Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 0.61 Mb.
bet52/89
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1721402
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89
Bog'liq
Geosiyosat majmoa

Tinchlik uchun kurash. Yangi urush xavfining kuchayishi tinchlik tarafdorlarining birlashishini taqozo etgan. Mashhur fan va adabiyot arboblari tashabbusi bilan tinchlik tarafdorlarining xalqaro harakati vujudga keldi. 1948—1949-yillarda ko‘pgina mamlakatlarda tinchlik uchun kurashchilarning milliy qo‘mitalari tashkil etildi. 1949-yilning aprel oyida Parij shahrida tinchlik tarafdorlarining birinchi butunjahon kongressi o‘tkazildi. Kongress «Tinchlikni kutib turmaydilar, tinchlikni kurash bilan qo‘lga kiritadilar» shiori ostida o‘tdi. Tinchlik uchun kurash turli irq va millatlarga, siyosiy va diniy qarashlarga mansub millionlab kishilarni birlashtirdi. Kongress Jahon Tinchlik Kengashini (JTK) tuzdi. Kengash doimiy qo‘mitasi raisligiga atoqli fransuz atomchi olimi, fashizmga qarshi kurash ishtirokchisi F. Jolio-Kyuri saylandi. Doimiy qo‘mita 1950-yilda mashhur Stokgolm chaqirig‘ini qabul qildi. Bu atom qurolini taqiqlash haqidagi chaqiriq edi. Bu chaqiriqni 500 mln dan ortiq odam imzoladi. JTK 1951-yilda buyuk davlatlar o‘rtasida «Tinchlik pakti» ni imzolash to‘g‘risida murojaat qabul qildi. Uni 600 mln dan ortiq kishi Tinchlik uchun kurash 150 imzoladi. 1955-yilda esa «Atom urushini» tayyorlashga qarshi jahon xalqlariga murojaat qabul qildi. Uni 650 mln dan ortiq kishi imzoladi. Bu murojaat barcha mamlakatlarda atom quroli zaxiralarini yo‘qotishni va uni ishlab chiqarishni darhol to‘xtatishni talab qilgan edi. Keyinchalik yadro quroli xavfi xususida xalqaro shartnomalarning imzolanishida, tinchlik harakatida JTK ham muhim rol o‘ynagan. 1986-yil oktabrda Kopengagen shahrida (Daniya) tinchliksevar kuchlarning xalqaro tinchlik yiliga bag‘ishlangan jahon kongressi o‘tkazildi. Kongress «Tinchlikni va insoniyat kelajagini saqlab qolaylik» shiori ostida o‘tdi. Kongress ishida jahonning 136 mamlakatidan 2,5 mingga yaqin delegat qatnashdi. Kongress «Kopengagen chaqirig‘i» nomli hujjatni qabul qildi. Unda yadro quroli poygasini to‘xtatish, kosmosda yadro quroli bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik talab etilgan edi
Xalqaro keskinlikning yumshashi (1969—1979-yillar) 60-yillardan boshlab sovet — xitoy munosabatlari keskinlasha bordi. Xitoy rahbariyati SSSRning kichik ukasi bo‘lishni istamay qo‘ydi. Ular mustaqil siyosat yuritishga intildilar. Dunyo shu davrgacha ikkiga bo‘lingan bo‘lsa, Xitoy rahbarlari «Uchinchi dunyo nazariyasi»ga katta e’tibor bilan qaray boshladilar. Uchinchi dunyo deyilganda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining mustaqillikdan so‘ng rivojlanayotgan davlatlari tushunilar edi. XXR rahbariyati ana shu dunyoning liderligiga da’vo qilib chiqdi. SSSR — Xitoy munosabatlaridagi keskinlik tobora chuqurlashib bordi. Oxir-oqibatda bu 1969-yilda sovet — xitoy chegarasida qurolli to‘qnashuvga olib keldi. AQSH esa Vetnamda olib borayotgan urushning istiqbolsizligini anglab yetdi. Bu omillar SSSR va AQSHni o‘zaro munosabatlardagi keskinlikni yumshatishga majbur etdi. Bu xalqaro keskinlikning yumshashi uchun asosiy omil bo‘ldi. Ikkinchidan, xalqaro keskinlikning yumshashida GFRning o‘sha davrdagi rahbari V. Brandtning xalqaro voqealarni ziyraklik bilan baholay Qo‘shilmaslik harakati Xalqaro keskinlikning yumshashi (1969—1979-yillar) 151 olishi ham katta rol o‘ynadi. U xalqaro hayotdagi mavjud reallikni to‘g‘ri baholay oldi. Chunonchi, u SSSRni harbiy kuch bilan mag‘lubiyatga uchratishning imkoni yo‘qligini, NATOning bunga qodir emasligini to‘g‘ri baholadi. Bundan tashqari, Yevropa yadro va oddiy qurollarning ulkan omborxonasiga aylangan edi. Bu omborxona istalgan paytda portlashi mumkin edi. Shunday sharoitda V. Brandt hukumati SSSR va uning ittifoqchilari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatishga qaror qildi. Xalqaro keskinlikning yumshashi nimalarda o‘z ifodasini topgan? 1969-yilda SSSR bilan AQSH o‘rtasida strategik qurollarni cheklash haqida muzokaralar boshlandi. 1970-yilda yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Unga 100 dan ortiq davlat qo‘shildi. 1970-yil 12-avgustda SSSR — GFR, GFR — Chexoslovakiya, Polsha — GFR o‘rtasida imzolangan shartnomalar Yevropada tinchlikni mustahkamlash ishiga beqiyos katta hissa qo‘shdi. Shartnomaga ko‘ra, GFR Ikkinchi jahon urushi natijasida Yevropada tarkib topgan chegaralarning buzilmasligini tan oldi. Ayni paytda GFR va GDR o‘rtasida o‘zaro munosabatlar asosi haqidagi shartnoma ham imzolandi. Bu bilan har ikki nemis davlati bir-birini tan oldilar. 1972—1974-yillarda oliy darajada o‘tkazilgan sovet-amerika muzokaralari natijasida SSSR va AQSH o‘rtasida yadro qurolini tarqatmaslik, yadro quroli sinovlarini to‘xtatish to‘g‘risida shartnoma va strategik qurollarni cheklash to‘g‘risida muvaqqat bitim (SQCH-1) imzolandi. Xalqaro munosabatlardagi bunday o‘zgarishlar Yevropa qit’asida xavfsizlik va davlatlararo hamkorlik uchun qulay sharoit yaratdi. 1975-yilning 30- iyul — 1-avgust kunlari Xelsinki (Finlyandiya) shahrida 35 davlat (shu jumladan, AQSH va Kanada) rahbarlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha kengash o‘tkazdilar. 1-avgust kuni kengashning Yakunlovchi akti imzolandi. Uni imzolagan 35 davlat rahbarlari o‘z davlatlari tashqi siyosatda quyidagi tamoyillarga amal qilishini tan oldilar: — davlatlarning suveren tengligi, huquqlarni va o‘zgalar suverenitetini hurmat qilish; — kuch ishlatmaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik; — chegaralar buzilmasligi; — davlatlarning hududiy birligi; — nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; — ichki ishlarga aralashmaslik; — inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini hurmatlash; — teng huquqlilik va xalqlarning o‘z taqdirini o‘zlari hal etishi; — davlatlararo hamkorlik; — xalqaro huquqlar bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish. 1979-yilda SQCH-2 shartnomasi imzolandi. Biroq yuqorida qayd etilganlardan xalqaro keskinlikning yumshashi yillarida xalqaro hayot faqat silliq yo‘ldan ketgan ekan-da, degan xulosa chiqmasligi zarur. Bu yillar 152 (70-yillar) da ham dunyo mintaqaviy siyosiy mojarolardan, urushlardan xoli bo‘lmagan.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling