Davlat tuzumi Volodimir Zelenskiy


-HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISH SIYOSATI


Download 0.49 Mb.
bet17/18
Sana16.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1360494
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
IQTISODIY SIYOSAT FANIDAN REFERAT

8-HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISH SIYOSATI
Ukraina (ukraincha: Україна) — Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 603,628 km2 (233,062 mi2) boʻlib, maydoniga koʻra, Yevropada ikkinchi oʻrinda (Rossiyadan keyin) turadi. Aholisi 41,1 million kishi (2022) boʻlib, aholi soniga koʻra, Yevropada sakkizinchi mamlakatdir. Poytaxti va eng yirik shahri — Kiyev. Maʼmuriy jihatdan 23 viloyat — Vinnisa, Volin, Dnepropetrovsk, Donesk, Jitomir, Zakarpatiye, Zaporojye, Ivano-Frankovsk, Kiyev, Kirovograd, Lugansk, Lvov, Nikolayev, Odessa, Poltava, Rovno, Sevastopol, Simferopol, Sumi, Ternopol, Xarkov, Xerson, Xmelniskiy, Cherkassi, Chernovsi, Chernigov viloyatlari, Kiyev shaharlariga boʻlinadi.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Volin_viloyati
https://uz.wikipedia.org/wiki/Dnepropetrovsk_viloyati
https://uz.wikipedia.org/wiki/Jitomir_viloyati
https://uz.wikipedia.org/wiki/Zaporojye_viloyati
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ivano-Frankovsk_viloyati
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kiyev_viloyati
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kirovograd_viloyati
https://uz.wikipedia.org/wiki/Lvov_viloyati
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nikolayev_viloyati
https://uz.wikipedia.org/wiki/Odessa_viloyati
https://uz.wikipedia.org/wiki/Poltava_viloyati
https://uz.wikipedia.org/wiki/Rovno_viloyati
9-MILLIY IQTISODIY TARMOQLARNI RIVIJLANTIRISH SIYOSATI
Yana qarang: 1991-2017-yillarda Ukraina
Ukraina janubida ilk paleolit davrida odamlar yashaganligi maʼlum. Oʻrta paleolit davrida Mustye madaniyatiga mansub elatlar vakillari hozirgi Ukraina xududining anchagina qismini egallab oldilar. Soʻnggi paleolit davrida (35-40 ming yil avval) butun Ukraina hududida odam yashay boshlagan. Mezolit davri (mil. av. 10-7-ming yillik)da baliq ovlash, neolit davri (mil.av. 6-4-ming yillik)da dehqonchilik va chorvachilik paydo boʻldi. Eneolit va jez davrlari (mil. av. 4-ming yillik — 1-ming yillikning boshi)da dehqonchilik, chorvachilik va kulolchilik ancha kjsaldi (qarang Tripolye madaniyati). Mil. av. 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida But va Dnepr boʻyi dashtlarida kimmeriy qabilalari yashagan. Mil. av. 7-asrda Qora dengiz boʻyidagi dashtlarga Osiyodan koʻchmanchi skif qabilalari kirib keldi. Mil. av. 7-5-asrlarda Qora dengizning shimoliy soxillariga feklar koʻchib kelib, shahardavlatlar (Olviya, Tira, Xersones, Pantikapey va boshqalar)ni barpo etdilar. Mil. av. 5-asrda esa Kerch yarim orolda Bospor podsholigi tashkil topdi. Mil. av. 2-asrda Ukrainaning dasht yerlarini sarmatlar egalladi. Mil. 3-6-asrlarda Qora dengizning shimoliy sohillariga got, gunn, avar va boshqa kabilalar kelib oʻrnashdi. 4- 7-asrlarda vujudga kelgan Oʻrta Dnepr boʻylaridagi tarqoq sharqiy slavyan qabilalari (vizantiyalik mualliflar ularni venedlar, antlar va sklavinlar deb ataganlar) 9-asr oʻrtalarida qabila ittifoklari va knyazliklarga birlashib, Kiyev Rusini vujudga keltirdilar (qarang Qadimgi Rus davlati). 1239-40 yillarda bu davlat moʻgʻullar tomonidan bosib olinib, Oltin Oʻrda mulkiga aylantirildi. Rusning boshqa qismidan ajralib qolgan Ukraina yerlari 13-14-asrlarda polyak, litva, venger va boshqa chet el hukmdorlari qoʻl ostida boʻldi („Ukraina“ nomi dastlab janubiy gʻarbdagi ayrim rus yerlariga taalluqli boʻlib, „kray“ — chekka yoki chegara maʼnosini anglatgan; 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida u barcha Ukraina yerlariga tarqalib, ukrain xalqining etnik nomiga aylangan). 15-asrda Ukrainaning janubiy qismi va Qrim yarim orolda Krim xonligi tashkil topdi.
1569-yil Ukraina hududining aksari qismi birlashgan litvapolyak davlati — Rech Pospolita tarkibiga kiritildi. Milliy va liniy zulmning kuchayishi, sinfiy kurashning avj olishi 15-asr oxiri — 16-asr 1yarmida Zaporojye kazaklarining paydo boʻlishiga olib keldi. Dehqonlarning kazaklar tomoniga qochib oʻtishi kuchaydi. 16-asrda kazaklar markazi — Zaporojye Sechi tashkil topdi va u Qrim xonligi, Usmonli turklar saltanati, polyakukrain hukmron doiralariga qarshi kurashdi. 1591-93 yillarda getman K. Kosinskiy, 1594-96 yillarda S. Nalivayko rahbarligida dehqonkazaklar qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 1648-yil Bogdan Xmelnitskiy boshchiligida ukrain xalqining ijtimoiy va diniymilliy istibdodga qarshi ozodlik kurashi boshlandi va u milliy inqilobga aylanib ketdi. Ukraina getmanligi mustaqil davlatga aylandi. 1654-yil murakkab tashqi siyosiy va harbiy vaziyatda B. Xmelnitskiy Moskva bilan harbiy ittifoq tuzdi, unda mustaqil getmanlik hokimiyatini saqlab qolish koʻzda tutildi. Shu tariqa u Ukraina getmanligini tashqi siyosiy jihatdan tan olinishiga erishdi. Biroq uning vafotidan soʻng getmanlik hokimiyati uchun boshlangan kurash uzoq davom etdi (1657-76). Bundan foydalangan Moskva ukrain yerlari ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatib oldi. I. Mazepa getman boʻlgan davrda (1687-1708) u russhved urushi vaqtida (1708) Moskva vasiyligidan qutulishga intilib, Shvetsiya qiroli Karl XII tomoniga oʻtdi. Mazepadan keyingi getmanlar Rossiya imperiyasi tarkibida Ukraina getmanligining muxtoriyat maqomini saqlab qolishga intildilar. Ammo podsho hukumati 1764-yil getmanlikni batamom tugatdi. 18-asrning 2yarmida oʻng sohil Ukraina Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi. Polsha hududi 3 marta (1772, 1793 va 1795) taqsimlanganidan soʻng ukrain yerlari 2 imperiya — Rossiya va Avstriya Vengriya tarkibiga oʻtib qoldi.
19-asrning 20-30-yillarida Ukrainada milliy uygʻonish jarayoni boshlandi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida siyosiy partiyalar tuzila boshladi. Rossiyada 1917-yil oktabr toʻntarishi roʻy berib, Rossiya va AvstriyaVengriya imperiyalari barbod boʻlgach, ukrain siyosiy harakati qatiy talablar bilan maydonga chiqdi va milliy ozodlik kurashi davri yoki 1917-21 yillardagi ukrain inqilobi boshlandi. Oʻsha davrda Ukrainada Ukraina Markaziy Radasi, getman Pavel Skoropadskiy boshliq Ukraina Davlati, Ukraina Xalq Respublikasi Direktoriyasi ukrainlarning oʻz davlatini tuzishga intildilar. Ammo murakkab tashqi va ichki siyosiy sharoit, avvalo Sovet Rossiyasi qoʻshinlarining bostirib kirganligi ukrain inqilobining magʻlub boʻlishiga olib keldi. 1921 i. Ukraina SSR eʼlon qilindi va u 1922-yil 30-dekabrda SSSR tarkibiga kirdi, Gʻarbiy Ukraina yerlari Polsha tarkibida krldi. Avvaliga, 20-asrning 20-yillarida sovet Ukrainasida ukrainlashtirish siyosati oʻtkazildi. Biroq 20-yillarning oxiri — 30-yillarning boshlarida bu siyosat toʻxtatildi. Ukrain milliy ziyolilari ommaviy qatagʻon va qirgʻin qilina boshladi. 20-asrning 30-40-yillari Ukraina tarixidagi eng fojiali yillar boʻldi. 1921-23, 1932-33, 1946-47 yillarda Ukrainada ham ocharchilik hukm surdi, ukrainlar ommaviy ravishda Sibir, Oltoy, Uzok, Sharqqa, Qrim aholisining bir qismi — Qrim tatarlari 1944-yil Oʻrta Osiyoga surgun qilindi. 1954-yil Qrim viloyati RSFSR tarkibidan Ukraina tarkibiga oʻtkazildi.
20-asrning 50-70-yillarida Ukrainada keng miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar roʻy berdi, jumladan, sanoat rivojlanib, shaharlar kengaydi. 80-yillar oxirida qayta qurish siyosati boshlanishi bilan muxolifat harakati kuchaydi, yangi tuzilgan siyosiy tashkilotlar suverenitetga erishish, demokratiyani rivojlantirish, milliy va fuqarolik huquqlari uchun kurasha boshladi. Nihoyat, 1991-yil 24-avgust kuni Ukraina mustaqilligi eʼlon qilindi. Ukraina — 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yil 24-yanvarda tan olgan va oʻsha yil 25-avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 24-avgust — Mustaqillik kuni (1991). 2014-yil mart oyida Qrim muxtor respublikasi va Sevastopol shahri Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qoʻshib olindi.
2022-yil 24-fevralda Rossiya Ukrainaga bosqinchilik hujumini boshladi. Bu urush haligacha toʻxtamadi. Bu jangda Rossiya tarafini Shimoliy Koreya, Xitoy, Belarus, Eron olmoqda. Qolgan dunyo davlatlari esa Ukraina tarafda. Bu urush bois dunyo bu 4 davlatlarga qarshi (Sh. Koreya, Eron, Belarus va Xitoy) juda koʻp sanksiyalar qoʻllamoqda.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling