Davlat va huquq asoslari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 193.65 Kb.
bet19/51
Sana10.11.2023
Hajmi193.65 Kb.
#1764600
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari ma`ruzalar matni

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  1. .Ekologiya huquqi tushunchasi .Ekologiya huquqi prеdmеti nimadan iborat. va Ekologiya huquqi manbalari haqida ayting.

  2. .Ekologiya huquqi asosiy yo`nalishlari haqida nima bilasiz?

  3. Ekologiya huquqining asosiy tamoyillari aniqlang?

  4. .Еrdan, suvdan foydalanish huquqi tushunchasi.

  5. .Ekologik huquqiy javobgarlik turlari.

  6. .Atrof-muhitni xalqaro huquqiy muhofazasi.

5-mavzu: Protsessual huquq
Reja:
1. Jinoyat-protsessual qonun hujjatlari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi protsessual huquqning asosiy manbai. Xalqaro huquqning umume’tirof etgan tamoyillari va prinsiplarinining protsessualqonunchilikda e’tirof etilishi.
2. Aybsizlik prezumpsiyasi. Jinoyat-protsessual qonun hujjat-larining vazifalari. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual Kodeksi va Jinoyat protsessual Kodekslari.
3. Jinoyat protsessi ishtirokchilari. Protsess ishtirokchilari va ularning huquq majburiyatlari. Protsessda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar va ularning huquqlari, majburiyatlari.
4. Jinoyat protsessual qonunchilikda aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar. Dalillar va isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar. Dalillar va ularning turlari.
Protsessual huquq (OʻzRda) -huquq tizimi normalarining bir kismi; sudda ishlarini yuritish jarayonida, shuningdek, surishtiruv va dastlabki tergovda ishtirokchilar va boshqa manfaatdor shaxslarning FPK, XPK, JPK va MJKda nazarda tutilgan huquklari. Protsessual huquq Oʻzbekiston Respubli-kasining Konstitutsiyasida belgilangan shaxsiy huquq va erkinliklarni zaruratsiz va asossiz cheklanmasligiga xizmat qiladi. Protsessual huquqlar demokratik harakterda boʻlib, daʼvo va nizolar-ni, xuquqbuzarlik, shu jumladan, jinoyat ishlarini tez va toʻgʻri tekshirish, ularni asosli, qonuniy va odilona hal qilishni kafolatlaydi. Protsessual huquq yuridik shaxslarga ham oʻz manfaatlarini himoyalash vositasi sifatida beriladi.
Jinoyat ishlari boʻyicha gumon ostidagi shaxs va ayblanuvchiga tegishli Protsessual huquqlarning eng muhimi himoyalanish va himoyachining yordamidan foydalanish huquqidir. Keng maʼnoda Protsessual huquq fuqarolik, xoʻjalik, maʼmuriy va jinoyat ishlarini hal etish tartibidan iborat.[
“Protsess” so‘zi lotincha “procedere” – olg‘a siljish; “processus” – harakat, rivojlanayotgan, ishlab chiqarish ma’nolarini anglatadi.
Jinoyat protsessi davlatning huquqni qo‘llash bo‘yicha faoliyatining turi hisoblanib, bunday faoliyatga zaruriyat jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan taqdirdagina yuzaga keladi.
Shu sababli jinoyatlarni aniqlash, ularning sodir bo‘lish holatlarini tergov qilish, aybdor shaxslarni fosh etish va adolatli jazoga tortish davlatning vazifalariga kiradi.
Jinoyat ishlarining aksariyati (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 325-moddasida nazarda tutilgan jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atiladigan jinoyat ishlari bundan mustasno) alohida shaxslarning xohishidan qat’i nazar qo‘zg‘atiladi.
Jinoyat-protsessual huquqi jinoyat protsessining maqsadi va prinsiplarini, ularni jinoyat-protsessual faoliyatning barcha subyektlariga nisbatan amalga oshirish huquqi va kafolatlarini ifodalaydi, jinoyat ishlari yurituvi bosqichlari tizimini, ularning har birida protsessual harakatlarni o‘tkazish tartibini, ish bo‘yicha qaror qabul qilish asoslari va tartibini o‘rnatadi.

Download 193.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling