Davlat shakllari ( boshqaruvi, tuzilish shakli, siyosiy rejimi va funktsiyalari). Darsning maqsadi


Download 126.5 Kb.
bet5/14
Sana05.01.2022
Hajmi126.5 Kb.
#219437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Davlat shakllari ( boshqaruvi, tuzilish shakli, siyosiy rejimi v

Davlat shakllaribu davlatni boshqarish uchun davlat hokimiyatini tashkil etish, davlat tuzilishi va siyosiy tartibni amalga oshirish usullaridir.

Davlat shakli birinchi navbatda davlat hokimiyatining mahalliy va oliy hokimiyat organlarini tuzilishidir. Davlatning boshqaruv shakli bu – davlat hokimiyatining uchta tarmoqqa bo’linishidir.

1. Qonun chiqaruvchi hokimiyat (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi).

2. Ijro etuvchi hokimiyat (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Vazirlar Mahkamasi).

3. Sud hokimiyati (O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyaviy Sudi, Oliy Sudi va Oliy hujalik sudi).

Davlat shaklini ikkinchi tarkibiy qismi bu davlatning tuzilish shaklidir. Bu jamiyatning milliy, iqtisodiy va madaniy hususiyatlariga bo’g’liqdir. Tuzilish shakli bo’yicha davlatlarunitar, ya'ni oddiy davlat tuzilishiga, federativ-murakkab davlat tuzilishiga va konfederativ davlat tuzilish shakliga ega bo’ladi. Davlat tuzilish shakli har bir davlatning siyosiy va ma'muriy-hududiy tuzilishini birlashtiradi. Masalan: O’zbekiston Respublikasining hududida yashovchi barcha xalqning tarixiy va milliy hususiyatlari hisobga olingan holda uning ma'muriy-hududiy tuzilishi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar va Qoraqolpog’iston Respublikasidan iborat.

Davlat shaklini uchinchi tarkibiy qismi – bu davlat hokimiyatining amalga oshirish usullari kiradi. Bu nuqtai nazardan jaxondagi davlatlar ikki usulga – demokratik siyosiy tartib va nodemokratik siyosiy tartibga bo’linadi.

Yuridik adabiyotda olimlar o’rtasida davlat shakllari haqida turli fikrlar mavjud. Ba'zi bir olimlar davlat shakllarini – ikki qismdan, davlatning boshqarish va tuzilish shaklidan iborat deydi. Ko’pchilik yuristi olimlar juda to’g’ri davlat shakllarini uch qismdan davlatning boshqarish, davlat tuzilishi, davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari siyosiy tartibdan iborat deb kursatadi. Shularni ko’rib chihamiz.


Download 126.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling