Davlat va huquq asoslari


Jinoyat protsessual huquqi


Download 193.65 Kb.
bet20/51
Sana10.11.2023
Hajmi193.65 Kb.
#1764600
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari ma`ruzalar matni

Jinoyat protsessual huquqi – jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasini o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi tartib qoida va normalarning qonunda mustahkamlangan tizimini, ya’ni jinoyat ishi yurituvi vazifalari amalga oshiriladigan zarur huquqiy tartib-taomillarni ifodalaydi.
Jinoyat-protsessual huquqining ahamiyati va zaruriyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Birinchidan, huquqni muhofaza qilish organlarining qonunda belgilangan o‘z vakolatlari doirasida jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, tergov qilish, ko‘rib chiqish va hal qilish bo‘yicha faoliyatini tartibga solish orqali shaxs, jamiyat, davlatni jinoiy tajovuzlardan muhofaza qiluvchi jinoyat-huquqiy normalar qo‘llanilishini ta’minlaydi;
Ikkinchidan, majburlov choralarini qo‘llash shartlari, asoslari va turlarini belgilaydi;
Uchinchidan, shaxs huquqlari kafolatlarini o‘rnatadi, xususan, ayblanuvchining himoyaga bo‘lgan, uy-joy daxlsizligi, yozishmalar sir saqlanishi, adolatli va xolis odil sudlovga bo‘lgan huquqi va boshqa huquqlarini ta’minlaydi;
To‘rtinchidan, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, xususiy mulki va shaxsiy erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuzlardan sud tartibida himoyalanish tartibini belgilaydi;
Beshinchidan, ma’naviy, jismoniy va mulkiy zarar ko‘rgan shaxslarning huquqlarini himoya qiladi;
Oltinchidan, aybsiz kishini javobgarlik va jazoga tortilishining oldini olishga, basharti u noqonuniy javobgarlikka jalb qilingan bo‘lsa, tegishli qarorni bekor qilish va asossiz ayblangan shaxsni reabilitatsiya qilishga qaratilgan faoliyat tartibi va shartlarini belgilaydi;
Yettinchidan, huquqiy tartib-taomillar va qoidalarga rioya etilishini ta’minlovchi huquqni tiklovchi va boshqa sanksiyalarni ko‘zda tutadi.
Jinoyat protsessi qonun bilan tartibga solingan surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlari va jinoyat ishi yurituvi boshqa ishtirokchilarining jinoyat ishini qo‘zg‘atish, surishtiruv, dastlabki tergov, sud muhokamasi, sudning qaror, ajrim va hukmini qayta ko‘rib chiqish, sud hujjatlarini ijro etish kabi bosqichlarni qamrab olgan faoliyati bo‘lib, u jabrlanuvchining, jinoiy ta’qib etilayotgan shaxsning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyat qonuni normalarini munosib qo‘llashini ta'minlashga qaratilgan
Jinoyat protsessi qonunga asoslangan faoliyatdir. Qonuniylikka qat’iy rioya etish, huquqiy tartibotning har qanday buzilishlariga qarshi kurash, uni yuzaga keltiradigan sabab va shart-sharoitlarning oldini olishning dasturiy vazifasiga mos ravishda jinoyat-protsessual qonuni hujjatlarida jinoyat protsessining vazifalari belgilangan.
Jinoyat ishlari yurituvining jinoyat protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibi aynan shu maqsad va vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilangan.
Jinoyat-protsessual huquqi mustaqil huquq sohasi bo‘lib, davlat organlari va mansabdor shaxslar hamda davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar o‘rtasida jinoyat ishlari yurituvi sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Jinoyat-protsessual huquqi tizimi ikki qismdan – umumiy va maxsus qismlardan iborat. Jinoyat-protsessual huquqining umumiy qismida butun jinoyat protsessiga oid yoxud uning aksariyat bosqichlari va institutlariga taalluqli bo‘lgan asosiy tushunchalar va qoidalar o‘rin olgan. Umumiy qismda protsessual qonunchilikning vaqt, hudud va shaxslar doirasida amal qilishi, protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, hokimiyat organlarining vakolatlari, dalillar va isbot qilish instituti, ularni to‘plash, tekshirish va baholash, protsessual majburlov choralari va boshqa umumiy institutlar va masalalar o‘rin olgan.
Jinoyat-protsessual huquqining maxsus qismida jinoyat protsessining alohida bosqichlari va ularni amalga oshirish tartibi belgilangan bo‘lib, shuningdek protsessual harakatlarni o‘tkazish qoidalari tartibga solingan. Umuman olganda, maxsus qismning o‘zini shartli ravishda turdosh huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi to‘rt mustaqil institutlarga ajratish mumkin: sudga qadar ish yuritish; sudda ish yuritish; alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish; jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik.
Shuningdek, jinoyat-protsessual huquqini huquq sohasi, fan va o‘quv kursi sifatida tushunish mumkin. Huquq sohasi sifatida jinoyat-protsessual huquqi – bu surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlarining jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, tergov qilish va hal qilish bo‘yicha faoliyatini tartibga soluvchi huquq sohasidir.
Fan sifatida Jinoyat-protsessual huquqi – bu jinoyat ishlari yurituvining mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari va tabiatini ochib beruvchi qarashlar, tasavvurlar, g‘oyalar va konsepsiyalar tizimidan iborat. Jinoyat protsessi fani tegishli qonunchilikni, uni qo‘llash amaliyotini, ushbu baza asosida shakllangan doktrinani, tarixiy tajribani va ushbu sohadagi boshqa davlatlar tajribasini o‘rganadi.
Jinoyat protsessi alohida qonuniyatlarga asoslangan holda tizimlashtirilgan va o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat bo‘lgan yaxlit tizimni ifodalaydi.
Jinoyat ishini yuritish jinoyat protsessining bosqichlari deb nomlanadigan muayyan davriy qismlardan o‘tadi. Chunonchi, protsessual qonun sudga qadar va sud bosqichlarida jinoyat ishi yurituvining ushbu bosqichlarda amalga oshiriladigan faoliyat vazifalarini hal qilish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni va tartibini belgilab bergan.
Jinoyat protsessi bosqichlari o‘z boshlanish va tamomlanish vaqtiga, vazifa va mazmuniga, ishtirokchilar doirasiga, ular o‘rtasida shakllanadigan jinoyat-protsessual munosabatlar kabi belgilarga ega bo‘lgan mustaqil davrlar sifatida tavsiflanadi.
Jinoyat protsessining har bir bosqichiga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni ko‘rsatish mumkin: 1) jinoyat ishlari yurituvi maqsadidan kelib chiquvchi bevosita vazifalar; 2) unda ishtirok etuvchi organ va shaxslarning muayyan doirasi; 3) faoliyat tartibi (protsessual shakli); 4) jinoyat ishini yuritish jarayonida subyektlar o‘rtasida vujudga keladigan jinoyat-protsessual munosabatlarning o‘ziga xos xususiyati; 5) protsessual harakatlar va munosabatlar tizimini tamomlovchi va jinoyat ishini keyingi bosqichga o‘tkazuvchi (basharti, jinoyat ishi yoki jinoiy ta’qib tugatilmasa) yakuniy protsessual hujjat (qaror).
Umumiy maqsadi va jinoyat ish yurituvi prinsiplari bilan o‘zaro uyg‘un holda bog‘liq bo‘lgan jinoyat protsessi bosqichlari majmuyi jinoyat protsessi tizimini hosil qiladi.

Download 193.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling