Davlat va huquq nazariyasi
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test savollari 1. Huquq tizimiga to`g’ri ta’rif berilgan qatorni toping
- 2. Normativ aktlarni tizimlashtirishning turlarini ko`rsating
- 3. Quyida ko`rsatib o`tilganlardan qaysi biri inkorporatsiyaga taaluqli
- 4. Quyidagilardan qaysi biri huquq tizimini qismlari hisoblanadi
- 5. Huquq sohasi tushunchasini aniqlang
- 6. Huquq instituti tushunchasini aniqlang
- 7. Huquq normasi tushunchasini aniqlang
- 8. Kodifikatsiya (kodekslashtirish) nima
- 9. Inkorporatsiya nima
- 10. Quyidagi javoblardan qaysi birida protsessual huquq tarmog’i noto`g’ri ko`rsatilgan
- 11. Quyidagilardan qaysi biri huquq tizimi tarkibidagi eng yirik tuzilma hisoblanadi
- 13. Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarga huquqning ta’sirida qo`llaniladigan vosita va yo`llar majmui deganda nima tushuniladi
- 14. Huquqiy munosabatlarni vujudga kelishiga, o`zgarishiga va bekor bo`lishiga sabab bo`luvchi holat
- 15. Qachon fuqarolar to`liq muomala layoqatiga ega bo`ladi
- 16. Qaysi organ fuqarolarni huquqiy munosabatlarda qatnashish huquqidan mahrum qilish huquqiga ega
- 17. Insonlarning xatti-harakatlari qanday tasniflanadi
- 18. Huquqiy munosabatning asosiy elementlarini ko`rsating
- 20. Yuridik faktlardan irodani ifodalashiga ko`ra turlarini ko`rsating.
- 1. Qonuniylik va jamoat tartiboti
- Qonuniylik printsiplari va kafolatlari
- 2) Qonunning ustuvorligi va hamma uchun majburiyligi.
- 3) Qonuniylik va maqsadga muvofiqlik printsipi .
- 4) Qonuniylikning aholi madaniy darajasi bilan bog’liqligi .
- Siyosiy kafolatlar
- Ijtimoiy kafolatlar
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Huquq tizimi deganda nimani tushunasiz? 2. Huquq qanday xususiyatlarga ega? 3. Huquq normasi tushunchasi? 4. Huquq instituti nima? 5. Huquq tarmog’ining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 6. Huquqiy tartibga solish usuli nima? 7. Huquqiy munosabatlar tushunchasini yoritib bering? 8. Huquqiy munosabatlar o`z mazmuniga ko`ra qanday turlarga bo`linadi? 9. Huquqiy munosabatlar umumiy va aniq (konkret), mutlaq va nisbiy turlariga izoh bering? 10. Huquqiy layoqat va muomala layoqati tushunchalari, ushbu tushunchalarning bir-biriga o`xshash va farqli jihatlarini aytib bering? 11. Huquqiy munosabatlarning ob’ekti deganda nimani tushunasiz? 12. Sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlar tushunchalarini yoritib bering? Test savollari 1. Huquq tizimiga to`g’ri ta’rif berilgan qatorni toping? 1. Bu bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik 96 normalar yig’indisi 2. To`g’ri javob berilmagan 3. Bu huquqiy normalarning alohida guruhi bo`lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan guruhini tartibga soladi 4. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi davlat tomonidan o`rnatiladigan hokimiyat xarakteriga ega bo`lgan xatti-harakat qoidasi 5. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi o`zaro bir-biri bilan bog’liq huquq normasi, instituti va sohalardan tashkil topgan huquqning ichki tuzilishi 2. Normativ aktlarni tizimlashtirishning turlarini ko`rsating? 1. Kodifikatsiya va interpretatsiya 2. To`g’ri javob berilmagan 3. Inkorporatsiya va denonsatsiya 4. Interpretatsiya va konsolidatsiya 5. Kodifikatsiya, inkorporatsiya va konsolidatsiya 3. Quyida ko`rsatib o`tilganlardan qaysi biri inkorporatsiyaga taaluqli? 1. Fuqarolik kodeksi 2. Mehnat kodeksi 3. Barcha javoblar to`g’ri 4. Qonunlar majmui 5. Tabiatni qo`riqlash to`g’risidagi qonun 4. Quyidagilardan qaysi biri huquq tizimini qismlari hisoblanadi? 1. Faqat huquq institutlari va huquq sohalari 2. Huquq tizimi va huquq elementlari 3. Faqat huquq normalari va huquq institutlari 4. Huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalari 5. Faqat huquq sohalari va huquq normalari 5. Huquq sohasi tushunchasini aniqlang? 1. Davlat tomonidan o`rnatiladigan hokimiyat xarakteriga ega bo`lgan huquq normasiga aytiladi 2. Huquq sohasi, instituti va normalarining yig’indisi 3. Muayyan guruhidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalarining yig’indisi 4. Muayyan sohadagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalar va huquq institutlarining yig’indisiga aytiladi 5. To`g’ri javob berilmagan 6. Huquq instituti tushunchasini aniqlang? 1. Davlat tomonidan o`rnatiladigan hokimiyat xarakteriga ega bo`lgan xatti-harakat qoidasidir. 2. Bu bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq institutlarining alohida majmui 3. Soha va institutlardan tashkil topgan, ichdan moslashtirilgan huquq tuzilishi 4. To`g’ri javob berilmagan 5. Bu huquqiy normalarning alohida guruhi bo`lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan guruhini tartibga soladi 97 7. Huquq normasi tushunchasini aniqlang? 1. Bu huquqiy normalarning alohida guruhi bo`lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi 2. Soha va institutlaridan tashkil topgan, ichdan moslashtirilgan huquq tuzilishi 3. Bu bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar yig’indisi 4. Bu huquq tizimining dastlabki elementi bo`lib, u muayyan ijtimoiy munosabatni tartibga soladi 5. To`g’ri javob berilmagan 8. Kodifikatsiya (kodekslashtirish) nima? 1. Normativ-huquqiy hujjatlarni nashr etish va aholiga etkazish bo`yicha olib boriladigan davlat faoliyati 2. To`g’ri javob berilmagan 3. Tizimlashtirilgan normativ huquqiy akt yaratish 4. Qonun osti aktlarning muayyan tizimga solib nashr etilishi 5. Bu muayyan qonunni qism, bo`lim, bob va moddalarga taqsimlagan holda tizimlashtirishga aytiladi 9. Inkorporatsiya nima? 1. Oliy majlisning qonunlarni qabul qilish, o`zgartirish va bekor qilishga qaratilgan faoliyati 2. To`g’ri javob berilmagan 3. Bu amaldagi qonunchilik normalarini jiddiy o`zgartirishlar kiritish orqali yangi normativ huquqiy aktni yaratish 4. Bu normativ huquqiy aktlar loyihasini tayyorlash, nashr etish va tizimlashtirishdir 5. Normativ-huquqiy aktlarning alfavit, xronologik, mavzu bo`yicha tizimga solinishi 10. Quyidagi javoblardan qaysi birida protsessual huquq tarmog’i noto`g’ri ko`rsatilgan? 1. Ma’muriy huquq 2. Barcha javoblar to`g’ri 3. Jinoyat-protsessual huquqi 4. Xo`jalik-protsessual huquqi 5. Fuqarolik-protsessual huquqi 11. Quyidagilardan qaysi biri huquq tizimi tarkibidagi eng yirik tuzilma hisoblanadi? 1. Huquq normasi 2. Huquq instituti 3. Barcha javoblar to`g’ri 4. Huquq sohasi 12. Huquqiy munosabat -bu: 1. Odat normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar 2. Korporativ normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar 3. Ahloq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar 98 4. Huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar 5. Siyosiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar 13. Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarga huquqning ta’sirida qo`llaniladigan vosita va yo`llar majmui deganda nima tushuniladi? 1. Huquqiy tartibga solish predmeti 2. Muomala layoqati 3. Huquq layoqati 4. Huquq sub’ektlari 5. Huquqiy tartibga solish usuli 14. Huquqiy munosabatlarni vujudga kelishiga, o`zgarishiga va bekor bo`lishiga sabab bo`luvchi holat: 1. Yuridik burchlar 2. Yuridik faktlar 3. Muomala layoqati 4. Sub’ektiv huquq 5. Huquqiy munosabat 15. Qachon fuqarolar to`liq muomala layoqatiga ega bo`ladi? 1. Mehnat faoliyatini boshlaganda 2. Harbiy xizmatni o`tagandan so`ng 3. Fuqarolik pasportini olganidan so`ng 4. 18 yoshga to`lganda 5. Inson tug’ulishi bilan 16. Qaysi organ fuqarolarni huquqiy munosabatlarda qatnashish huquqidan mahrum qilish huquqiga ega? 1. Prokuratura organlari prokuratura organlari 2. Ichki ishlar organlari 3. Sud organlari 4. Qonun chiqaruvchi organ 5. Jinoiy jazoni ijro etish muassasalari 17. Insonlarning xatti-harakatlari qanday tasniflanadi? 1. Huquqiy xatti-harakatlar va voqealar 2. Hodisa va voqealar 3. Xodisa va huquqiy harakatlar 4. Huquqiy xatti-harkat va moddiy ne’matlar 5. Huquqiy va huquqka zid harakatlar 18. Huquqiy munosabatning asosiy elementlarini ko`rsating? 1. Huquqiy munosabatlarning sub’ekti 2. Barcha javoblar to`g’ri 3. Sub’ektiv huquq va yuridik majburiyat 4. Huquqiy munosabatlarning ob’ekti 19. Fuqaro mexnat huquqiy munosabatlariga necha yoshdan boshlab kirishishi mumkin? 1. Alohida hollarda 17 yoshdan 2. Faqat 18 yoshdan 3. 15 yoshdan 99 4. Faqat 14 yoshdan 5. 16 yoshdan 20. Yuridik faktlardan irodani ifodalashiga ko`ra turlarini ko`rsating. 1. Hodisalar 2. Mutloq hodisalar 3. Harakatlar 4. Barcha javoblar to`g’ri 3-MAVZU: JAMOAT TARTIBOTI VA QONUNIYLIK. HUQUQIY TARTIBOT O`quv mashg’ulot rejasi: 1. Qonuniylik va jamoat tartiboti. 2. Huquqiy tartibot tushunchasi, turlari va tuzilishi. 1. Qonuniylik va jamoat tartiboti Qonuniylikning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o`rni beqiyos. Demokratik davlat qonunning yuksak va mustahkam nufuzisiz biror ma’no kasb etmaydi. Qonuniylik va qonun ustuvorligi mamlakatdagi yangilanish va modernizatsiyalash siyosatining negizini tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov uqtirganidek, «Qonunning ustuvorligi – huquqiy davlat faoliyat ko`rsatishining zaruriy shartidir» 1 . Qonuniylik – keng qamrovli, murakkab hodisa sifatida davlat va huquq nazariyasida muhim o`rin tutadi. Adabiyotlarda qonuniylikning u yoki bu qirralarini yorituvchi ta’riflar ko`p tarqalgan. Bunda qonuniylikni davlat organlarining faoliyati printsipi, ijtimoiy hayotning o`ziga xos siyosiy-huquqiy tartibi, qonun talablarining aniq bajarilishi sifatida tushunish uchraydi. Jumladan, «qonuniylik – ijtimoiy hayotda huquq va qonun hukmronligidan, ijtimoiy munosabatlar barcha ishtirokchilari tomonidan huquqiy normalar ko`rsatmalarini og’ishmay amalga oshirish, jamiyatda tartib va uyushqoqlikni ta’minlashdan iborat ijtimoiy-siyosiy rejimdir» 2 . Akademik V.N.Kudryavtsev esa, qonuniylikni, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni qabul qilish va bekamu-ko`st amalga oshirish orqali ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishdan iborat ijtimoiy hayotning muayyan tartibi, davlat boshqaruv usuli 3 sifatida talqin etadi. 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ: ɛɨɡɨɪ ɦɭɧɨɫɚɛɚɬɥɚɪɢɝɚ ʆɬɢɲɧɢɧɝ ʆɡ ɣʆɥɢ. – Ɍ., 1993. – 63-ɛ. 2 ɂɫɥɚɦɨɜ Ɂ.Ɇ. Ⱦɚɜɥɚɬ ɜɚ ԟɭԕɭԕ ɧɚɡɚɪɢɹɫɢ. Ɍ., 2007. – 855-ɛ. 3 Ԕɚɪɚɧɝ: Ʉɭɞɪɹɜɰɟɜ ȼ.ɇ. Ɂɚɤɨɧɧɨɫɬɶ: ɫɨɞɟɪɠɚɧɢɟ ɢ ɫɨɜɪɟɦɟɧɧɨɟ ɫɨɫɬɨɹɧɢɟ // Ɂɚɤɨɧɧɨɫɬɶ ɜ Ɋɨɫɫɢɣɫɤɨɣ Ɏɟɞɟɪɚɰɢɢ. – Ɇ., 1998. – ɋ.4. 100 Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda qonuniylikni huquq hodisasining nihoyatda muhim jihati sifatida talqin etish uchraydi. Unga ko`ra, qonuniylik – davlat qonunlarida, qonun ijodkorligida, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni yaratishga yo`naltirilgan huquq ijodkorligida huquqning aniq rasmiylashtirilishi g’oyasi, talabi va tizimi (tartibi)dir. 1 Qonuniylik serqirra, turli shakllarga ega hodisa. Akademik V.S. Nersesyants qonuniylikni qonunlar va ularni hayotga tatbiq etish munosabati bilan aloqador bir xil talablar yig’indisi sifatida ta’riflaydi. Ushbu talablarning eng muhimlari sirasida quyidagilarni ko`rsatib o`tadi: birinchidan, qonunlarning ular yo`naltirilgan sub’ektlar tomonidan aniq va bekamu-ko`st bajarilishi; ikkinchidan, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ierarxiyasiga rioya etilishi; uchinchidan, qonuniylik o`zida qonunning qat’iyligini, ya’ni qonunni qabul qilgan organdan tashqari, uni hech kim bekor qila olmasligi talabini mujassam etadi 2 . Jamiyatda qonuniylik turli shakllarda namoyon bo`ladi: avvalo, Konstitutsiya va qonunlarni o`tmish va hozirgi davrning ilg’or g’oyalari bilan sug’orilganligi, inson huquq va erkinliklari ustuvorligining ta’minlanganligi, qonunlarning adolatliligi va xalq manfaatiga xizmat qilishga asoslanganligida; ikkinchidan, qonunning ustuvorligi, ya’ni qonunlarning konstitutsiyaga, qonun osti normativ hujjatlarning qonunlarga mos kelishida; uchinchidan, davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga og’ishmay, so`zsiz rioya qilishida. Qonuniylikni tor va keng ma’noda tushunish mavjud. Tor ma’noda qonuniylik – barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor va yuridik shaxslar hamda fuqarolar tomonidan amaldagi qonunlarga aniq va og’ishmay rioya qilish. Keng ma’noda qonuniylik davlatning qonun yaratuvchilik va uni hayotga tatbiq etish faoliyatini ham qamrab oladi. Qonun normalarining yuqori saviyada ijod etish ishini tashkil etmay, qonunlarni jamiyat taraqqiyoti darajasiga moslashtirib borishga yo`naltirilgan faoliyatni yo`lga qo`ymay turib ijobiy natijaga erishib bo`lmaydi. Shuning uchun hayot talablariga javob beradigan yangi qonunlar qabul qilish, yangi shart-sharoit va talablarga javob berolmaydigan eski qonunlarni bekor qilish zaruriyati tug’iladi. Qonun ijodkorligini takomillashtirish qonuniylikni mustahkamlashdagi eng muhim shartdir. Qonuniylik huquqning mavjudligi, jamiyatda chinakam demokratik muhit va huquqiy tartibning o`rnatilganligidan dalolat beradi. Zero, Amir Temur ta’kidlaganidek, «Qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu erda erkinlik bo`ladi». Demokratik davlatda qonuniylik barchaning qonun oldida tengligini anglatadi. Barcha teng majburiyat oladi va qonuniylik buzilganda teng javobgarlikka tortiladi. Jamiyatda qonuniylikning buzilishi quyidagicha namoyon bo`lishi mumkin: birinchidan, davlat hokimiyati organlari konstitutsiya va qonunlarga to`la rioya qilmaganda; ikkinchidan, davlat organlari va mansabdor shaxslarning 1 Ԕɚɪɚɧɝ: ȼɢɬɪɭɤ ɇ.ȼ. Ɂɚɤɨɧɧɨɫɬɶ: ɩɨɧɹɬɢɟ, ɡɚɳɢɬɚ ɢ ɨɛɟɫɩɟɱɟɧɢɟ. Ʉɨɧɫɬɢɬɭɰɢɨɧɧɚɹ ɡɚɤɨɧɧɨɫɬɶ ɢ ɤɨɧɫɬɢɬɭɰɢɨɧɧɨɟ ɩɪɚɜɨɫɭɞɢɟ// Ɉɛɳɚɹ ɬɟɨɪɢɹ ɝɨɫɭɞɚɪɫɬɜɚ ɢ ɩɪɚɜɚ. Ⱥɤɚɞɟɦɢɱɟɫɤɢɣ ɤɭɪɫ: ȼ 2 ɬ./ ɉɨɞ ɪɟɞ. Ɇ.ɇ.Ɇɚɪɱɟɧɤɨ. – Ɇ., 1998. – ɋ.15. 2 Ԕɚɪɚɧɝ: ɉɪɨɛɥɟɦɵ ɨɛɳɟɣ ɬɟɨɪɢɢ ɩɪɚɜɚ ɢ ɝɨɫɭɞɚɪɫɬɜɚ. ɍɱɟɛɧɢɤ ɞɥɹ ɜɭɡɨɜ / ɉɨɞ ɨɛɳ. ɪɟɞ. ɩɪɨɮ. ȼ.ɋ.ɇɟɪɫɟɫɹɧɰɚ. – Ɇ., 2008. – ɋ.465. 101 qonunlar, qonun osti hujjatlari hamda inson huquq va erkinliklariga rioya etmaganida; uchinchidan, davlat organlarining konstitutsiya va qonunlarga zid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilib, ular asosida faoliyat yuritganida; to`rtinchidan, vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning amaldagi huquq normalarini noto`g’ri qo`llaganida va hokazo. Jamiyatda qonuniylikning ta’minlanishiga erishish, qabul qilinayotgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq kelishi va ularga zid bo`lmasligi hamda huquqiy normalarni qonunlarga muvofiq qabul qilinishini taqozo etadi. Qonunlar qanchalik takomillashsa, ijtimoiy hayot talablari qanchalik to`la aks ettirilsa, ular kishilar ongiga shunchalik kuchli ta’sir etadi hamda fuqarolarning huquqiy normalarni o`z ixtiyorlari bilan amalga oshirishlariga erishish mumkin. Qonuniylik printsiplari va kafolatlari Jamiyatda qonuniylikni ta’minlashga bir qancha muhim printsiplarga rioya qilish orqali erishiladi. Qonuniylikning o`ziga xos xususiyatlari uning quyidagi printsiplarida ifodalanadi: 1) Qonuniylikning yagonaligi. Qonunlar mamlakat hududida bir xilda qo`llaniladi. Qonuniylik barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatning butun hududida yagona ma’no kasb etishi, bir xilda qo`llanishi, hammaning qonun oldida tengligi, aholining biron-bir guruhi uchun imtiyoz va cheklashlar yo`qligini bildiradi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida shunday deyilgan: “O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”. Respublikamizda qonunning yagonaligi va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, birinchidan, O`zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarini uning butun hududida amal qilishini va barcha normativ-huqiy hujjatlar qonun asosida qabul qilinib, ularga zid bo`lmasligini anglatadi. Ikkinchidan, O`zbekiston qonunlari uning ijtimoiy va davlat tuzumini, barcha millat va elatlarning manfaatlarini qo`riqlaydi. Uchinchidan, mamlakatning butun hududida qonunlar bir xilda qo`llaniladi. 2) Qonunning ustuvorligi va hamma uchun majburiyligi. Jamiyatda qonunlar oliy yuridik kuchga ega, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning hammasi qonun asosida qabul qilinadi. Biror-bir huquqiy norma qonunga zid bo`la olmaydi, agar qonun bilan boshqa huquqiy norma o`rtasida shunday nomuvofiqlik paydo bo`lsa, bunday holda qonun amal qiladi. Bu printsip Konstitutsiyamizning 15- moddasida mustahkamlangan bo`lib, unda shunday deyilgan: “O`zbekiston Respublikasida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so`zsiz tan olinadi. Davlat uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko`radilar”. 3) Qonuniylik va maqsadga muvofiqlik printsipi. Mamlakat hududida amaldagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni aniq bajarish har qaysi davlat organi, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun 102 shartdir. Ammo, barcha fuqarolar ham amaldagi qonunlarga bir xilda ixtiyoriy va vijdonan rioya qilavermaydilar. Ayrim fuqarolar qonun talablarini bajarmaydi va amaldagi ba’zi qonunlarning eskirib qolganligi hamda ularni hozirgi davr talablariga javob bermasligini ro`kach qiladilar. Mamlakatda o`rnatilgan qonunchilik tartibiga ko`ra vakolatli organ tomonidan amaldagi qonunlar rasmiy ravishda bekor qilinguniga qadar u yuridik kuchga ega bo`ladi va unga rioya qilish hamma uchun majburiydir. Jamiyatda o`zining yuridik ahamiyatini yo`qotgan biror – bir qonun yo`q. Agar qonunlarning birortasi jamiyat manfaatlariga zid yoki uning talablariga to`g’ri kelmaydigan bo`lsa, bunday holda qonunchilik tashabbusi huquqiga ega sub’ektlar mazkur qonunlarni bekor qilish to`g’risidagi tashabbus bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga murojaat etadilar. Qonun o`rnatilgan tartibda bekor qilingandagina, o`zining yuridik kuchi va ahamiyatini yo`qotgan hisoblanadi. 4) Qonuniylikning aholi madaniy darajasi bilan bog’liqligi. Qonuniylik madaniyatni oshirishga, o`z navbatida, madaniyatning rivojlanishi esa qonuniylikni mustahkamlashga yordam beradi. Qonuniylik aholining huquqiy madaniyat darajasi bilan bevosita bog’liq. Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, qonunlarga rioya qilish va ularning bajarilishi shunchalik samarali bo`ladi. Aholining huquqiy ongi va madaniyat darajasi yuqori bo`lmasa, bunda qonuniylikka erishish amri mahol. Basharti, fuqarolar qonun chiqaruvchi organning qonunlarda mustahkamlangan erki – irodasi, unda qo`yilgan talablarni bilmas ekan, bundan ijobiy natija kutib bo`lmaydi. Asosiysi, fuqarolar qonunlarda qanday imtiyozlar berilganligi yoki qanday harakatlar taqiqlanganligidan bexabar qoladi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29 avgustda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” qabul qilingan bo`lib, u huquqiy savodxonlik, huquqiy tafakkur va ma’rifatni shakllantirishda dasturilamal bo`lib xizmat qilmoqda. Mamlakatda qonuniylikni ta’minlashda ularni kafolatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunlar orqali kishilar o`rtasidagi munosabatlar tartibga solinar ekan, ularni hayotda to`g’ri tatbiq etish uchun qonuniylik tegishli usullar vositasida amalga oshiriladi. Bunday usullar davlat tomonidan belgilangan bo`lib, qonuniylik kafolatlari deb ataladi. Qonuniylik kafolatlari deganda huquqlardan foydalanish va yuridik majburiyatni amalga oshirishga imkon beruvchi ijtimoiy taraqqiyotning ob’ektiv shart-sharoitlari va davlat hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan turli-tuman usul va vositalar tushuniladi. Qonuniylikni kafolatlash jamiyatda qabul qilingan qonunlarni ijtimoiy hayotga tatbiq etishning garovi hisoblanib, davlat ularni qo`riqlash va mustahkamlashni ta’minlovchi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, yuridik, ma’naviy va boshqa omillarga tayanadi. Agar qonunlar davlat tomonidan kafolatlanmasa, u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda yuridik ahamiyatga ega bo`lmaydi. Qonuniylikni amalga oshirishning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, jamoatchilik, huquqiy kabi kafolatlari mavjud. 103 Iqtisodiy kafolatlar – jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, samarali soliq tizimi, yuqori darajadagi ishlab chiqarish, moddiy ne’matlarning adolatli taqsimoti tizimining mavjudligi, iqtisodiyotning mustahkam huquqiy bazasi yaratilganligi bilan belgilanadi. Shuningdek, qonuniylikning iqtisodiy kafolati xilma-xil mulk shakllarining mavjudligi, monopoliyaning cheklanganligi, ijtimoiy inqirozning yo`qligi, fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy va moddiy ta’minlanganligi bilan ham tavsiflanadi. Jamiyatda qabul qilingan har bir qonun o`zining iqtisodiy negiziga ega bo`lishi lozim, chunki huquqiy normalarning amaliyotga tatbiq etilishi uchun muayyan sarf-xarajatlar talab qilinadi. Agar qonun qabul qilinsa-yu, lekin u iqtisodiy jihatdan ta’minlanmasa, amaliyotga tatbiq etila olmaydi. Ayonki, qonun normalarini amalga oshirish bevosita iqtisodiy manbalarga tayanadi. Siyosiy kafolatlar – davlat va uning faoliyatini yuqori darajada tashkil qilinganligi, xokimiyatlar taqsimlanishi printsipining joriy etilganligi, davlat organlarining Konstitutsiya asosida tuzilganligi, demokratik siyosiy tartibning mavjudligi va boshqalarda namoyon bo`ladi. Siyosiy kafolatlar mazmunini demokratiyaning mustahkamlanishi, davlat va jamiyat qurilishi, oshkoralik tarzida jamoatchilik tomonidan ma’muriy organlar faoliyatini nazorat qilishning kengayishi, adolatli siyosiy tizimning shakllanishi va rivojlanishiga erishish tashkil etadi. Konstitutsiyada belgilab qo`yilgan siyosiy normalarni amalga oshirish uchun fuqarolarning erkin fikrlashiga sharoit yaratilishi, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga nisbatan tsenzuraning bekor qilinishi kabi talablar qo`yiladi va ular bajarilishi lozim. Mafkuraviy kafolatlar – jamiyatda hurfikrlilik, so`z va fikr, ma’naviy rivojlanish erkinligi, diniy bag’rikenglikning amal qilishi va insonlarning yuqori ma’naviyatga egaligida namoyon bo`ladi. Aholi qonunlarni muqaddas bilib, uni hurmat qilishi hamda unga so`zsiz bo`ysunishiga huquqiy savodxonlik va huquqiy tarbiyani yo`lga qo`yish, ommaning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali erishish mumkin. Ijtimoiy kafolatlar – bunda qonunlar qabul qilishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining manfaatlari ustuvor inobatga olinishi lozim. Zero, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar oldida mamlakat barcha fuqarolari teng bo`lib, qonun talablarini jamiyatning barcha a’zolari birday qabul qilishi shart. Shu bois qonun qabul qilish jarayonida uning normalarida jamiyatning barcha ijtimoiy qatlamlari manfaatlarining inobatga olinishi qonuniylikka erishishning garovidir. Shuningdek, qonuniylikka erishishda mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosatni, ya’ni aholining bandlik darajasi yuqoriligi, ishsizlikdan himoyalanishning kafolatlangan- ligi, aholi kam ta’minlangan qismining davlat tomonidan ijtimoiy himoyalanganligi katta ahamiyat kasb etadi. Jamoatchilik kafolati – qonunlarni amalga oshirishda faqatgina davlatning tashabbusi etarli emas. Qonunlarning ijrosini ta’minlashda davlat organlaridan tashqari, mansabdor shaxslar, ayniqsa keng jamoatchilik – mahalla, maktab va boshqa ta’lim muassasalari, xotin-qizlar kengashi, yoshlar ijtimoiy harakati, nodavlat tashkilotlar, kasaba uyushmalari muhim o`rin tutadi. Shuning uchun mazkur jamoat birlashmalari qonunlarning amalga oshirilishi hamda ular 104 buzilishining oldini olishda faol ishtirok etishlari lozim. Fuqarolik jamiyati institutlari qanchalik faol va kuchli bo`lsa, qonuniylikning jamoatchilik tomonidan kafolatlanishi shunchalik ta’sirchan bo`ladi. Huquqiy kafolatlar Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling