Davlat va huquq asoslari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 193.65 Kb.
bet17/51
Sana10.11.2023
Hajmi193.65 Kb.
#1764600
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari ma`ruzalar matni

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.Jinoyat huquqining umumiy qismining asosiy qoidalar.
2.O`zbеkiston Rеspublikasi jinoyat huquqining tushunchasi.
3.Jinoyatning bеlgilari va jinoyat tarkibi, elеmеntlarining tavsifi haqida.
4.Jinoiy huquqiy javobgarlik va jinoiy jazo.
5.Jinoiy javobgarlikdan va jinoiy jazodan ozod qilish haqida nima bilasiz?
6.Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi va asoslari, shakllari.Jinoyat ishtirokchilarining turlari.
7.Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan harakatlar tavsifi haqida nima bilasiz?
3-Mavzu: Moliya huquqi
Reja:
1. O‘zbekistonda moliya-kredit tizimi. Konstitutsiya moliya-kredit huquqining asosiy manbai. Moliya va davlat moliyaviy faoliyati.
2. Moliyaviy-huquqiy munosabatlar. Moliyaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Byudjet huquqi. Budjet tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
Davlat daromadlarini huquqiy tartibga solish. Davlat daromadlarini huquqiy tartibga solish.
4. Soliq huquqining umumiy tavsifi Soliqlar tushunchasi va funksiyalari. Soliqlar tasnifi. Soliq huquqi va uning manbalari, soliq to‘g‘risidagi qonun elementlari. Soliq huquqiy munosabatlari.
5. Davlat kreditining huquqiy asoslari.
Tayanch tushunchalar: Moliya, moliyaviy faoliyat, moliyaviy faoliyat, ko’pukladli iqtisodiyot, kredit, soliq huquqi.
Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari — bu moliya resurslari yoki moliya obʼyektidir. moliya. subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. moliya. daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon moliyasi yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona moliya fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi. Daromadlar ikkilamchi taqsimlanganda byudjetdan trans-fertlar (toʻlovlar) va turli maxsus fondlar ajratiladi. Daromadlar kayta taqsimlanganda turli nodavlat va jamoat tashkilotlari korxonalardan, aholidan va byudjetdan pul olib, oʻzining maxsus fondlarini hosil etadi. moliya pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi: 1. Taqsimlash vazifasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. 2. Rivojlantirish vazifasi — moliya fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish moliya vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi. 3. Ijtimoi y himoya vazifasi — nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi. 4. Axborot berish vazifasi — mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi. 5. Nazorat vazifasi — moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi.
Milliy iqtisodiyotning boʻgʻinlariga qarab turli darajada moliya amal qiladi. Uning asosiy boʻgʻini quyi darajadagi yoki mikromoliyadir. Bunga korxona moliya.si (buni korporativ moliya deb yuritiladi), xonadon moliyasi, jamoat tashkilotlari moliyasi, sugʻurtalash moliyasi kabilar kiradi. Davlat moliyasi makrodarajadagi moliyani tashkil etadi va milliy manfaatlarga xizmat qiladi. Niqoyat milliy iqtisodiyotning eng yuqori darajasi bu metimoliya boʻlib, bu tabiatan xalqaro moliya munosabatlari hisoblanadi, mamlakatlararo yuz beradi, xalqaro moliya tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Turli darajadagi moliya oʻzining koʻlami bilan ajralib turadi. moliya turli darajadagi moliyalashtirish usullari jihatidan ham farqlanadi. Korxona, sugʻurta va xonadon moliyasi oʻzini oʻzi moliyalashtirish qoidasiga tayanadi. Davlat moliyasi byudjetdan moliyalashtirish tamoyillarini qoʻllaydi. Turli nodavlat tashkilotlari va jamoat tashkilotlari qisman oʻzini oʻzi moliyalashtiradi. Milliy iqtisodiyotning mohiyati va funksiyalari moliya tizimi faoliyatida oʻz ifodasini topadi Moliya — pul mablagʻlaridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tizimi boʻlib, uning vositasida turli darajada pul mablagʻlari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya iqtisodiyot doirasida oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir qator vazifalarni bajaradi.

  1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy taʼminlash, ularga xizmat koʻrsatish vazifasini bajaradi.

  2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari oʻrtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon boʻladi.

  3. Moliyaning ragʻbatlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.

  4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va isteʼmol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar boʻlish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablagʻ bilan taʼminlash tizimi orqali amalga oshiriladi.

«Moliya» arabcha so'z bo'lib, o'zbek tilida «pul mablag'lari» ma'nosini anglatadi. Bu so'z ona tilimizda quyidagi ko'rinishlarda ishlatiladi: • maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo'ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag'larini shakllantirish, taqsimlash, ulami sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya tizimi); • biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag'lari (masalan, korxona moliyasi); • shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug'ullanuvchi davlat organi (so'zlashuv tilida) I . Arab tilidagi «mo!», ya'ni «boylik, mulk; pul jamg'armasi», shuningdek, «moliyat», ya'ni «pul mablag'lari; soliq» so'zlari ham moliyaga daxldordir2 • Lug'aviy ma'nosijihatidan «moliya» so'zi fransuzcha «finance», lotincha «financia» va ruscha «finansi» so'zlarining ekviva1enti yoki ma'lum ma'noda sinonimi3 hisoblanib, eng avvalo, «daromad» , «pul mablag'lari» yoki «to'loY» degan ma'nolarda ham ishlatiladi~. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bo'lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-put munosabatlari sharoitida paydo bo'ldi.
Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida birbiri bilan uzviy bog'liqdir. Ular uzluksiz hamkorlikda korxonalar pul fondlarining keng ko'lamdagi doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moIiya-kredit institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondi harakatini ifodalaydi. Bank krediti sifatida sofko'rinishda tushuniladigan kredit davlatga bevosita bog'liq emas. Takror ishlab chiqarishjarayonida uning roli yetarli darajada aniqlangan - bu daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish ehtiyojlarini qoplash usuli va h.k. Biroq, bir vaqtning o'zida, kredit - byudjet defitsiti va byudjet - kassa uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet xarajatlarini qoplash uchun bank xizmatlari zarur bo'lgan paytda) qoplashning muhim shakli. O'z navbatida, agar byudjet mablag'lari tijorat banklarining hisob varaqlarida saqlanayotgan bo'lsa, bu banklar uchun muhim ssuda manbaidir. Kredit moliya (moliyalashtirish) o'zining qaytariluvchanligi va haqliligi bilan farqlanadi. Bir vaqtning o'zida, har ikki holatda ham ular pul mablag'larining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul munosabatlari doirasidan chetga chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar korxonalar va aholining bo'sh pul mablag'larini akkumulyasiya qiladilar va ularni ta'minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqIiIik va muddatlilik asosida ularga ehtiyoj sezgan korxonalarga beradilar. Agar moliya qiymatning bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan muddatda oldindan o'rnatilgan foizlarni to'lagan holda qaytarilishi kerak.
Nazorat savollari
1. Moliya huquqining obyekti nima?
2. Moliyat faoliyat turlari va shakllari.
3. Budjet va uni shakllantirish asoslari.

4-mavzu: Ekologik huquq


Reja:
1. Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ekologik huquqning asosiy manbai. Ekologik huquqning maqsadvazifalari va asosiy tamoliyllari.
Ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik.
Ekologik tartib buzarlik tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni. Ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik.

Download 193.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling