Davlat va huquq nazariyasi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Huquqqa xiloflilik
- 3. Huquqbuzarlik faqat kishilar tomonidan sodir etiladi.
- 2. Huquqbuzarlik tushunchasi, belgilari va turlari
- 5. Qilmishning jazoga sazovorligi
- Huquqbuzarlikning ob’ekti
- Huquqbuzarlikning ob’ektiv tomoni
- Huquqbuzarlikning sub’ekti
- Huquqbuzarlikning sub’ektiv tomoni
- 1. Nojo`ya xatti-harakat
- Fuqaroviy huquqbuzarlik
- Intizomiy huquqbuzarlik
- Protsessual huquqbuzarlik
- 3. Yuridik javobgarlik tushunchasi, turlari va printsiplari
- Yuridik javobgarlik
- Yuridik javobgarlikka tortish uchun asosi
- Yuridik javobgarlikning belgilari.
- Yuridik javobgarlikning quyidagi turlari mavjud: Jinoiy javobgarlik
- Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik
- Intizomiy javobgarlik
- Yuridik javobgarlik funktsiyalari.
1. Ijtimoiy xavflilik huquqbuzarning jamiyat qadriyatlariga tajovuz qilishini, xususiy va ijtimoiy manfaatlarni poymol etishini anglatadi. Huquqbuzarlikning zararliligi yoki xavfliligi shundaki, u jamiyat hayotining maromiga, huquqiy tartibotga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Huquq buzarlik ijtimoiy xavfli xususiyatga ega, 115 ya’ni muayyan zarar keltiradi yoki shaxs, mulk, davlat, jamiyat uchun xavf tug’diradi. Huquqiy adabiyotlarda nojo`ya xatti-harakat ijtimoiy xavfli ekanligi yoki qonun buzilishining juda og’ir turi ekanligi haqida munozaralar mavjud. Fikrimizcha, qonun buzilishining har qanday shakli ijtimoiy xavfli hodisadir. 2. Huquqqa xiloflilik – huquqbuzarlikning ikkinchi belgisi. Bu o`rinda so`z qilmish oqibatida qonun, muayyan huquqiy norma talabining buzilishi to`g’risida bormoqda. Boshqacha aytganda, huquqbuzar qonunda yoki huquq normasida belgilab qo`yilgan taqiqni buzishi sodir bo`ladi. Agar bunday taqiq bo`lmasa va unga zid xatti-harakat amalga oshirilmasa, huquqbuzarlik ham bo`lmaydi. Qonun kengaytirilgan holda yoki analogiya bo`yicha sharhlanishi mumkin emas. Huquqqa xiloflik – ijtimoiy xavfli qilmishning yuridik ifodasidir. Huquq buzilishi huquqqa xilof xatti-harakatdir. 3. Huquqbuzarlik faqat kishilar tomonidan sodir etiladi. Huquqbuzarlikning sub’ekti sifatida faqat jismoniy shaxslar, odamlar tan olinadi; jonivor, hayvon va parrandalar g’ayrihuquqiy harakatlari uchun yuridik javobgarlikka tortilmaydi. Huquq tarixidan ma’lumki, hayvonlar ham ba’zi vaqtlarda qonun buzilishining sub’ekti bo`lib hisoblangan. O`rta asrlarda ba’zi mamlakatlarda to`ng’izlar, sichqonlar, kalamushlar, itlar va hokazo jinoyat sodir qilganlar, shunga ko`ra barcha yuridik qoidalarga muvofiq, ularni sud qilishgan: bu haqda tergov olib borilgan, ular sudga chaqiriq varaqasi orqali chaqirilgan, prokuror va himoyachi sudda nutq so`zlagan, sud hukmi chiqarilgan va ijro qilingan. Faqat o`z g’ayrihuquqiy xatti-harakatlarining oqibatlarini anglashga qobiliyatli va unga javob bera oladigan (delikt layoqatli) shaxslarning huquqqa xilof qilmishlari huquqbuzarlik deb tan olinadi. Shu bois aqli noraso, muomala layoqatiga (delikt layoqatiga) ega bo`lmagan shaxslar va yosh bolalar huquqbuzarlikning sub’ekti hisoblanmaydilar. Huquqbuzarlik shaxsning fikrlash tarzi emas, balki uning qilmishi, xulq-atvoridir. Bunday xulq-atvor esa, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik shaklida namoyon bo`ladi. Huquqbuzarning ijtimoiy xavfli niyati faqat uning xulq-atvorida, harakati (harakatsizligi) da o`z ifodasini topadi. Gegel’ o`zining “Huquq falsafasi” asarida kishilar e’tiqodlari, niyatlari uchun emas, balki faqat qilmishlari uchun javob berishlari lozimligi to`g’risidagi g’oyani ilgari surgan 1 . 4. Ayblilik – huquqbuzarlikning uchinchi belgisi. Huquq normasini buzishda ayblanayotgan shaxs yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo`lishi va o`z harakatlarni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqali sodir etgan bo`lishi lozim. 2. Huquqbuzarlik tushunchasi, belgilari va turlari Huquqbuzarlik – aybli qilmishdir. Agar shaxsning harakatida ayb bo`lmasa, uning harakati garchi shaxsning holati chetdan qaraganda huquqiy tartibotga qarshidek ko`rinsa ham huquqbuzarlik hisoblanishi mumkin emas. Masalan, zaruriy mudofaa holatida odam o`ldirish. Ayb – shaxsning o`zi sodir etgan huquqqa xilof harakatga va uning zararli 1 Ԕɚɪɚɧɝ: Ƚɟɝɟɥɶ Ƚ. - ȼ.Ɏ. Ɏɢɥɨɫɨɮɢɹ ɩɪɚɜɚ. – Ɇ., 1990, ɋ.141, 144, 145, 192. 116 oqibatlariga bo`lgan ruhiy munosabati. Inson oldida qariyb har doim huquqqa mos yoki unga zid harakat qilishni tanlash imkoni bo`ladi. Agar u ikkinchi yo`lni tanlasa, huquqqa xilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan, deb hisoblanadi. 5. Qilmishning jazoga sazovorligi ma’lum huquqbuzarlik uchun uni sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishini anglatadi. Ushbu javobgarlik chorasi va chegarasi huquqiy normaning sanktsiyasida ifodalanadi. Huquqbuzarlik tarkibi: Huquqbuzarlik yuridik fakt bo`lib hisoblanadi, u o`z navbatida, qo`riqlovchi xarakterga ega bo`lgan huquqiy munosabatlarni ham yuzaga keltiradi. Huquqbuzarlikning tarkibi muayyan huquq normasini sharhlash, uning mazmunini ochish hamda dunyoqarash nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Huquqbuzarlik tarkibi to`rtta elementni o`z ichiga oladi: huquqbuzarlikning ob’ekti, sub’ekti, ob’ektiv tomoni va sub’ektiv tomoni. Huquqbuzarlikning ob’ekti deganda huquq bilan tartibga solinadigan va qo`riqlanadigan g’ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik natijasida zarar etkaziladigan ijtimoiy munosabatlarga tushuniladi. Ob’ekt huquqiy normada aniq ifodalangan bo`ladi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs nafaqat jamiyatda qaror topgan huquqiy tartibotga, balki fuqarolarning huquqiy ongiga hamda ularning sub’ektiv huquqlariga zarar etkazadi. Huquqbuzarlik ob’ekti va predmeti alohida tushunchalar bo`lib, ular bir- biridan farq qiladi. Masalan, o`g’rilik jinoyatining ob’ekti, o`zgalar mulki, ya’ni mulkiy mazmundagi ijtimoiy munosabat hisoblanadi, uning predmeti esa pul, videotexnika, mebel’, transport vositalari va boshqa shu kabi turli xil moddiy ashyolar bo`lishi mumkin. Huquqbuzarlikning ob’ektiv tomoni huquq buzilishining tashqi tavsifi bo`lib, bunda shaxsning harakati va harakatsizligi oqibatida huquqning buzilishi hamda uning ijtimoiy xavfliligi namoyon bo`ladi. Mazkur jihatga qarab, huquqbuzarlik to`g’risida, uning qanday sodir bo`lganligi va qay darajada zarar keltirganligi haqida fikr yuritish mumkin. Huquqbuzarlikning ob’ektiv tomoni qonun bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar etkazuvchi ijtimoiy xavfli qilmishning asosiy belgilari yig’indisidir. Shu bois qonun chiqaruvchi organ, birinchi navbatda, huquqbuzarlik tarkibining ob’ektiv tomoni belgilarini qonunda to`liq ta’riflashga harakat qiladi. Qilmishning ob’ektiv tomonini tahlil qilmay turib, shaxsning qilmishida huquqbuzarlik alomati bor yoki yo`qligi to`g’risidagi xulosaga kelish mumkin emas. Huquqbuzarlikning ob’ektiv tomoni elementlari bo`lib quyidagilar hisoblanadi: a) huquqqa zid qilmish (harakat yoki harakatsizlik); b) harakat yoki harakatsizlik natijasida ijtimoiy munosabatlarga etkazilgan zarar (oqibat); v) huquqqa zid qilmish bilan zararli oqibat o`rtasidagi sababiy bog’lanish; g) huquqqa zid qilmishning sodir etilgan joyi, vaqti va muhiti; d) huquqbuzarlikni amalga oshirish usuli va vositalari. Ijtimoiy xavfli qilmish harakat yoki harakatsizlikda ifodalanadi. Harakat shaxsning qonun bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga 117 zarar etkazishga qaratilgan ijtimoiy xavfli, irodaviy va faol xulq-atvoridir. Masalan, odam o`ldirish, o`g’rilik, pora olish, pora berish, pora olish berishda vositachilik qilish, transport vositasini olib qochish kabi jinoyatlar harakat orqali sodir etiladi. Harakatsizlik deganda, shaxsning normativ-huquqiy hujjatlarda bajarishi shart qilib belgilangan muayyan harakatlarni bajarmasligida ifodalangan ijtimoiy xavfli, ongli va sust xulq-atvorini tushunish lozim. Masalan, xavf ostida qoldirish, voyaga etmagan farzandni moddiy ta’minlashdan bo`yin tovlash, hokimiyat vakilining harakatsizligi, sud qarorini bajarmaslik kabi jinoyatlar harakatsizlik oqibatida sodir etiladi. Huquqbuzarlikning sub’ekti bo`lib, huquqbuzarlikni sodir qilgan o`z qilmishlarining oqibati uchun yuridik javobgarlik o`tay oladigan (delikt layoqatiga ega) yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Sub’ektlarning xususiyatlari huquqbuzarlikning turiga bog’liq bo`ladi. Masalan, jinoiy va ma’muriy huquqning sub’ektlari bo`lib faqat jismoniy shaxslar hisoblanadi. Huquqni buzishning sub’ektlari ikki turga ajratiladi: grajdanlar va yuridik shaxslar. Yuridik shaxslarga – davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar kiradi. Yuridik shaxslar deb o`zlariga xos mulkka ega bo`lgan, o`z nomlaridan mulkiy va mulkiy xarakterda bo`lmagan shaxsiy huquqlarga ega bo`la oladigan va majburiyatlarni o`tay oladigan, sudda yoki hakamlar sudida da’vogar va javobgar bo`la oladigan tashkilotlar taniladi (O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39- moddasi). Jinoyat sub’ektining umumiy belgilari: a) jismoniy shaxs; 2) aqli rasolik; 3)jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga etganlik. Jismoniy shaxs bo`lib, O`zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo`lmanan shaxslar hamda chet el fuqarolari hisoblanadilar. O`zbekiston Respublikasida yuridik shaxslar jinoyat subekti xisoblanmaydi. Aqli raso shaxs deganda, huquqbuzarlik sodir etgan vaqtda o`z qilmishining ijtimoiy xavfli ekanligini anglagan va o`z harakatlarini boshqara olgan shaxs tushuniladi. Mast holatida yoki giyovandlik vositalari, psixotrop yoki odamning aql- idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’sirida jinoyat sodir etilsa, javobgarlikni og’irlashtiruvchi holat hisoblanadi va shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi (JKning 19-moddasi). Aqli noraso shaxs deganda, huquqbuzarlik sodir etgan vaqtda o`z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglay olmagan va o`z harakatlarini boshqara olmaydigan, oqibatlari uchun javob bera olmaydigan shaxs tushuniladi (masalan, shizofreniya, epilepsiya, oligefreniya va boshq.) Shaxs sud tomonidan aqli noraso deb topilsa, unga nisbatan tibbiy yo`sindagi majburlov chorasi qo`llanilishi mumkin (JKning 18 - moddasi). Huquqbuzarlikning sub’ektiv tomoni shaxsning (jismoniy va yuridik) huquqqa qarshi qaratilgan harakati yoki harakatsizligi oqibatiga, ulardan kelib chiqadigan ijtimoiy zararga nisbatan ruhiy-ongli munosabatidir. Huquqbuzarlik sub’ektiv tomonining zaruriy belgisi aybdir. Ayb - huquqbuzarning huquqqa xilof xatti-harakatiga va ularning ijtimoiy xavfli oqibatiga nisbatan qasd yoki 118 ehtiyotsizlik shaklidagi munosabatidir. Qasd – shaxsning huquqqa xilof xatti-harakatini sodir qilayotgan paytida, shu harakatning huquqqa xilofliligini, ijtimoiy xavfliligini, uning oqibatini anglashi yoki tushunishidir va bu xatti-harakatning natijasida ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishini bilgani holda ularning kelib chiqishini istab harakat qilishi (to`g’ri qasd) yoki ularning kelib chiqishiga yo`l qo`yishidir (egri qasd). Ehtiyotsizlik — shaxsning xatti-harakatlari natijasida kelib chiqishi mumkin bo`lgan oqibatlarning oldini olishni nazarda tutib, beparvolik bilan o`ziga ishonib harakat qilishidir. Huquqbuzarliklar ijtimoiy xavflilik darajasiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi. Jinoyat - sodir etilishi Jinoyat kodeksida jazo qo`llash tahdidi bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Jinoyat natijasida davlat, jamiyat va shaxs manfaatlariga jiddiy zarar etkaziladi. Har qanday jinoiy-huquqbuzarlik jinoyatdir. Jinoyat kodeksi va boshqa jinoyat qonunchiligida nazarda tutilmagan xatti-harakatlar jinoyat hisoblanmaydi. 1.Nojo`ya xatti-harakat – nojo`ya ish huquqbuzarlikning ko`p tarqalgan ko`rinishi bo`lib, ijtimoiy xavfning kamligi bilan tavsiflanadi va jazo choralarining qo`llanishiga qarab jinoyatdan farq qiladi. Jinoyat – huquqbuzarlikning eng og’ir turidir. Nojo`ya hatti-harakat bu huquqbuzarlik hisoblanib, boshqaruv, mehnat, mulkiy va boshqa munosabatlarga putur etkazuvchi, lekin ijtimoiy xavflilik darajasiga ko`ra jinoyat hisoblanmaydigan huquq buzilishidir. Jinoyat va nojo`ya hatti-xarakatni aniq chegaralash lozim. Chunki u jazoning ijtimoiy-huquqiy chora sifatidagi turi va miqdori bilan bog’liqdir. Ular ijtimoiy xavflilik darajasiga ko`ra farqlanadi. Nojo`ya hatti-harakatga nisbatan jinoyat og’ir, ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Ijtimoiy havflilik darajasini aniqlashda quyidagi mezonlar qo`llaniladi. Birinchidan, qonunga hilof ravishda tajovuzkorlik ob’ekti bo`lgan munosabatlarni huquqiy tartibga solishning ahamiyati. Jinoiy tajovuz ob’ekti, odatda, eng muhim ijtimoiy munosabatlar, manfaatlar, moddiy ne’matlar hisoblanadi. Bu, eng avvalo, shaxsning hayoti va sihat-salomatligi, uning sha’ni va qadr-qimmati, mulki, davlat xavfsizligi, unda o`rnatilgan boshqaruv tartibi va boshqalardir. Ijtimoiy munosabatlarning mehnat, tabiatni muhofaza qilish, transport, uy-joy, kommunal xo`jaligi hamda boshqa sohalari bunchalik ahamiyatga molik emas, chunki ulardagi tajovuzkorlik qonunda jinoyat emas, balki nojo`ya xatti-harakat deb e’tirof etiladi. Ikkinchidan, keltirilgan zarar hajmi. Agar keltirilgan zarar katta bo`lsa, odatda, xatti-harakatni jinoyat deb hisoblanadi. Juda qichik bo`lsa, u nojo`ya xatti- harakat deb aytiladi. Masalan, o`zboshimchalik ma’muriy nojo`ya xatti-harakat sohalari (qonunda belgilangan tartib-qoidani o`zboshimchalik bilan buzish) fuqaro, davlat yoki jamoat tashkilotlariga jiddiy zarar keltirmasa, nojo`ya xatti-harakat hisoblanadi. Agar u shaxs, davlat yoki jamoat tashkilotlariga zarar keltirgan bo`lsa, bunday xatti-harakat jinoyat qonunlariga muvofiq jinoyat deb hisoblanadi. Uchinchidan, huquqqa zid qilmishning usuli, vaqti va sodir qilish joyi. 119 Masalan, harbiy xizmatchi tomonidan tinchlik vaqtida buyruqni bajarmaslik intizomiy nojo`ya xatti-harakat deb topilsa, urush vaqtida bu og’ir jinoyat hisoblanadi. Nojo`ya xatti-harakatlar ba’zi turlarining kengayib borishi ular ijtimoiy xavfining keskin ortishiga olib keladi va qonunchilikda nazarda tutilmagan jinoyatlarning sodir etilishiga sabab bo`ladi. Bunday paytda Jinoyat kodeksi yangi moddalar bilan to`ldiriladi. To`rtinchidan, huquqbuzarning shaxsi. Nojo`ya xatti-harakatlar jinoyatlardan farqli o`laroq, shaxs tomonidan ijtimoiy xavf tug’dirmaydi yoki kam xavfli bo`ladi. Agar shaxs huquqiy normalarni bir necha marta buzsa, ijtimoiy xavf tug’diradi va uning keyingi xatti-harakati nojo`ya harakat tarzida emas, balki jinoyat tarzida baholanadi. Mast holatida transport vositasini boshqargani va yana shunga o`xshash xatti-harakatlar sodir etgani uchun (bunda uning transport vositasini boshqarishga huquqi bo`lmasa) ma’muriy tarzda haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan shaxs o`sha nojo`ya harakatlarini qayta takrorlasa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Nojo`ya xatti-harakat quyidagi turlarga bo`linadi: Fuqaroviy huquqbuzarlik, bunda fuqarolik huquq va majburiyatlarining buzilishi, ya’ni majburiyatlar bajarmaganligi bois, mol-mulkka, kishining sha’niga yoki sog’lig’iga ziyon etkazilishi tushuniladi. Mazkur turdagi huquqbuzarlik mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar talabini buzish oqibatida kelib chiqadi. Shaxsiy nomulkiy huquqlar buzilganida javobgarlik choralari quyidagicha bo`lishi mumkin, masalan, da’vogarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur etkazuvchi ma’lumotlarga nisbatan javobgar tomonidan raddiya bildirish. Mulkiy huquqbuzarlik sodir etilganda etkazilgan zararni undirish, neustoyka to`lash, qarzdordan mulkni olib qo`yish, bitimni haqiqiy emas deb topish kabi javobgarlik choralari qo`llaniladi. Fuqaroviy huquqiy javobgarlik choralari sud, xo`jalik sudi, hakamlik sudi tomonidan qo`llaniladi. Ma’muriy huquqbuzarlik deb jamoat yoki davlat tartibiga, davlatning yoki shaxsning mulkiga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan hamda sodir etilgani uchun qonunda ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan g’ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan) harakat yoki harakatsizlikka aytiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik, xuddi jinoyat kabi, jamiyat uchun xavfli bo`lib, undan faqat ushbu xavfning darajsi bilan farq qiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik ma’muriy qonunchilik tomonidan belgilangan umummajburiy talablarni fuqarolar, xizmat mavqei va itoat etish tartibidan qat’iy nazar mansabdor shaxslar tomonidan buzilishidir. Intizomiy huquqbuzarlik – korxona, tashkilot yoki muassasalarning rahbariyati tomonidan o`rnatilgan yurish - turish va ichki mehnat tartib-qoidalari, xizmat intizomining xodimlar tomonidan buzishlishi hamda xizmat vazifalarini bajarilmasligidir. Mazkur huquqbuzarlik intizomiy javobgarlikka sabab bo`ladi. Intizomiy jazo choralari yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxs (rahbar) tomonidan qo`llaniladi. Ba’zi yuridik adabiyotlarda huquqbuzarlikning alohida turi sifatida protsessual nojo`ya xatti-harakatlar (huquqbuzarliklar) ajratib ko`rsatiladi. 120 Protsessual huquqbuzarlik – qonun bilan belgilangan odil sudlovni amalga oshirish, yuridik ishlarni huquqni qo`llash organlarida o`tishi, huquqni qo`llash hujjatini chiqarish tartib-taomilining buzilishidir. Masalan, guvohning sud majlisiga kelmasligi. Bunday holda guvoh sudga majburan olib kelinishi mumkin. Sudlanuvchining chaqiriq qog’oziga binoan sudga kelmay qolishi ham protsessual huquqbuzarlik hisoblanadi. Bunda sud’ya sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini o`zgartirishi mumkin. 3. Yuridik javobgarlik tushunchasi, turlari va printsiplari Huquqshunoslik fanida yuridik javobgarlik masalasida turlicha fikrlar mavjud. Ko`pchilik mualliflar yuridik javobgarlikni davlatning o`z huquqiy talablarini bajarishga qaratilgan majburlov choralarini ko`llashi deb tushunsalar, boshqa ba’zi olimlar unga amaldagi yuridik kategoriyalar doirasida yondashib, uni qo`riqlovchi huquqiy munosabatlar, maxsus yuridik majburiyatlar yoki huquq normalari sanktsiyalari ko`rinishida talqin etishga intiladilar. Yuridik javobgarlik-huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan protsessual tartibda qonunchilikda belgilangan davlat majburlov choralarini qo`llashdir. Huquqshunoslik fanida yuridik javobgarlik masalasi yuzasidan turlicha fikrlar mavjud. Ko`pchilik mualliflar yuridik javobgarlikni ba’zan davlatning huquq talablarini bajarishga qaratilgan majburlov choralarini qo`llashi deb tushunsalar, boshqa ba’zi bir olimlar unga amaldagi yuridik kategoriyalar doirasida yondashib, yuridik javobgarlikni qo`riqlovchi huquqiy munosabatlar, maxsus yuridik majburiyatlar yoki huquq normalari sanktsiyalari ko`rinishida talqin etishga intiladilar. Yuridik javobgarlikning tabiati va mazmunini aniq belgilash uchun avvalo javobgarlikning o`zi nima degan savolga javob berish zarur. Javobgarlikni ikki ma’noda: aktiv javobgarlik va retrospektiv javobgarlik 1 ma’nosida tushunish mumkin. Ijobiy ma’nodagi javobgarlik – mas’uliyatlilikdir, ya’ni shaxsning jamiyatdagi o`z o`rnini, ijtimoiy taraqqiyotdagi rolini va jamiyat ishlaridagi o`zining ishtirokini chuqur anglab harakat qilishidir. Huquq normalari va qonunchilik talablariga nisbatan mas’uliyatlilik kishilar harakatining ahloqiy va siyosiy regulyatori sifatida maydonga chiqadi. Ijobiy ma’nodagi javobgarlik huquq normalari talablarini buzmaslik uchun javobgarlikdir. Retrospektiv ma’nodagi javobgarlik – shaxs o`z harakatlarining salbiy natijalari uchun, huquqni buzganligi uchun ma’lum huquq va burchlardan mahrum bo`lish formasida o`taladigan javobgarlikdir. Bu ma’nodagi javobgarlik huquqqa zid keluvchi va jamiyat manfaatlariga zarar etkazuvchi xatti-harakatni sodir etganlik uchun yuklanadigan javobgarlikdir. Javobgarlikning bu ikki turi o`zaro uzviy bog’liqdir. Ijobiy javobgarlik (mas’uliyat) qancha yuqori bo`lsa, turmush qoidalari shuncha yaxshi bajariladi 1 Ɋɟɬɪɨɫɩɟɤɬɢɜ – ʆɬɦɢɲ, ʆɬɦɢɲɝɚ ԕɚɣɬɢɲ ɞɟɦɚɤɞɢɪ. ɘɪɢɞɢɤ ɦɚɴɧɨɞɚ ԟɭԕɭԕɢɣ ɧɨɪɦɚɧɢ ɛɭɡɝɚɧɞɚɧ ɤɟɣɢɧɝɢ ɠɚɜɨɛɝɚɪɥɢɤ, ɹɴɧɢ ʆɬɝɚɧ ɢɲ ɭɱɭɧ ɠɚɜɨɛɝɚɪɥɢɤ. 121 hamda retrospektiv javobgarlikka tortilish holatlari shuncha kam bo`ladi. Ijobiy va retrospektiv javobgarlik faqat yuridik javobgarlik uchungina xos elementlar bo`lib qolmasdan, balki umuman sotsial javobgarlik uchun ham xosdir. Sotsial javobgarlik ancha keng tushuncha bo`lib, barcha sotsial normalarni buzganlik (yoki buzmaslik) uchun javobgarlikni nazarda tutadi. Sotsial javobgarlik siyosiy javobgarlik, yuridik javobgarlik, axloqiy va boshqa xil javobgarliklarni o`z ichiga oladi. Yuridik javobgarlik – bir tomondan, fuqarolar va mansabdor shaxslarning davlat tomonidan o`rnatilgan huquqiy norma talablariga to`liq amal qilish mas’uliyati va, ikkinchi tomondan, davlat bilan huquqni buzgan shaxs o`rtasida huquqiy munosabat bo`lib, bunda aybdor shaxs muayyan huquqlardan mahrum etilib, o`zi uchun noxush oqibatlar kelib chiqishidan jabrlanishidir. Bunda huquq normasi sanktsiyalarini realizatsiya qilish momenti yuridik javobgarlik belgilash momentiga mos keladi deyish mumkin. Yuridik javobgarlikda huquqqa xilof xatti-harakatni sodir etgan shaxsga nisbatan uning erki va istagidan qat’i nazar davlat majburlov chorasi qo`llaniladi. Davlatning majburlash kuchi faqat huquq normalari talablarini buzgan shaxslarga nisbatangina qo`llaniladi. Yuridik javobgarlik – huquqbuzarga nisbatan huquq normalarida ko`zda tutilgan sanktsiyalar asosida davlatning majburlov choralarini qo`llashi bo`lib, bunda aybdor shaxs muayyan huquqlardan (shaxsiy, mulkiy, tashkiliy va hokazo) mahrum etiladi. Yuridik javobgarlik quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi: 1) yuridik javobgarlik davlat majburlov choralari bilan bog’liq; 2) yuridik javobgarlik huquqbuzarlik bilan bog’liq; 3) yuridik javobgarlik huquqbuzar uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi (ozodlikdan, ota-onalikdan mahrum bo`lish yoki sodir etilgan qilmishi uchun jarima to`lash va hokazo); 4) huquqbuzarga nisbatan qo`llaniladigan choralarning xarakteri va hajmi huquq normalarning sanktsiyasida o`rnatilgan bo`ladi; 5) davlat tomonidan qo`llaniladigan majburlov choralari huquqni qo`llash faoliyati davomida tegishli vakolatli organlar tomonidan qonunda belgilangan tartibda va protsessual shakllarga amal qilgan holda olib boriladi. Yuqoridagi xususiyatlari bilan yuridik javobgarlik siyosiy, axloqiy va boshqa javobgarliklardan farq qiladi. Yuridik javobgarlikka tortish uchun asosi – huquqbuzarlikdir, ya’ni, huquq normalari talabini buzuvchi muayyan harakat yoki harakatsizlikdir. Tabiiyki, yuridik javobgarlik muayyan maqsadlarni ko`zlaydi. Bu erda “maqsad” deganda yuridik javobgarlikning jamiyatda bajaradigan vazifasi nazarda tutilmoqda. Yuridik javobgarlikning ikki muhim maqsadi mavjud: huquqiy tartibotni muhofaza qilish va fuqarolarni tarbiyalash. Bu maqsadlarga erishish uchun yuridik javobgarlik quyidagi funktsiyalarni bajaradi: jazolash (jarima solish); buzilgan huquqni tiklash (masalan, mulkiy javobgarlik, etkazilgan zararni undirish); ogohlantirish. Mazkur funktsiyalar vositasida yuridik majburiyatlarning bajarilishi ta’minlanadi. 122 Yuridik javobgarlikning belgilari. Yuridik javobgarlik quyidagi o`ziga xos belgilari bilan ajralib turadi: Birinchidan, u davlat majburlovi bilan chambarchas bog’liq. Yuridik javobgarlik davlat tomonidan o`rnatiladi va yuridik normalarda ifoda etilganidek, huquqning talablaridan chetga chiqqan aybdor shaxslarga nisbatan majburiy ta’sirning o`ziga xos usuli bo`lib hisoblanadi. Yuridik javobgarlik ayrim nojo`ya xatti-harakatga nisbatan javob sifatida alohida hollarda qo`llaniladi. Shuning uchun, qoidaga ko`ra, u huquqbuzarlar uchun qo`llanadigan qat’iy cheklovlar tarzida namoyon bo`ladi. Ikkinchidan, yuridik javobgarlikning amaldagi asosi shunday huquqbuzarlik, ya’ni shaxsning ichki (ongi yoki irodasi) va tashqi harakatlarining birligini mujassamlashtirgan xatti-harakati sifatidagi akt bo`lishi mumkin. Bu huquqiy ko`rsatmalarni buzishda aybdor bo`lgan shaxsgina huquqiy javobgarlikning sub’ekti bo`lishi mumkinligini bildiradi. Uchinchidan, yuridik javobgarlik davlat tomonidan ayblash, huquqbuzarning xulq-atvori uchun tanbeh berish bilan bog’liq. Davlat tomonidan ayblash – bir qator xususiyatlarga ega bo`lgan tushuncha hisoblanadi: a) bunday qoralash xulq- atvori uchun tanbeh beriladigan sub’ektlarga nisbatan hokimiyat ta’sirini qo`llash bilan bog’liq; b) davlat tomonidan ayblash huquqbuzarni aybdor deb topish, unga nisbatan aniq javobgarlik choralarini belgilash va ularni amalga oshirishda namoyon bo`ladi; v) bu retrospektiv xususiyatga ega. Bunda fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlarning ilgari sodir etilgan huquqqa xilof faoliyati va harakatlari salbiy bahoga sazovor bo`ladi. To`rtinchidan, yuridik javobgarlik hamma vaqt huquqbuzarga nisbatan ma’lum salbiy (noxush) oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog’liq. Yuridik javobgarlikni huquqbuzarlik sodir qilgan shaxs uchun qonunda belgilangan qiyinchiliklar va cheklashlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Yuridik javobgarlikning quyidagi turlari mavjud: Jinoiy javobgarlik fuqarolar tomonidan jamiyat va davlat tuzumiga, turli shakldagi mulkka, xo`jalik tizimiga, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlari va hakozolarga qarshi tajovuz qilinganida kelib chiqadi. Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan talablarni buzish jinoyat hisoblanadi va shu jinoiy harakat yoki harakatsizlikka nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi. Jinoiy javobgarlikka davlat majburlov choralarining eng qattiq turlari kiradi. Uni amalga oshirish Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslari bilan tartibga solingan. Jinoiy javobgarlikda jazo asosiy va qo`shimcha turlarga bo`linadi. Hozirgi kunga kelib jazo tizimini erkinlashtirish (liberallashtirish) bo`yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezident famoniga muvofiq, O`zbekiston Respublikasida o`lim jazosi 2008 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilindi. Shu bilan bir qatorda mol – mulkni musodara qilish jazosi qo`shimcha jazo tizimidan chiqarib tashlandi. Ma’muriy javobgarlik – ma’muriy-huquqiy munosabatlarning buzilishi bilan bog’liq bo`lib, ularga – jamiyatda o`rnatilgan tartib-qoidalarni bajarmaslik, masalan yo`l harakati qoidalarini va jamoat tartibini buzish, tabiatni muhofaza etishga qarshi harakatlar va boshqalar kiradi. 123 Ma’muriy-huquqiy javobgarlik bo`yicha quyidagi jazo choralarini ko`rsatish mumkin: ogohlantirish; jarima solish; (huquqbuzarlik quroli yoki ob’ekti bo`lgan narsani) musodara qilish; maxsus huquqlardan mahrum etish (ov qilish, transport vositalaridan foydalanish va hokazo); ma’muriy qamoq; ahloq tuzatish ishlari va boshqalar. Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik – fuqarolik qonunchiligi qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan jabrlanuvchiga etkazilgan mulkiy zararni qoplash bilan bog’liq majburiy ta’sir chorasi qo`llaniladi. Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik shartnoma talablarini lozim darajada yoki umuman bajarmaganlik uchun kelib chiqadi va odatda, mulkiy (moddiy) mazmundagi ta’sir choralari qo`llanishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga ta’kidlash joizki, fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka sabab bo`luvchi huquqbuzarlik (majburiyatni bajarmaslik) ikki xil bo`ladi: a) fuqaroviy qonunchilikda nazarda tutilgan mulkiy majburiyatlarni bajarmaslik; b) fuqarolarning sog’ligi, hayoti, sha’ni va qadr-qimmatiga daxldor nomulkiy majburiyatlarni bajarmaslik. Mazkur javobgarlik Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi, Er kodeksi, Mehnat kodeksi va boshqa xususiy huquq sohasiga oid qonunlar normasini buzish natijasida kelib chiqadi. Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik choralariga tegishli majburiyatni majburiy bajartirish, zararni undirish, neustoyka, jarima, penya va boshqalar kiradi. Intizomiy javobgarlik – korxona va tashkilotlarda belgilangan tartib- qoidalarni buzish oqibatida kelib chiqadi. Intizomiy-huquqiy javobgarlikning belgilanish holatlari Mehnat kodeksi, korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartib-qoidalari hamda maxsus nizomlarda nazarda tutiladi. Intizomiy javobgarlik mehnat va xizmat intizomini, harbiy va boshqa intizomni buzish bilan bog’liq bo`lib, ularga idoraning ichki tartib-qoidalarini buzish, ishga kech kelish yoki ishdan barvaqt ketish va hokazo hollarda kelib chiqadi. Intizomiy-huquqiy jazo chorasini qo`llash ichki ishlar organlari, mansabdor shaxslar va tegishli vakolatga ega bo`lgan rahbarlar (ma’muriyat) tomonidan amalga oshiriladi. Mehnat intizomini buzgan xodimlar korxona, tashkilot va muassasa ma’muriyati tomonidan javobgarlikka tortiladilar. Fuqaro aviatsiyasi, temir yo`l transporti xodimlari, sud’yalar va boshqa ayrim toifa xodimlarning intizomiy javobgarligi to`g’risidagi masala maxsus intizomiy komissiyalar tomonidan tegishli nizomlar asosida ko`rib chiqib, hal etiladi. Jinoiy va fuqarolik – huquqiy javobgarlikni belgilash faqat sud va xo`jalik sudlari tomonidan amalga oshiriladi. Ma’muriy va intizomiy-huquqiy javobgarlik ichki ishlar organlari, mansabdor shaxslar va tegishli vakolatga ega rahbar shaxslar (ma’muriyat) tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik javobgarlikni belgilashning asosiy maqsadi jazolash emas, balki huquq umumiy maqsadlarining muayyan ifodasiga qaratilgan bo`lib, ular ijtimoiy munosabatlarning mustahkamlanishi, tartibga solinishi va himoyasida o`zining ifodasini topadi. Bu maqsadlar o`z navbatida huquqning tartibga soluvchi (regulyativ) va qo`riqlovchi funktsiyalari amalda bo`lishini belgilaydi. Yuridik javobgarlikning asosiy funktsiyasi qonuniylik va huquq-tartibotni muhofaza 124 qilishdan iborat. Muayyan huquqbuzarga nisbatan javobgarlikning qo`llanishi birmuncha tor maqsadni, ya’ni aybdorni jazolashni ko`zlaydi. Bu bilan davlat o`zining majburlov choralarini amalga oshira turib, yana boshqa bir maqsadni ko`zda tutadi – bu maqsad kelajakda huquqbuzarlikni sodir etishning oldini olishga yoki bu haqda ogohlantirishga qaratilgan bo`ladi. Bu maqsadlar, o`z navbatida, javobgarlikning ijtimoiy vazifalarini belgilab beradi. Ko`p yillar mobaynida olimlar yuridik javobgarlikning maqsadi va printsiplar xususida fikr-mulohaza yuritib, umumiy to`xtamga kelganlar, deyish mumkin. Bu nuqtai nazarni Ch. Bekkaria shunday bayon etgan: “... Hech bir jazo alohida fuqaro yoki ko`pchilikning bir kishi ustidan zo`ravonlik ishlatishi ifodasi bo`lmasligi uchun u oshkora, tezkor, muqarrar, qonunda ko`rsatilgan barcha qo`llanishi mumkin bo`lgan choralar ichida eng engili, sodir etilgan jinoyatga mutanosib bo`lishi lozim” 1 . Yuridik javobgarlikni belgilashda quyidagi printsiplarga amal qilinadi: Adolatlilik – aybdor bo`lmagan shaxslarning javobgarlikka tortilishiga yo`l qo`ymaslik yoki sodir etilgan qilmishning isbotlanishi zarurligini talab etadi, shuningdek qo`llanilayotgan jazo sodir etilgan jinoyatga mutanosib bo`lishi lozim. Qonuniylik – huquq qoidalari talablarini qat’iy va aniq joriy etishdan iborat bo`lib, yuridik javobgarlikka nisbatan bu talab faqat vakolatli davlat organlari tomonidan qonunda belgilangan asoslarda hamda o`rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda muomalaga layoqatli shaxsga nisbatan u huquqqa zid xatti- harakat qilgan taqdirgina jazo qo`llanilishi lozim. Gumanizm (insonparvarlik) – yuridik javobgarlikka tortish jarayonida qonunda nazarda tutilmagan usullar, ya’ni qiynoqqa solish, jismoniy azob berish kabi insonning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi holatlarga yo`l qo`ymaslikni talab etadi, ayniqsa jazo tayinlanayotgan vaqtda inson huquqlarining oliy qadriyat ekanligi e’tiborga olinishi lozim. Jazoning asoslanganligi – bunda jazo tayinlash vaqtida sud ishni har tomonlama chuqur o`rganib, tahlil qilib, aybini isbotlab keyin jazo tayinlashi lozim. Maqsadga muvofiqlik printsipi sodir etilgan qilmishga nisbatan javobarlikning muqarrarligini anglatadi, chunki belgilangan jazo yuridik javobgarlikning maqsadiga muvofiq bo`lishi lozim. Javobgarlikning muqarrarligi – yuridik javobgarlik faqat huquqbuzarlik asosida kelib chiqadi, u bilan bevosita bog’liq. Sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik (jazo) albatta qo`llanilishi shart u muqarrar bo`lmog’i lozim. Hech bir huquqbuzarlik jazosiz qolmasligi shart. Individuallik printsipiga binoan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun faqat aybdor shaxsning o`ziga nisbatan javobgarlik qo`llaniladi, jumladan, ota yoki onaning huquqbuzarligi uchun farzand yoki farzand uchun ota-ona javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Jamiyatda har bir shaxs sodir etgan huquqbuzarligi uchun o`zi javob beradi. Yuridik javobgarlik funktsiyalari. Shaxsning sodir qilgan huquqbuzarligi 1 Ȼɟɤɤɚɪɢɚ ɑ. Ɉ ɩɪɟɫɬɭɩɥɟɧɢɹɯ ɢ ɧɚɤɚɡɚɧɢɹɯ. – Ɇ., 1995. – ɋ.247. 125 uchun davlat muayyan yuridik javobgarlikni amalga oshiradi. Huquqbuzarlik uchun qo`llanilayotgan har bir yuridik javobgarlikning o`ziga xos vazifasi mavjud. Yuridik javobgarlikka tortishning asosiy maqsadi, huquqbuzar shaxsni jazolash yoki unga biror-bir jazo berish bilan kifoyalanib qolmay, balki undan boshqa yuridik oqibatlar ham kutiladi. Jumladan: jazolash funktsiyasi bu aybdor shaxsning huquqbuzarlik sodir etganligi uchun unga shaxsiy (ozodlikdan mahrum qilish), mulkiy (jarima to`latish), tashkiliy (ishdan bo`shatish, muayyan faoliyatni cheklash) jihatdan salbiy ta’sir etishdir; huquqni tiklash funktsiyasi – bunda huquqbuzar shaxs tomonidan buzilgan huquqlarni tiklash, etkazilgan zararni qoplash nazarda tutiladi; maxsus ogohlantirish funktsiyasi. Uning mohiyati shundaki, huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni kelajakda bu kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi, davlat, jamiyat va shaxsga muayyan zarar etkazuvchi xatti-harakatlarni sodir etmaslik haqida ogohlantiriladi; umumiy ogohlantirish nafaqat huquqbuzar shaxsni, balki jamiyatning birga a’zolarini huquqbuzarlik sodir etishning yomon oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirish va bu kabi salbiy harakatlarni sodir etishdan o`zlarini tiyishga, ya’ni huquqiy harakat qilishga chaqirishdir; tarbiyaviy funktsiya ikki xil mohiyat kasb etadi, birinchidan, jamiyat barcha a’zolarini huquqbuzarlik sodir etmaslik, huquqqa hurmat ruhida tarbiyalasa, ikkinchidan, bevosita huquqbuzar shaxslarni qayta tarbiyalash, kelajakda huquqqa rioya etish va uni hurmat qilishga safarbar etadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling