘zgacharoq holat ham namoyon bo‘ladi: Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling