Davlat sog’liqni saqlash muassalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtrish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlar


Davlat sogliqni saqlash muassasalarining tarkibi


Download 0.64 Mb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1631099
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat sog’liqni saqlash muassalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtrish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlar

Davlat sogliqni saqlash muassasalarining tarkibi

Sog’liqni saqlashga qilinadigan xarajatlarni ularning iqtisodiy mazmuni va muassasa turlariga ko’ra to’rt asosiy guruhga birlashtirish mumkin:



  1. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati va boshqa muassasalar;

  2. Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar;

  3. Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar;

  4. Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stantsiyalari Davlat tibbiyot va farmatsevtika muassasalari guruhlari:

Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati va boshqa muassasalar

    1. Qishloq vrachlik punktlari va ularning filiallari (bo’limlari)

    2. Shaharlardagi poliklinikalar (bolalar poliklinikasidan tashqari)

    3. Statsionar o’rinlari bo’lmagan dispanserlar

    4. Skrining - markazlar

    5. Respublika bolalar va o’smirlar reproduktiv sog’lomlashtirish markazi

    6. Salomatlik instituti va uning filiallari

    7. Sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati muassasalari (respublika, viloyat, shahar va tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, karantin va o’ta xavfli infektsiyalar profilaktikasi markazi va uning filiallari, dezinfektsiya stantsiyalari)

    8. Tibbiyot statistikasi byurosi

Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar

  1. Ilmiy-tekshirish institutlari va oliy tibbiyot o’quv yurtlari klinikalari

  2. Respublika kasalxonalari, tibbiyot-sanitariya qismlari

  3. Respublika (viloyat, shahar) perinatal markazi

  4. Viloyat, shahar va tuman kasalxonalari, jumladan, tug’ruqxonalar, tug’ruqxona majmualari

  5. Shahar va tuman markaziy kasalxonalari, qishloq uchastka kasalxonalari

  6. Sud-tibbiy ekspertiza byurosi va uning filiallari

  7. Patologoanatomik markazlar va ularning filiallari

  8. Qon quyish stantsiyalari

  9. Sanatoriylar

Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar

    1. Ixtisoslashtirilgan kasalxonalar, klinikalar, dispanserlar va markazlar:

    2. Sil kasalliklari

    3. Yuqumli kasalliklar

    4. Onkologik kasalliklar

    5. Teri-tanosil kasalliklari

    6. Endokrinologik kasalliklar

    7. Ruhiy kasalliklar

    8. Ruhiy-asab kasalliklari

    9. Narkologik kasalliklar

Respublika neyroxirurgiya, onkologiya (jumladan xospislar), allergologiya, suyak xastaligi va jarohat oqibatlarini davolash, yiringli xirurgiya va qandli diabet asoratlarini davolash, bolalar ortopediyasi tibbiyot markazlari
Ftiziatriya va pulmonologiya, epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar, virusologiya, endokrinologiya va parazitologiya ilmiy-tadqiqot institutlari klinikalari

  1. OITSni davolash markazi va uning filiallari

  2. Bolalar kasalxonalari va poliklinikalari

  3. Bolalar uylari

  4. Leprozoriylar

Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stantsiyalari
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi - uning viloyatlardagi filiallari, tumanlar (shaharlar) markaziy kasalxonalaridagi shoshilinch tibbiy yordam bo’limlari

1-rasm. Fuqarolarning Sog‘lig‘ini Saqlash qonun qarorlari vazirliklar va tashkilotlar tomonidan amalga oshilriladi
Tez tibbiy yordam stantsiyalari
Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. Turg’un davolash muassasasi xarajatlar smetasini tuzish va ularni boshqarish.

Ijtimoiy sohalar faoliyatini rejalashtirishning bir necha o’n yilliklar davomida shakllangan tartiblarga muvofiq, sog’liqni saqlash muassasalari faoliyatini rejalashtirish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Aholi soni va aholining tibbiyot muassasasidagi o’rinlarga ehtiyoj me’yorlari asosida tibbiy muassasaning ishlab chiqarish quvvatlari (u yoki bu profil yo’nalishlari bo’yicha o’rinlar - koykalar soni) ni aniqlash;

  2. Mazkur muassasa uchun o’rnatilgan namunaviy shtat normativlari bo’yicha zarur shtat normativlari sonini hisoblab topish;

  3. Koykalar soni va tuzilishi (terapevtik, xirurgik, nevrologik)ga ko’ra ish hajmini rejalashtirish;

  4. Shtatlar jadvali, ishlab chiqarish quvvatlari va koykalar ishining ko’rsatkichlari (koyka-kunlar soni) ga asoslanib tibbiyot muassasasini saqlash uchun moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash.

Demak, sog’liqni saqlash sohasidagi har bir muassasaning ishi operativ tarmoq ko’rsatkichlari, masalan:

  • kasalxonalardagi o’rtacha yillik o’rinlar soni (jami va o’rinlar profillari bo’yicha),

  • bir yilda o’rinlarning ishlash kunlari soni,

  • o’rin-kunlar miqdori,

  • barcha toifadagi xodimlar bo’yicha o’rtacha yillik shtatlar birligi soni,

  • ambulatoriya-poliklinikalarda vrach qabullari (kasalni ko’rish) soni bilan tavsiflanadi.

Xarajatlarni rejalashtirishda shu narsa muhimki, davolash-profilaktika muassasasi aholiga tibbiy yordamni asosan ikki shaklda ko’rsatadi. Kasalxonaga muqim yotqizib «statsionar» (turg’un) davolash va ambulatoriya-poliklinikada yordam ko’rsatish. Turg’un davolash muassasalarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri
- o’rin-kunlar soni bo’lsa, ambulatoriya-poliklinika muassasasining asosiy ko’rsatkichini vrach lavozimlari soni va vrach qabullari soni tashkil qiladi. Shunga qarab xarajatlarni hisoblash usuli tanlanadi.
Kasalxonaning joriy saqlash xarajatlarini hisoblashda o’rinlarning o’rtacha yillik soni asos qilib olinadi. Bu miqdor yangi o’rinlar ochilishi muddatlariga qarab quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ko’r=Kb+(Ko-Kb)/O bu erda:
Ko’r - o’rinlarning o’rtacha yillik soni; Kb - yil boshidagi o’rinlar soni;
Ko - yil oxiridagi o’rinlar soni;
O - yangidan ochilgan (tashkil etilgan) o’rinlarning ishlash oylari soni.
Albatta, barcha davlat tibbiyot muassasalari xarajatlari budjet tashkiloti sifatida budjetdan moliyalashtirishning o’rnatilgan tartiblariga rioya qilgan xolda mablag’ bilan ta’minlanadilar.



  1. Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling