Federatsiya deb aniq ilmiy ma’noda shartnoma va konstitutsiyaga asoslangan davlatlar ittifoqiga aytiladi. Shuning uchun ham federatsiya faqatgina mustaqil davlatlarning birlashmasi bo’lishi mumkin. Federatsiya tarkibiga kiruvchi davlatlarning tuzilmalarini uning sub'ektlari deyiladi.Bu sub'ektlar o’zlarining konstitutsiyalariga, fuqarolariga, xususiy oliy davlat organlariga (qonunchilik, ijro, sud xokimiyatlari) ega bo’lishlari mumkin. Federatsiya tarkibiga ( uning o’zi va sub'ektlaridagi) ikkita oliy davlat organlarining mavjudligi – ularning kompetentsiyalarini chegaralash (bo’lish) ni etadi. Kompetentsiyalarni bo’lib olish turli federatsiyalarda turlicha bo’lishiga qaramasdan nisbatan ko’prok tarqalgani ikkitadir. Federativ davlat tuzilishi bu teng huquqiy respublikalar, muhtoriyatlar, shtatlar, kantonlar, viloyatlar va okruglarning ihtiyoriy birlashuvidan iboratdir. Masalan; AQSh. Argentina, Braziliya, Avstriya, Meksika, Germaniya, Hindiston, Rossiya va boshqalar. Federatsiyaga kiruvchi davlatlar ihtiyoriy ravishda markazlashgan davlatni tashkil qiladi. Federatsiyada barcha a'zolar nomidan mamlakat ichki va tashqi siyosatida yagona ish olib boradi va ularning manfaatlari himoya qilinadi. Federativ davlat konstituttsiyasida davlatning boshqarishiday vakolatlar federatsiya vakolatiga, qandaylari uning a’zolariga berilishi kursatilgan. Sobiq Sovet davlati Konstituttsiyaga asosan Federativ davlat edi. Sho’ro davlati markazlashgan, buyruqbozlikka va partiya diktaturasiga asoslangan unitar davlat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |