Davlat va huquq nazariyasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana10.11.2020
Hajmi0.62 Mb.
#142922
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
davlat va huquq nazariyasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Huquq  tizimi deganda nimani tushunasiz? 
2. Huquq qanday xususiyatlarga ega? 
3. Huquq normasi tushunchasi?  
4. Huquq  instituti  nima? 
5. Huquq tarmog’ining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 
6. Huquqiy tartibga solish usuli nima? 
7. Huquqiy munosabatlar tushunchasini yoritib bering? 
8. Huquqiy munosabatlar o`z mazmuniga ko`ra qanday turlarga 
bo`linadi? 
9. Huquqiy munosabatlar umumiy va aniq (konkret), mutlaq va nisbiy 
turlariga izoh bering? 
10. Huquqiy layoqat va muomala layoqati tushunchalari, ushbu 
tushunchalarning bir-biriga o`xshash va farqli jihatlarini aytib bering? 
11. Huquqiy munosabatlarning ob’ekti deganda nimani tushunasiz? 
12. Sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlar tushunchalarini yoritib bering? 
Test savollari 
1. Huquq tizimiga to`g’ri ta’rif berilgan qatorni toping? 
1.
Bu bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik 

96 
normalar yig’indisi
2.
To`g’ri javob berilmagan 
3.
Bu huquqiy normalarning alohida guruhi bo`lib, u ijtimoiy 
munosabatlarning muayyan guruhini tartibga soladi 
4.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi davlat tomonidan 
o`rnatiladigan hokimiyat xarakteriga ega bo`lgan xatti-harakat qoidasi 
5.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi o`zaro bir-biri bilan bog’liq
huquq normasi, instituti va sohalardan tashkil topgan huquqning ichki tuzilishi 
2. Normativ aktlarni tizimlashtirishning turlarini ko`rsating? 
1.
Kodifikatsiya va interpretatsiya 
2.
To`g’ri javob berilmagan 
3.
Inkorporatsiya va denonsatsiya 
4.
Interpretatsiya va konsolidatsiya 
5.
Kodifikatsiya, inkorporatsiya va konsolidatsiya 
3. Quyida ko`rsatib o`tilganlardan qaysi biri inkorporatsiyaga taaluqli? 
1.
Fuqarolik kodeksi 
2.
Mehnat kodeksi 
3.
Barcha javoblar to`g’ri
4.
Qonunlar majmui 
5.
Tabiatni qo`riqlash to`g’risidagi qonun 
4. Quyidagilardan qaysi biri huquq tizimini qismlari hisoblanadi? 
1.
Faqat huquq institutlari va huquq sohalari 
2.
Huquq tizimi va huquq elementlari 
3.
Faqat huquq normalari va huquq institutlari 
4.
Huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalari 
5.
Faqat huquq sohalari va huquq normalari 
5. Huquq sohasi tushunchasini aniqlang? 
1.
Davlat tomonidan o`rnatiladigan hokimiyat xarakteriga ega bo`lgan 
huquq normasiga aytiladi 
2.
Huquq sohasi, instituti va normalarining yig’indisi
3.
Muayyan guruhidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq 
normalarining yig’indisi
4.
Muayyan sohadagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq 
normalar va huquq institutlarining yig’indisiga aytiladi
5.
To`g’ri javob berilmagan 
6. Huquq instituti tushunchasini aniqlang? 
1.
Davlat tomonidan o`rnatiladigan hokimiyat xarakteriga ega bo`lgan 
xatti-harakat qoidasidir. 
2.
Bu bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq 
institutlarining alohida majmui 
3.
Soha va institutlardan tashkil topgan, ichdan moslashtirilgan huquq 
tuzilishi 
4.
To`g’ri javob berilmagan 
5.
Bu huquqiy normalarning alohida guruhi bo`lib, u ijtimoiy 
munosabatlarning muayyan guruhini tartibga soladi 

97 
7. Huquq normasi tushunchasini aniqlang? 
1.
Bu huquqiy normalarning alohida guruhi bo`lib, u ijtimoiy 
munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi 
2.
Soha va institutlaridan tashkil topgan, ichdan moslashtirilgan huquq 
tuzilishi 
3.
Bu bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik 
normalar yig’indisi
4.
Bu huquq tizimining dastlabki elementi bo`lib, u muayyan ijtimoiy 
munosabatni tartibga soladi 
5.
To`g’ri javob berilmagan 
8. Kodifikatsiya (kodekslashtirish) nima? 
1.
Normativ-huquqiy hujjatlarni nashr etish va aholiga etkazish bo`yicha 
olib boriladigan davlat faoliyati 
2.
To`g’ri javob berilmagan 
3.
Tizimlashtirilgan normativ huquqiy akt yaratish 
4.
Qonun osti aktlarning muayyan tizimga solib nashr etilishi 
5.
Bu muayyan qonunni qism, bo`lim, bob va moddalarga taqsimlagan 
holda tizimlashtirishga aytiladi 
9. Inkorporatsiya nima? 
1.
Oliy majlisning qonunlarni qabul qilish, o`zgartirish va bekor qilishga 
qaratilgan faoliyati 
2.
To`g’ri javob berilmagan 
3.
Bu amaldagi qonunchilik normalarini jiddiy o`zgartirishlar kiritish orqali 
yangi normativ huquqiy aktni yaratish 
4.
Bu normativ huquqiy aktlar loyihasini tayyorlash, nashr etish va 
tizimlashtirishdir 
5.
Normativ-huquqiy aktlarning alfavit, xronologik, mavzu bo`yicha 
tizimga solinishi 
10. Quyidagi javoblardan qaysi birida protsessual huquq tarmog’i
noto`g’ri ko`rsatilgan? 
1.
Ma’muriy huquq 
2.
Barcha javoblar to`g’ri
3.
Jinoyat-protsessual huquqi 
4.
Xo`jalik-protsessual huquqi 
5.
Fuqarolik-protsessual huquqi 
11. Quyidagilardan qaysi biri huquq tizimi tarkibidagi eng yirik tuzilma 
hisoblanadi? 
1.
Huquq normasi 
2.
Huquq instituti 
3.
Barcha javoblar to`g’ri
4.
Huquq sohasi 
12. Huquqiy munosabat -bu: 
1.
Odat normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar  
2.
Korporativ normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar   
3.
Ahloq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar 

98 
4.
Huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar 
5.
Siyosiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar 
13. Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarga huquqning ta’sirida
qo`llaniladigan vosita va yo`llar majmui deganda nima tushuniladi? 
1.
Huquqiy tartibga solish predmeti 
2.
Muomala layoqati 
3.
Huquq layoqati 
4.
Huquq sub’ektlari
5.
Huquqiy tartibga solish usuli 
14. Huquqiy munosabatlarni vujudga kelishiga, o`zgarishiga va bekor 
bo`lishiga sabab bo`luvchi holat: 
1.
Yuridik burchlar  
2.
Yuridik faktlar  
3.
Muomala layoqati  
4.
Sub’ektiv huquq  
5.
Huquqiy munosabat 
15. Qachon fuqarolar to`liq muomala layoqatiga ega bo`ladi? 
1.
Mehnat faoliyatini boshlaganda  
2.
Harbiy xizmatni o`tagandan so`ng  
3.
Fuqarolik pasportini olganidan so`ng  
4.
18 yoshga to`lganda  
5.
Inson tug’ulishi bilan 
16. Qaysi organ fuqarolarni huquqiy munosabatlarda qatnashish 
huquqidan mahrum qilish huquqiga ega? 
1.
Prokuratura organlari  prokuratura organlari   
2.
Ichki ishlar organlari  
3.
Sud organlari  
4.
Qonun chiqaruvchi organ  
5.
Jinoiy jazoni ijro etish muassasalari 
17. Insonlarning xatti-harakatlari qanday tasniflanadi? 
1.
Huquqiy xatti-harakatlar va voqealar  
2.
Hodisa va voqealar  
3.
Xodisa va huquqiy harakatlar  
4.
Huquqiy xatti-harkat va moddiy ne’matlar
5.
Huquqiy va huquqka zid harakatlar  
18. Huquqiy munosabatning asosiy elementlarini ko`rsating? 
1.
Huquqiy munosabatlarning sub’ekti
2.
Barcha javoblar to`g’ri
3.
Sub’ektiv huquq va yuridik majburiyat 
4.
Huquqiy munosabatlarning ob’ekti
19. Fuqaro mexnat huquqiy munosabatlariga necha yoshdan boshlab 
kirishishi mumkin? 
1.
Alohida hollarda 17 yoshdan  
2.
Faqat 18 yoshdan  
3.
15 yoshdan  

99 
4.
Faqat 14 yoshdan  
5.
16 yoshdan  
20. Yuridik faktlardan irodani ifodalashiga ko`ra turlarini ko`rsating. 
1.
Hodisalar  
2.
Mutloq hodisalar  
3.
Harakatlar  
4.
Barcha javoblar to`g’ri
3-MAVZU: JAMOAT TARTIBOTI VA QONUNIYLIK. HUQUQIY 
TARTIBOT
O`quv mashg’ulot rejasi: 
1. Qonuniylik va jamoat tartiboti. 
2. Huquqiy tartibot tushunchasi, turlari va tuzilishi. 
1. Qonuniylik va jamoat tartiboti 
Qonuniylikning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o`rni beqiyos. 
Demokratik davlat qonunning yuksak va mustahkam nufuzisiz biror ma’no kasb 
etmaydi. Qonuniylik va qonun ustuvorligi mamlakatdagi yangilanish va 
modernizatsiyalash siyosatining negizini tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimov uqtirganidek, «Qonunning ustuvorligi – huquqiy davlat 
faoliyat ko`rsatishining zaruriy shartidir»
1
.
Qonuniylik – keng qamrovli, murakkab hodisa sifatida davlat va huquq 
nazariyasida muhim o`rin tutadi. Adabiyotlarda qonuniylikning u yoki bu 
qirralarini yorituvchi ta’riflar ko`p tarqalgan. Bunda qonuniylikni davlat 
organlarining faoliyati printsipi, ijtimoiy hayotning o`ziga xos siyosiy-huquqiy 
tartibi, qonun talablarining aniq bajarilishi sifatida tushunish uchraydi. Jumladan, 
«qonuniylik – ijtimoiy hayotda huquq va qonun hukmronligidan, ijtimoiy 
munosabatlar barcha ishtirokchilari tomonidan huquqiy normalar ko`rsatmalarini 
og’ishmay amalga oshirish, jamiyatda tartib va uyushqoqlikni ta’minlashdan iborat 
ijtimoiy-siyosiy rejimdir»
2
. Akademik V.N.Kudryavtsev esa, qonuniylikni, 
qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni qabul qilish va bekamu-ko`st amalga 
oshirish orqali ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishdan iborat ijtimoiy hayotning 
muayyan tartibi, davlat boshqaruv usuli
3
 sifatida talqin etadi.  
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ: ɛɨɡɨɪ ɦɭɧɨɫɚɛɚɬɥɚɪɢɝɚ ʆɬɢɲɧɢɧɝ ʆɡ ɣʆɥɢ. – Ɍ., 1993. – 63-ɛ.
2
ɂɫɥɚɦɨɜ Ɂ.Ɇ. Ⱦɚɜɥɚɬ ɜɚ ԟɭԕɭԕ ɧɚɡɚɪɢɹɫɢ. Ɍ., 2007. – 855-ɛ.
3
Ԕɚɪɚɧɝ: Ʉɭɞɪɹɜɰɟɜ ȼ.ɇ. Ɂɚɤɨɧɧɨɫɬɶ: ɫɨɞɟɪɠɚɧɢɟ ɢ ɫɨɜɪɟɦɟɧɧɨɟ ɫɨɫɬɨɹɧɢɟ // Ɂɚɤɨɧɧɨɫɬɶ ɜ Ɋɨɫɫɢɣɫɤɨɣ
Ɏɟɞɟɪɚɰɢɢ. – Ɇ., 1998. – ɋ.4.

100
Huquqshunoslikka oid adabiyotlarda qonuniylikni huquq hodisasining 
nihoyatda muhim jihati sifatida talqin etish uchraydi. Unga ko`ra, qonuniylik 
davlat qonunlarida, qonun ijodkorligida, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni 
yaratishga yo`naltirilgan huquq ijodkorligida huquqning aniq rasmiylashtirilishi 
g’oyasi, talabi va tizimi (tartibi)dir.
1
Qonuniylik serqirra, turli shakllarga ega hodisa. Akademik V.S. Nersesyants 
qonuniylikni qonunlar va ularni hayotga tatbiq etish munosabati bilan aloqador bir 
xil talablar yig’indisi sifatida ta’riflaydi. Ushbu talablarning eng muhimlari 
sirasida quyidagilarni ko`rsatib o`tadi: birinchidan,  qonunlarning ular 
yo`naltirilgan sub’ektlar tomonidan aniq va bekamu-ko`st bajarilishi; ikkinchidan, 
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ierarxiyasiga rioya etilishi; 
uchinchidan, qonuniylik o`zida qonunning qat’iyligini, ya’ni qonunni qabul qilgan 
organdan tashqari, uni hech kim bekor qila olmasligi talabini mujassam etadi
2
.
Jamiyatda qonuniylik turli shakllarda namoyon bo`ladi: avvalo, Konstitutsiya 
va qonunlarni o`tmish va hozirgi davrning ilg’or g’oyalari bilan sug’orilganligi,
inson huquq va erkinliklari ustuvorligining ta’minlanganligi, qonunlarning 
adolatliligi va xalq manfaatiga xizmat qilishga asoslanganligida; ikkinchidan,
qonunning ustuvorligi, ya’ni qonunlarning konstitutsiyaga, qonun osti normativ 
hujjatlarning qonunlarga mos kelishida; uchinchidan, davlat organlari, mansabdor 
shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlarga og’ishmay, so`zsiz rioya qilishida.
Qonuniylikni tor va keng ma’noda tushunish mavjud. Tor ma’noda qonuniylik
– barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor va yuridik shaxslar 
hamda fuqarolar tomonidan amaldagi qonunlarga aniq va og’ishmay rioya qilish.  
Keng ma’noda qonuniylik davlatning qonun yaratuvchilik va uni hayotga 
tatbiq etish faoliyatini ham qamrab oladi. Qonun normalarining yuqori saviyada 
ijod etish ishini tashkil etmay, qonunlarni jamiyat taraqqiyoti darajasiga 
moslashtirib borishga yo`naltirilgan faoliyatni yo`lga qo`ymay turib ijobiy natijaga 
erishib bo`lmaydi. Shuning uchun hayot talablariga javob beradigan yangi 
qonunlar qabul qilish, yangi shart-sharoit va talablarga javob berolmaydigan eski 
qonunlarni bekor qilish zaruriyati tug’iladi. Qonun ijodkorligini takomillashtirish 
qonuniylikni mustahkamlashdagi eng muhim shartdir. 
Qonuniylik huquqning mavjudligi, jamiyatda chinakam demokratik muhit va 
huquqiy tartibning o`rnatilganligidan dalolat beradi. Zero, Amir Temur 
ta’kidlaganidek, «Qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu erda erkinlik bo`ladi».
Demokratik davlatda qonuniylik barchaning qonun oldida tengligini anglatadi. 
Barcha teng majburiyat oladi va qonuniylik buzilganda teng javobgarlikka 
tortiladi. Jamiyatda qonuniylikning buzilishi quyidagicha namoyon bo`lishi 
mumkin: birinchidan, davlat hokimiyati organlari konstitutsiya va qonunlarga to`la 
rioya qilmaganda; ikkinchidan, davlat organlari va mansabdor shaxslarning 
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ȼɢɬɪɭɤ ɇ.ȼ. Ɂɚɤɨɧɧɨɫɬɶ: ɩɨɧɹɬɢɟ, ɡɚɳɢɬɚ ɢ ɨɛɟɫɩɟɱɟɧɢɟ. Ʉɨɧɫɬɢɬɭɰɢɨɧɧɚɹ ɡɚɤɨɧɧɨɫɬɶ ɢ
ɤɨɧɫɬɢɬɭɰɢɨɧɧɨɟ ɩɪɚɜɨɫɭɞɢɟ// Ɉɛɳɚɹ ɬɟɨɪɢɹ ɝɨɫɭɞɚɪɫɬɜɚ ɢ ɩɪɚɜɚ. Ⱥɤɚɞɟɦɢɱɟɫɤɢɣ ɤɭɪɫ: ȼ 2 ɬ./ ɉɨɞ ɪɟɞ.
Ɇ.ɇ.Ɇɚɪɱɟɧɤɨ. – Ɇ., 1998. – ɋ.15.
2
Ԕɚɪɚɧɝ: ɉɪɨɛɥɟɦɵ ɨɛɳɟɣ ɬɟɨɪɢɢ ɩɪɚɜɚ ɢ ɝɨɫɭɞɚɪɫɬɜɚ. ɍɱɟɛɧɢɤ ɞɥɹ ɜɭɡɨɜ / ɉɨɞ ɨɛɳ. ɪɟɞ.
ɩɪɨɮ. ȼ.ɋ.ɇɟɪɫɟɫɹɧɰɚ. – Ɇ., 2008. – ɋ.465.

101
qonunlar, qonun osti hujjatlari hamda inson huquq va erkinliklariga rioya 
etmaganida;  uchinchidan,  davlat organlarining konstitutsiya va qonunlarga zid 
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilib, ular asosida faoliyat yuritganida; 
to`rtinchidan, vakolatli  davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning 
amaldagi huquq normalarini noto`g’ri qo`llaganida va hokazo. 
Jamiyatda qonuniylikning ta’minlanishiga erishish, qabul qilinayotgan barcha 
normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq kelishi va 
ularga zid bo`lmasligi hamda huquqiy normalarni qonunlarga muvofiq qabul 
qilinishini taqozo etadi. Qonunlar qanchalik takomillashsa, ijtimoiy hayot talablari 
qanchalik to`la aks ettirilsa, ular kishilar ongiga shunchalik kuchli ta’sir etadi 
hamda fuqarolarning huquqiy normalarni o`z ixtiyorlari bilan amalga oshirishlariga 
erishish mumkin. 
Qonuniylik printsiplari va kafolatlari 
Jamiyatda qonuniylikni ta’minlashga bir qancha muhim printsiplarga rioya 
qilish orqali erishiladi. Qonuniylikning o`ziga xos xususiyatlari uning quyidagi 
printsiplarida ifodalanadi: 
1) Qonuniylikning yagonaligi. Qonunlar mamlakat hududida bir xilda 
qo`llaniladi. Qonuniylik barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar 
mamlakatning butun hududida yagona ma’no kasb etishi, bir xilda qo`llanishi, 
hammaning qonun oldida tengligi, aholining biron-bir guruhi uchun imtiyoz va 
cheklashlar yo`qligini bildiradi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 18-moddasida shunday deyilgan: “O`zbekiston Respublikasida 
barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, 
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, 
qonun oldida tengdirlar”.
Respublikamizda qonunning yagonaligi va barcha fuqarolarning qonun oldida 
tengligi,  birinchidan, O`zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarini uning butun 
hududida amal qilishini va barcha normativ-huqiy hujjatlar qonun asosida qabul 
qilinib, ularga zid bo`lmasligini anglatadi. Ikkinchidan, O`zbekiston qonunlari 
uning ijtimoiy va davlat tuzumini, barcha millat va elatlarning manfaatlarini 
qo`riqlaydi.  Uchinchidan,  mamlakatning butun hududida qonunlar bir xilda 
qo`llaniladi. 
2) Qonunning ustuvorligi va hamma uchun majburiyligi. Jamiyatda 
qonunlar oliy yuridik kuchga ega, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning hammasi 
qonun asosida qabul qilinadi. Biror-bir huquqiy norma qonunga zid bo`la olmaydi, 
agar qonun bilan boshqa huquqiy norma o`rtasida shunday nomuvofiqlik paydo 
bo`lsa, bunday holda qonun amal qiladi. Bu printsip Konstitutsiyamizning 15-
moddasida mustahkamlangan bo`lib, unda shunday deyilgan: “O`zbekiston 
Respublikasida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining 
ustunligi so`zsiz tan olinadi. 
Davlat uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko`radilar”.
3) Qonuniylik va maqsadga muvofiqlik printsipiMamlakat hududida 
amaldagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni aniq bajarish har qaysi 
davlat organi, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun 

102
shartdir. Ammo, barcha fuqarolar ham amaldagi qonunlarga bir xilda ixtiyoriy va 
vijdonan rioya qilavermaydilar. Ayrim fuqarolar qonun talablarini bajarmaydi va 
amaldagi ba’zi qonunlarning eskirib qolganligi hamda ularni hozirgi davr 
talablariga javob bermasligini ro`kach qiladilar. Mamlakatda o`rnatilgan 
qonunchilik tartibiga ko`ra vakolatli organ tomonidan amaldagi qonunlar rasmiy 
ravishda bekor qilinguniga qadar u yuridik kuchga ega bo`ladi va unga rioya qilish 
hamma uchun majburiydir. Jamiyatda o`zining yuridik ahamiyatini yo`qotgan 
biror – bir qonun yo`q. Agar qonunlarning birortasi jamiyat manfaatlariga zid yoki 
uning talablariga to`g’ri kelmaydigan bo`lsa, bunday holda qonunchilik tashabbusi 
huquqiga ega sub’ektlar mazkur qonunlarni bekor qilish to`g’risidagi tashabbus 
bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga murojaat etadilar. Qonun o`rnatilgan 
tartibda  bekor qilingandagina, o`zining yuridik kuchi va ahamiyatini yo`qotgan 
hisoblanadi.  
4) Qonuniylikning aholi madaniy darajasi bilan bog’liqligi. Qonuniylik 
madaniyatni oshirishga, o`z navbatida, madaniyatning rivojlanishi esa qonuniylikni 
mustahkamlashga yordam beradi. Qonuniylik aholining huquqiy madaniyat 
darajasi bilan bevosita bog’liq. Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy 
madaniyat darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, qonunlarga rioya qilish va ularning 
bajarilishi shunchalik samarali bo`ladi. Aholining huquqiy ongi va madaniyat 
darajasi yuqori bo`lmasa, bunda qonuniylikka erishish amri mahol. Basharti, 
fuqarolar qonun chiqaruvchi organning qonunlarda mustahkamlangan erki 

 irodasi, unda qo`yilgan talablarni bilmas ekan, bundan ijobiy natija kutib 
bo`lmaydi. Asosiysi, fuqarolar qonunlarda qanday imtiyozlar berilganligi yoki 
qanday harakatlar taqiqlanganligidan bexabar qoladi. Aholining huquqiy ongi va 
madaniyatini yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlash maqsadida 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29 avgustda “Jamiyatda 
huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” qabul qilingan bo`lib, u huquqiy 
savodxonlik, huquqiy tafakkur va ma’rifatni shakllantirishda dasturilamal bo`lib 
xizmat qilmoqda. 
Mamlakatda qonuniylikni ta’minlashda ularni kafolatlash muhim ahamiyat 
kasb etadi. Qonunlar orqali kishilar o`rtasidagi munosabatlar tartibga solinar ekan, 
ularni hayotda to`g’ri tatbiq etish uchun qonuniylik tegishli usullar vositasida 
amalga oshiriladi. Bunday usullar davlat tomonidan belgilangan bo`lib, qonuniylik  
kafolatlari deb ataladi. 
Qonuniylik kafolatlari
deganda huquqlardan foydalanish va yuridik 
majburiyatni amalga oshirishga imkon beruvchi ijtimoiy taraqqiyotning ob’ektiv 
shart-sharoitlari va davlat hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan maxsus 
ishlab chiqilgan turli-tuman usul va vositalar tushuniladi. 
Qonuniylikni kafolatlash jamiyatda qabul qilingan qonunlarni ijtimoiy 
hayotga tatbiq etishning garovi hisoblanib, davlat ularni qo`riqlash va 
mustahkamlashni ta’minlovchi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, yuridik, ma’naviy va 
boshqa omillarga tayanadi. Agar qonunlar davlat tomonidan kafolatlanmasa, u 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda yuridik ahamiyatga ega bo`lmaydi. 
Qonuniylikni amalga oshirishning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, 
jamoatchilik, huquqiy kabi kafolatlari mavjud. 

103
Iqtisodiy kafolatlar – jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, samarali soliq 
tizimi, yuqori darajadagi ishlab chiqarish, moddiy ne’matlarning adolatli taqsimoti 
tizimining mavjudligi, iqtisodiyotning mustahkam huquqiy bazasi yaratilganligi 
bilan belgilanadi. Shuningdek, qonuniylikning iqtisodiy kafolati xilma-xil mulk 
shakllarining mavjudligi, monopoliyaning cheklanganligi, ijtimoiy inqirozning 
yo`qligi, fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy va moddiy ta’minlanganligi bilan 
ham tavsiflanadi.  
Jamiyatda qabul qilingan har bir qonun o`zining iqtisodiy negiziga ega 
bo`lishi lozim, chunki huquqiy normalarning amaliyotga tatbiq etilishi uchun 
muayyan sarf-xarajatlar talab qilinadi. Agar qonun qabul qilinsa-yu, lekin u 
iqtisodiy jihatdan ta’minlanmasa, amaliyotga tatbiq etila olmaydi. Ayonki, qonun 
normalarini amalga oshirish bevosita iqtisodiy manbalarga tayanadi. 
Siyosiy kafolatlar 
– davlat va uning faoliyatini yuqori darajada tashkil 
qilinganligi, xokimiyatlar taqsimlanishi printsipining joriy etilganligi, davlat 
organlarining Konstitutsiya asosida tuzilganligi, demokratik siyosiy tartibning 
mavjudligi va boshqalarda namoyon bo`ladi. 
Siyosiy kafolatlar mazmunini demokratiyaning mustahkamlanishi, davlat va 
jamiyat qurilishi, oshkoralik tarzida jamoatchilik tomonidan ma’muriy organlar 
faoliyatini nazorat qilishning kengayishi, adolatli siyosiy tizimning shakllanishi va 
rivojlanishiga erishish tashkil etadi. Konstitutsiyada belgilab qo`yilgan siyosiy 
normalarni amalga oshirish uchun fuqarolarning erkin fikrlashiga sharoit 
yaratilishi, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga nisbatan tsenzuraning bekor 
qilinishi kabi talablar qo`yiladi va ular bajarilishi lozim. 
Mafkuraviy kafolatlar – jamiyatda hurfikrlilik, so`z va fikr, ma’naviy
rivojlanish erkinligi, diniy bag’rikenglikning amal qilishi va insonlarning yuqori 
ma’naviyatga egaligida namoyon bo`ladi. Aholi qonunlarni muqaddas bilib, uni 
hurmat qilishi hamda unga so`zsiz bo`ysunishiga huquqiy savodxonlik va huquqiy 
tarbiyani yo`lga qo`yish, ommaning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish 
orqali erishish mumkin. 
Ijtimoiy kafolatlar 
– bunda qonunlar qabul qilishda aholining ijtimoiy 
himoyaga muhtoj qatlamlarining manfaatlari ustuvor inobatga olinishi lozim. Zero, 
davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar oldida mamlakat barcha fuqarolari teng 
bo`lib, qonun talablarini jamiyatning barcha a’zolari birday qabul qilishi shart. Shu 
bois qonun qabul qilish jarayonida uning normalarida jamiyatning barcha ijtimoiy 
qatlamlari manfaatlarining inobatga olinishi qonuniylikka erishishning garovidir. 
Shuningdek, qonuniylikka erishishda mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosatni, ya’ni
aholining bandlik darajasi yuqoriligi, ishsizlikdan himoyalanishning kafolatlangan-
ligi, aholi kam ta’minlangan qismining davlat tomonidan ijtimoiy 
himoyalanganligi katta ahamiyat kasb etadi.  
Jamoatchilik kafolati – qonunlarni amalga oshirishda faqatgina davlatning 
tashabbusi etarli emas. Qonunlarning ijrosini ta’minlashda davlat organlaridan 
tashqari, mansabdor shaxslar, ayniqsa keng jamoatchilik – mahalla, maktab va 
boshqa ta’lim muassasalari, xotin-qizlar kengashi, yoshlar ijtimoiy harakati, 
nodavlat tashkilotlar, kasaba uyushmalari muhim o`rin tutadi. Shuning uchun 
mazkur jamoat birlashmalari qonunlarning amalga oshirilishi hamda ular 

104
buzilishining oldini olishda faol ishtirok etishlari lozim. Fuqarolik jamiyati 
institutlari qanchalik faol va kuchli bo`lsa, qonuniylikning jamoatchilik tomonidan 
kafolatlanishi shunchalik ta’sirchan bo`ladi. 
Huquqiy kafolatlar
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling