Davlat va huquq nazariyasi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
davlat va huquq nazariyasi
– qonunchilik faoliyati va huquqiy tizimning mukammalligi, jamiyat, davlat va fuqarolarning yuqori darajada huquqiy ong va madaniyatga egaligi, yuridik amaliyot va yuridik fan (ta’lim) ning rivojlanganligi bilan belgilanadi. Huquqiy kafolat qonuniylikni ta’minlovchi kafolatlarning boshqa turlaridan keskin farq qiladi hamda samaraliroqdir. Chunki, huquqiy kafolat qonunlar amal qilishi uchun asosiy garov hisoblanadi. Bunda huquqiy normalarning takomillashuvi, ularning bekamu-ko`st tatbiq etilishi, shuningdek huquqiy normalar buzilishining oldini olishda mansabdor shaxslarning faoliyati va mas’uliyati katta o`rin egallaydi. Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash va qo`riqlashda huquqiy kafolat ikki usulga, ya’ni: ishontirish va majburlash usullariga tayanadi. Ishontirish usuli keng xalq ommasiga qonunlar va huquqiy normalar mazmunini tushuntirish orqali, ular ongiga singdirish va boshqa tarbiyaviy choralar ko`rish yo`li bilan amalga oshiriladi. Bunda qonunlarga ixtiyoriy rioya qilinishiga erishiladi. Majburlash usulida qonunlar va boshqa huquqiy normalar buzilgan taqdirda, davlat organlari tomonidan majburiy choralar qo`llash amalga oshiriladi. Shu tariqa qonunning bajarilishiga erishiladi. Umuman qonuniylikni ta’minlash va rivojlantirishda, avvalambor majburlash emas, balki ishontirish usuli asosiy o`rin tutadi. Qachonki ishontirish ko`zlangan natijani bermasa, huquqbuzar shaxs amaldagi huquqiy va ijtimoiy tartibotga qarshi o`z harakatini davom ettirsa, shu vaqtdagina majburlash usuli qo`llanilishi mumkin. Majburlash hamma vaqt ishontirishga asoslanadi. Ishontirish usuli huquqda mustahkamlangan yurish-turish qoidalarini ta’minlash maqsadida jamiyat a’zolari ongiga davlat va jamoat tashkilotlarining faol ta’sir qilishidir. Qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlashda jamoatchilikka tayanish huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining ustuvor talabidir. 2. Huquqiy tartibot tushunchasi, turlari va tuzilishi Huquqni amalga oshirish va huquqiy norma talablarini bajarish qonuniylikning asosiy talabidir. Bu talabning amalga oshirilishi, erkin ijtimoiy munosabatlarda shunday tartibni o`rnatishga olib kelishi kerakki, bunda sub’ektiv huquq qarshiliksiz amalga oshirilishi, yuridik majburiyatlar esa og’ishmay bajarilishi lozim. Qonuniylik asosida o`rnatilgan bunday tartibot huquqiy tartibot deyiladi. Demak, huquqiy tartibot qonuniylik talablarini amalga oshirish asosida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarning muayyan holatidir. Qonuniylik bilan huquqiy tartibot bir-biridan farq qiladi: qonuniylikning mazmuni huquqiy normalarga qat’iy va og’ishmay rioya etishda ifodalansa, huquqiy tartibot esa, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining xalq-atvori, ularning sub’ektiv huquq va 105 majburiyatlariga muvofiq kelishida ifodalanadi. Davlat jamiyatda o`rnatilgan huquqiy tartibotning bosh kafolatidir. Shunday qilib, huquqiy tartibot – huquqiy munosabatlar doirasida, mazkur munosabatlarning ishtirokchilari o`z sub’ektiv huquqlarini amalga oshirishlari va yuridik majburiyatlarini bajarishlari natijasida vujudga keladi. Qonuniylikni amalga oshirish huquqiy tartibotni ta’minlash vositalaridan biri bo`lsa, huquqiy tartibotni mustahkamlash esa, o`z navbatida qonuniylikni mustahkamlashga yordam beradi. Huquqiy tartibot - huquqiy normalarni qo`llash natijasida ijtimoiy munosabatlarning tartibga solinganligini o`zida ifodalaydi. Ushbu tartibot qonunlarning aniq amalga oshirilishi vositasida o`rnatiladi. Bunda fuqarolar va tashkilotlarning huquqiy maqomi saqlanadi va ularning huquqiy layoqati qarshiliksiz amalga oshirilishi mumkin bo`ladi. Qonunlarsiz qonuniylik bo`lmaganidek, huquqiy munosabatlarsiz huquqiy tartibot ham bo`lishi mumkin emas. Shu bilan birga, huquqiy tartibot bilan huquqiy munosabatlarning yig’indisini tenglashtirib bo`lmaydi. Ma’lum guruhdagi ijtimoiy munosabatlarning huquq bilan tartibga solinishi huquqiy munosabatlar yig’indisini tashkil qiladi, ya’ni shu munosabat ishtirokchilari uchun qonunda aniq huquq va majburiyatlar ko`rsatilgan bo`ladi. Ammo huquqiy tartibot uchun bu etarli emas, shu bois sub’ektiv huquqlarning amalga oshirilishi, yuridik majburiyatlarning qat’iy bajarilishini ta’minlovchi kafolatlar bo`lishi zarur. Huquqiy tartibot huquq bo`lgan joyda, huquq normalarining amalga oshirilishi ta’minlangan joyda mavjuddir. Jamoat tartibi - huquqiy normalarni amalga oshirishni va jamiyat turmush qoidalarini (shu jumladan, ahloq, odob va boshqa huquqiy bo`lmagan ijtimoiy yurish-turish qoidalarini) hurmat qilishni talab etadi. Jamoat tartibini buzish faqat huquqiy normalarni emas, balki turmush qoidalarini hurmat qilmaslik natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Jamoat tartibi huquqiy tartibotga nisbatan keng ma’noni anglatadi. Jamiyatda huquqiy tartibotning o`rnatilishi va amalga oshirilishi muayyan rahbariy g’oyalar, printsiplar asosida amalga oshiriladi. Huquqiy tartibot printsiplari qonuniylik, huquqiy tartibotning yagonaligi, ierarxiyaga asoslanganlik, adolatlilik, huquqiy tartibotning kafolatlanganligi, normativligi kabilardan iborat. Qonuniylik – davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga og’ishmay amal qilishini anglatadi. Huquqiy tartibotning yagonaligi printsipiga ko`ra mamlakatning butun hududida yagona huquqiy muhit, huquqiy tartib o`rnatiladi, mazkur huquqiy tartibotga to`g’ri kelmaydigan boshqa tarzdagi tartib o`rnatish qat’iyan man etiladi. Ierarxiyaga asoslanganligi - huquqiy tartibotni amalga oshirishda ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari normativ-huquqiy hujjatlarning pog’onama-pog’ona joylashganligi printsipiga rioya etishini anglatadi. Adolatlilik – huquqiy tartibotning asosiy printsipi hisoblanadi. Jamiyatda o`rnatilgan huquqiy tartibot adolat g’oyasi bilan yo`g’rilgan bo`lishi lozim, shundagina jamiyat a’zolari bunday huquqiy tartibotga ixtiyoriy rioya qilishlari 106 mumkin. Huquqiy tartibotning jamiyat barcha a’zolari uchun maqbul bo`lishi talab etiladi. Huquqiy tartibotning kafolatlanganligi – jamiyatda o`rnatilgan har qanday huquqiy tartib davlatning tashkilotchilik faoliyati va majburlov kuchi bilan ta’minlanadi. Huquqiy tartibotni ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar etakchi o`rinni egallaydi. Sud, prokuratura va ichki ishlar organlari o`zlarining kundalik faoliyatida jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan vazifalarini amalga oshiradilar va shu yo`l bilan jamiyatda huquqiy tartibot o`rnatadilar. Huquqiy tartibotning normativligi – jamiyatda mavjud ijtimoiy munosabatlarning amalga oshishi hammaga birdek majburiy bo`lgan huquqiy normalar orqali tartibga solinadi; huquqiy munosabat sub’ektlari va ularning sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlari doirasi hamda huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o`zgartiruvchi va bekor qiluvchi yuridik faktlar qonun bilan belgilanadi; huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakatlari aniqlashtiriladi. Nazoratga olinganligi. Huquqiy tartibot davlat va jamiyat tomonidan o`rnatiladi va nazoratga olinadi. Huquqiy tartibot o`rnatilgan jamiyatda inson huquq va erkinliklariga rioya etiladi, fuqarolar o`z majburiyatlarini ixtiyoriy bajaradilar. Shuningdek, fuqarolarning huquqiy xulq-atvorini amalga oshirishga, qonun va qonun osti hujjatlarini sifatli tarzda yaratishga hamda huquqni to`g’ri tatbiq etishga erishiladi. Yuqorida qayd etilgan printsiplarga tayangan holda jamiyatda huquqiy tartibot o`rnatiladi. Yuridik adabiyotlarda huquqiy tartibotni turlarga ajratish, ya’ni tasniflash mavjud va u bir necha shakllarda namoyon bo`ladi: birinchidan, hududiy miqyosiga ko`ra mamlakat, viloyat va tuman miqyosida o`rnatilgan huquqiy tartibot; ikkinchidan, huquq sohasiga ko`ra: konstitutsiyaviy, moliyaviy, ma’muriy, jinoiy-huquqiy va boshqa huquq sohalari doirasida o`rnatilgan huquqiy tartibot; uchinchidan, huquqiy ta’siriga ko`ra umumhuquqiy, sohaviy va alohida normalar bilan o`rnatiladigan huquqiy tartibot. Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish muayyan tartibni joriy qilish, kishilarning o`zaro munosabatlarida mustahkam intizomni qo`llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Jamiyatda qonuniylik, jamoat va huquqiy tartibotning ta’minlanishiga kuchli intizom orqali erishiladi. Intizom – davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek korxona va muassasalarda o`rnatilgan, amal qilinishi lozim bo`lgan ichki kun tartibi qoidalaridir. Huquqshunoslikda intizomni tasniflashning ko`p turlari bo`lib, ularni shartli ravishda uch guruhga bo`lib o`rganish mumkin. Bular davlat intizomi, harbiy intizom va mehnat intizomi kabi turlardan iborat. Davlat intizomi – davlat tomonidan o`rnatilgan va shu hududda yashovchi barcha fuqarolar uchun majburiy ahamiyatga ega tartib-qoidalarga rioya etishdir. Davlat intizomi muayyan davlat hududida o`rnatiladi, mazkur davlat fuqarolari uchun taalluqli bo`ladi. Intizomni buzish yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradi, o`rnatilgan intizom davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. 107 Harbiy intizom deganda barcha harbiy xizmatchilarning harbiy nizomlar, komandirlar (boshliqlar) ning buyruqlari bilan belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy va aniq rioya etishi tushuniladi. Harbiy intizomga harbiy burch, shaxsiy mas’uliyat va mislsiz sadoqat kabi omillar orqali erishiladi. Yuksak harbiy intizomga erishishning asosiy yo`nalishlari quyidagilarda ifodalanadi: – harbiy xizmatchilarda yuksak axloqiy-ruhiy va jangovar fazilatlarni tarbiyalash, komandirlarning buyruqlariga ongli tarzda bo`ysunish; – har bir harbiy xizmatchining o`z majburiyatlari va harbiy nizomlar talablarini bajarish mas’uliyati; – harbiy qismda ichki tartibga bo`ysunish, barcha harbiy xizmatchilar tomonidan kun tartibiga qat’iy rioya qilish; – jangovar tayyorgarlikni puxta tashkil etish va u barcha shaxsiy tarkibni qamrab olishi. Harbiy intizom qo`mondonlarning o`z qo`l ostidagilarga kundalik talabchanligi, xizmatchilarning ijro intizomini nazorat qilish, harbiy xizmatchilarning sha’nini hurmat qilish va bu haqda doimo g’amxo`rlik, ishontirish, majburlash, jamoatchilik ta’sirini oqilona uyg’unlashtirish va o`rinli qo`llash kabi omillarga tayangan holda amalga oshiriladi. Mehnat intizomi deganda, mehnat jamoalarining, har bir xodimning mehnatga munosabati, xatti-harakatlarining belgilangan tartibi tushuniladi. Mehnat intizomi korxona (muassasa, tashkilot) rahbariyati tomonidan o`rnatiladi va unga barcha xodimlarning rioya etishi majburiydir. O`rnatilgan intizomning buzilishi xodimlarni tanbeh, hayfsan hamda mehnat shartnomasini bekor qilish kabi intizomiy javobgarlikka tortishga asos bo`ladi. Demak, intizom qonuniylik, huquqiy tartibot va jamoat tartibining uzviy, tarkibiy bo`g’ini hisoblanadi. Jamiyat a’zolarining alohida guruhlari faoliyat ko`rsatayotgan tashkilot, korxona, harbiy qismlar va boshqalarda intizomning o`rnatilishi, butun jamiyatda qonuniylik, huquqiy tartibot va jamoat tartibining o`rnatilishiga ko`maklashadi. Shunday qilib, muayyan davlat va jamiyat taraqqiyoti inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi, qonuniylik talablarining qat’iy ravishda bajarilishi, jamiyatda huquqiy tartibot va jamoat tartibining qaror topishi bilan chambarchas bog’liqdir. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Qonuniylik tushunchasini qanday tushunasiz? 2. Qonuniylikning qanday printsiplarini bilasiz? 3. Qonuniylikni ta’minlashda xalqning bevosita ishtirok etishi deganda nimani tushunasiz? 4. Qonuniylikni amalga oshirishda qanday kafolatlar bor? 5. Huquqiy tartibot deganda nimani tushunasiz? 6. Jamoat tartibi qanday tushunasiz? 7. Jamoatchilik kafolati nima? 8. Huquqiy tartibotning qanday printsiplari mavjud? 108 9. Huquqiy tartibot va jamoat tartibi tushunchalarining qanday farqlari bor? 10. Huquq tartibotni qaysi organlar amalga oshiradi? 11. Harbiy intizom tushunchasini izohlab bering? 12. Mehnat intizomi va harbiy intizom tushunchalarining farqini aytib bering? Test savollari 1. Huquqiy tartibot nima? 1. Huquqiy normalar asosida tartibga solinadigan ijtimoiy tartibotdir 2. Hodimlarning ichki idora qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda faoliyat yuritishlari 3. Bu huquq normalarini amalda sinash 4. Bu tashkilotlarni o`rnatilgan huquq normalarini bajarishi 5. Axloq normalari orqali jamoat tartibini saqlash 2. Qonuniylik kafolatlar to`g’ri ko`rsatilgan qatorni toping: 1. Yuridik 2. Iqtisodiy 3. Ijtimoiy 4. Barcha javoblar to`g’ri 5. Siyosiy 3. Intizomning turlari qaysi qatorda to`g’ri ko`rsatilgan: 1. Maishiy, ijtimoiy va siyosiy 2. Davlat, fuqaroviy va harbiy 3. Harbiy, jinoiy va ma’muriy 4. Harbiy va mehnat 5. Mehnat, jismoniy va siyosiy 4. Qonuniylikni o`rnatish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim? 1. Fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organlari tizimini takomillashtirish 2. Soliq idoralari faoliyatini yuksaltirish 3. Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish 4. Fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish 5. To`g’ri javob berilmagan 5. Qonuniylikning vazifasi nimadan iborat? 1. Jinoyatlar va jinoyatni sodir etgan shaxslarni qidirib topish 2. Har bir inson va fuqarolarni jamiyatga, davlatga bo`lgan munosabatlariga vijdonan, to`g’ri, adolatli yondashishga sharoit yaratish 3. Qabul qilingan qonunlar sonini aniqlash, ularning samarasini o`rganish va tahlil qilib borish 4. Qonuniylik faqat prokuror nazorati uchun zarur 5. Davlatning obro`sini ko`tarish 6. Qonuniylikning asosiy vazifasini aniqlang? 1. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish 2. Turli mulk shakllarini qo`riqlash 3. Barcha javoblar to`g’ri 109 4. Mamlakatning ijtimoiy va davlat tuzumini mustahkamlash 5. Bozor iqtisodiyotiga o`tish uchun mulkning turli shakllariga yo`l qo`yish 7. Qonuniylik printsipi amaliy ahamiyatga egami? 1. Ahamiyatga ega emas 2. Jinoyatchilikka qarshi kurash bog’lik bo`lmagan qonunlar qo`llanganda ahamiyatga ega 3. Agar qonunda yoki biror normativ aktda ahamiyatga ega ekanligi to`g’ridan-to`g’ri ko`rsatilgan bo`lsa bunda ega bo`ladi 4. Har qanday holatda ahamiyatga ega 5. Faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarni nazarda tutadi 8. Qonuniylikni mustahkamlashdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad nima? 1. Xalifalik boshqaruvidagi davlat tuzumini o`rnatish 2. Qonunni buzgan shaxslarga nisbatan murosasiz bo`lish 3. Davlatning obro`sini yuksaltirish 4. Oliy majlis raisi vakolat muddatini uzaytirish 5. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish 9. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat qaysi davlat organiga yuklatilgan? 1. Prokuratura organlari 2. Jamoat tashkilotlari 3. Qonun chiqaruvchi 4. Barcha javoblar to`g’ri 5. Sud organlari tizimi 10. Qonuniylikning asosiy printsiplari ko`rsatilgan variantni aniqlang? 1. Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlanganligi 2. Barcha javoblar to`g’ri 3. Qonun oldida hammaning tengligi 4. Qonuniylikning huquqiy madaniyat bilan bog’liqligi 5. Qonunning yagonaligi 11. Qonuniylik tushunchasiga to`g’ri ta’rif berilgan qatorni toping: 1. Bu davlatning maxsus faoliyati hisoblanadi 2. To`g’ri javob berilmagan 3. Jamoat joylaridagi tartibni o`rnatish, fuqarolarni qonunga hurmatda bo`lish ruhida tarbiyalash 4. Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining asosiy faoliyat yo`nalishi 5. Ijtimoiy munosabat qatnashchilarining huquqiy normalarga aniq, qat’iy holda rioya qilishlari 12. Huquqiy tartibotni o`rnatishda eng asosiy vazifa kimga yuklatilgan? 1. Moliya organlariga 2. Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlariga 3. Mudofaa vazirligiga 4. Ichki ishlar organlariga 5. Barcha javoblar to`g’ri 13. Huquqiy tartibotning me’yoriy asosi: 110 1. Huquqiy munosabatlar 2. Asosan huquq normasi 3. Huquq va majburiyatlarni amalga oshirish aktlari 4. Huquqiy ijodkorlik 5. Barcha javoblar to`g’ri 14. Qonunchilik - bu: 1. Jismoniy va yuridik shaxslarning qonunga so`zsiz rioya qilishi 2. Davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquq ijodkorligi faoliyati bilan shug’ullanishi 3. To`g’ri javob berilmagan 4. Yuristlarning asosiy faoliyati 5. Qonunlarni tez-tez yangilash 15. Prokuratura qanday vazifalarni amalga oshiradi? 1. Jamoat tartibini saqlaydi 2. Qonunlarni tatbiq qiladi 3. Qonun loyihasini tayyorlaydi 4. Qonunlarni bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi 5. Qonunlarni qabul qiladi 16. Huquqiy tartibotning o`ziga xos xususiyatlari? 1. U huquq normasi doirasida tashkil qilinadi 2. Huquq normasi amalga oshirish natijasida yuzaga keladi 3. Davlat tomonidan ta’minlanadi 4. Fuqarolarni yashashi uchun normal sharoit yaratadi 5. Barcha javoblar to`g’ri 17. Quyidagilardan qaysi biri qonuniylik kafolatlariga kirmaydi? 1. Siyosiy 2. Ijtimoiy va iqtisodiy 3. Yuridik 4. Madaniy 5. Barcha javoblar to`g’ri 18. Prezidentimizning fikriga binoan konuniylikni ta’minlashda kanday tadbir choralar amalga oshirilishi kerak? 1. Fukarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish 2. Jazo tizimidan o`lim jazosini olib tashlash 3. Jazoni og’irlashtirish 4. Jamoatchilik fikri va ommaviy axborot vositalaridan kengrok foydalanish 5. Huquqni buzgan shaxsni xalk oldida qatl qilish lozim 19. Huquqiy tartibotni amalga oshirishning qanday usullari mavjud? 1. Rag’batlantirish 2. Ishontirish 3. Majburlash 4. Barcha javoblar to`g’ri 20. "Zaruriy tartibot va qonunlarga rioya qilish taqdirim va muvaffaqiyatlarimning negizi bo`ldi" so`zining muallifi kim? 111 1. A.Temur 2. Muhammad Xorazmshoh 3. Jaloliddin Manguberdi 4. Xusayn Bayqaro 5. Turkon xotin 4-MAVZU: HUQUQIY XATTI-HARAKAT, HUQUQBUZARLIK VA YURIDIK JAVOBGARLIK O`quv mashg’ulot rejasi: 1. Huquqiy xatti-harakat tushunchasi va turlari. 2. Huquqbuzarlik tushunchasi, belgilari va turlari 3. Yuridik javobgarlik tushunchasi, turlari va printsiplari. 1. Huquqiy xatti-harakat tushunchasi va turlari Huquqiy xatti-harakatlar – shaxs xatti-harakatining yuridik normalarga muvofiq bo`lishidir. Bu qonunga mos, yuridik shaklda ifodalangan ijtimoiy xatti- harakat bo`lib, u tufayli huquq amalga oshadi. Huquqiy xatti-harakat doirasi va chegarasi huquqiy normalarning dispozitsiyasi bilan belgilanadi. Aynan u huquqiy tartibotning mohiyati hisoblanadi. Huquqiy xatti-harakat yo`li bilan jamiyat boshqariladi, uning me’yoriy hayot – faoliyati tartibga solinadi, fuqarolarning huquq va majburiyatlari amalga oshiriladi. Jamiyatda vujudga keladigan va amalda bo`ladigan huquqiy munosabatlarning asosiy qismi o`z mazmuniga ko`ra huquqiy xatti-harakatlardir. Huquqiy xatti-harakat deganda, huquq sub’ektlarining qonunga mos ijtimoiy – foydali harakati yoki harakatsizligi tushuniladi. Bunday xulq-atvor jamiyat va davlat tomonidan ijobiy baholanadi. Huquqiy xulq-atvor jamoalar va yakka shaxslarning, umuman davlat, uning organlari va mansabdor shaxslarining huquq normalari asosidagi faoliyati bo`lib, bunda huquqiy taqiqlarga rioya etiladi, yuridik majburiyatlar bajariladi, sub’ektiv huquqlardan foydalaniladi, shuningdek vakolatli sub’ektlar tomonidan huquq o`rnatiladi va u amalga oshiriladi. Keng ma’noda fikr yuritiladigan bo`lsa, huquqiy xulq-atvor doirasiga ham huquq ijodkorligi, ham huquqni amalga oshirish bilan bog’liq bo`lgan butun “huquqiy makon” kiradi. Individ (shaxs) faoliyatining irodaviy xususiyati va ijtimoiy belgilanganligini inobatga olgan holda, uning huquqiy xulq-atvoriga 112 quyidagicha ta’rif berish mumkin. Shaxsning huquqiy xulq-atvori deganda, inson faoliyatining irodaviy faol va normativ-huquqiy jihati tushunilib, bunda sub’ektning huquqiy printsiplar va normalarga ijobiy munosabati namoyon bo`ladi va u ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda kishilarning xulqi-atvori turli shakllarda namoyon bo`lib, ularning ifodalanishi, samarasi, motivlari, maqsadlari va oqibatlariga qarab turlarga ajratish mumkin. Huquqqa muvofiq xulq-atvor huquqiy norma bilan ushbu norma ta’minlashi kutilayotgan ijtimoiy samara (natija) o`rtasi bog’lovchi bo`g’in hisoblanadi. Mazkur xulq-atvor turmushda qonuniylik rejimi talablarini amalga oshirish natijasidir, barcha huquqiy xulq-atvorlar yig’indisi esa, mohiyat-e’tiboriga ko`ra jamiyatda huquqiy tartibotning tantana qilishidir. Huquqiy xulq-atvorning o`ziga xos belgilari: Ijtimoiy foydaliligi – bunda huquqiy xatti-harakatlar jamiyat, shaxs va davlat uchun foydali bo`ladi va biror-bir shaxsga zarar keltirmaydi; Ixtiyoriyligi va ongliligi bunda jamiyat a’zolarining asosiy qismi huquqiy harakatlarni jazo choralaridan qo`rqishdan emas, balki o`z ixtiyorlari bilan huquqni hurmat qilish asosida amalga oshiradi; Huquq normalariga muvofiqligi – shaxslarning xatti-harakatlari amaldagi huquq normalariga mos kelishi va o`rnatilgan talablarga javob berishi, shuningdek, huquq normalari bilan ruxsat etilgan chegaralarda bo`lishi talab qilinadi. Huquq qoidalariga amal qilish, yuridik majburiyatlarni bajarish, berilgan huquqlardan foydalanish, maxsus sub’ektlar tomonidan huquqni qo`llash – bularning barchasi birgalikda huquqiy xulqning mohiyatini ifodalaydi. Huquq nazariyasida qaror topgan talqinga ko`ra xulq-atvor – huquqqa muvofiq, yuridik betaraf va huquqqa zid keluvchi xulq-atvor bo`lishi mumkin. Huquqiy xulq-atvor tuzilishiga ko`ra quyidagi to`rt elementning birligidan iborat: sub’ekt, ob’ekt, sub’ektiv tomon va ob’ektiv tomon. Sub’ektlar sifatida qonunda belgilangan tartibda tan olingan jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi. Ob’ektlar bo`lib moddiy dunyoning ne’matlari, ijodiy faoliyat natijasi va sub’ektlarning xulqi hisoblanadi. Ob’ektiv tomon huquqiy xulqning harakat yoki harakatsizlik shakllarida namoyon bo`lishidir. Sub’ektiv tomon huquqiy xulq-atvorning ichki tomonlarini ifodalab, u huquq sub’ektlarining harakatlari motivlari, ruhiy holati, ichki kechinmalari hamda mas’uliyatlilik darajasi bilan tavsiflanadi. Huquqiy xatti-harakat juda keng ma’noga ega. U o`z xususiyatiga ko`ra bir xil emas. Shaxsning huquqiy tartibga solish jarayoniga jalb etilish darajasiga ko`ra huquqiy xatti-harakat quyidagi to`rt turga ajratiladi: Faol huquqiy xatti-harakat. Bu fuqarolar va yuridik shaxslarning tashabbusi, aqliy salohiyati va moddiy imkoniyatlariga tayangan holda huquqiy normalarni amalga oshirishga qaratilgan faol huquqiy faoliyatidir. Shaxsning huquqiy faolligi – davr talabi. Huquqiy faollikning namoyon bo`lish shakllari turlicha. Bu 113 jamiyatga sidqidildan faol xizmat qilish, siyosiy va ijtimoiy hayotda qatnashish, qonun loyihalari muhokamasida bevosita ishtirok qilish, davlatning har xil tuzilmalari bilan hamkorlik qilish va hokazo. Odatdagi huquqiy xatti-harakat. U faollikdan farq qilgan holda, ortiqcha xarajat va harakat bilan bog’liq bo`lmaydi. Bu kishining doimiy xizmat va boshqa hayotiy faoliyatidan kelib chiqadi va u, odatda, huquqiy normalar talabiga mos keladi. Fuqarolar ushbu xatti-harakat doirasida o`zlarining yuridik ahamiyatga molik u yoki bu harakatlarini amalga oshiradilar. Lekin bu ularning faolligini huquqiy talab darajasidan oshirishga olib kelmaydi. Shaxsning amaliy hayotdagi faoliyati oddiy va zaruriy hol hisoblanadi. Aynan shunga muvofiq shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qanoatlantiriladi. Konformistik (sust) huquqiy xatti-harakat. Fuqarolar o`rnatilgan huquq normalariga ijtimoiy muhit ta’sirida, ya’ni o`z safdoshlarining, kasbdoshlari, rahbarlarining ko`z o`ngida rioya qiladilar. Bunda fuqaro o`zining tashabbusi va mustaqil fikri bilan emas, balki hamma shu harakatni amalga oshirganligi uchun ham shunday qilishga majbur bo`ladi. Konformistik xulq-atvor ijtimoiy foydali xulq-atvorning eng quyi darajasidir. Shuningdek, fuqaro o`ziga tegishli huquq va erkinliklardan kerakli maqsadda foydalanmasligi namoyon bo`ladi. Masalan, fuqaro nikohdan o`tishda, mulkka egalik qilishda, saylovlarda ishtirok etishda sustkashlikka yo`l qo`yishi mumkin. Bunday paytda shaxs o`z manfaatini qanoatlantirish imkoniyatidan foydalanmaganligi natijasida salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Fuqaroning sustligi sababli siyosiy va huquqiy sohada loqaydlik yuzaga keladi. Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati pasayadi va hokazo. Marginal huquqiy xatti-harakat. Marginallik lotincha “marginalis” so`zidan olingan bo`lib, chekkada, chegarada turish ma’nosini anglatadi. Bunda shaxs davlat tomonidan o`rnatilgan jazo tizimidan qo`rqishi oqibatida huquq talabiga bo`ysunadi. Bu toifa shaxslar ijtimoiy faol yoki odatiy huquqiy xatti-harakatni amalga oshirmaydilar. Marginallik xulq-atvorning shunday shakliki, bunda individ g’ayriijtimoiy kayfiyatda, o`rnatilgan huquqiy tartibotni buzish chegarasida bo`ladi, ammo muayyan hadik va qo`rquv ta’sirida salbiy oqibat yuz bermaydi. Ushbu vaqt oralig’ida shaxsning xatti-harakatlarining motiviga jazoga tortilishdan havotirlanish, huquqqa rioya qilishdan manfaat qidirish, yaqinlari va jamoaning dashnomlaridan, noroziliklaridan cho`chish kabi omillar ta’sir ko`rsatadi. Umuman olganda, marginal xulq-atvor huquqqa muvofiq xulq-atvor hisoblanadi. Chunki, shaxs o`z e’tiqodi jihatdan huquqiy talablarga xayrixoh bo`lmasa-da, biroq ularga rioya etadi. Huquqqa muvofiq xatti-harakatlarning bir qancha turlariga bo`linadi. Ularni turli mezonlar asosida tasniflash mumkin. Masalan, huquqqa mos xatti- harakatlarning tashqi namoyon bo`lish xususiyatiga ko`ra faol harakat yoki aksincha, passiv xulq-atvor – harakatsizlik turlariga ajratiladi. Ma’lumki, huquqqa muvofiq xatti-harakat muayyan huquq sohalariga tegishli bo`lgan normalar asosida amalga oshadi. Shunga ko`ra, huquqiy xatti-harakatlarni fuqaroviy-huquqiy, ma’muriy-huquqiy, mehnat-huquqiy, oilaviy-huquqiy kabi turga ajratiladi. Huquqiy qoidalarni amalga oshirish shakliga ko`ra, huquqqa muvofiq xatti- 114 harakatlarni huquqqa rioya etish, bajarish, foydalanish yoki uni qo`llash bilan bog’liq xulq-atvor sifatida guruhlashtirish mumkin. Huquqiy faoliyat va xatti-harakatlarni amalga oshirilish sohasiga qarab – siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa turlarga tasniflash mumkin. Harakat yoki faoliyatni amalga oshiruvchi sub’ektga qarab – fuqaro, yuridik shaxs, mansabdor shaxs, davlat yoki jamoat tashkilotini farqlash mumkin. Shunday qilib huquq muvofiq xatti-harakatlarni turlarga ajratib o`rganish ularning tabiatini, xususiyatlarini, ahamiyatini, siyosiy va huquqiy hayotdagi rolini teranroq tushunish imkonini beradi. Huquqbuzarlik tushunchasi va mohiyati Huquqiy xatti-harakatning teskarisi (antipodi) huquq buzilishi, ya’ni g’ayriqonuniy xatti-harakat hisoblanadi. Huquq buzilishi shaxsga, mulkka, davlatga yoki umuman jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli, qonunga qarshi harakatdir. Huquqbuzarlik – huquq sub’ektining aybli, huquqqa zid, jamiyat, davlat va shaxs manfaatlariga zarar keltiruvchi, yuridik javobgarlikni keltirib chiqaruvchi qilmishidir. Huquqqa zid xatti-harakat – o`rnatilgan huquqiy qoidalarni fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan bajarmaslik yoki ularga rioya qilmaslik yoxud ularning talablarini buzish yo`naltirilgan faoliyat va harakat (harakatsizlik). Sub’ektlarning huquqqa zid harakatlarni sodir etishi ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasidagi salbiy o`zgarishlar bilan bog’liqdir. Chunki, huquqqa rioya qilmaslik ayrim shaxslarning qabul qilingan qonunlardan xabardor emasligi yoki sodir etilgan xatti-harakatini huquqqa zid ekanligini bilmasligi, ya’ni huquqiy jihatdan savodsizligi yoxud huquqni mensimasligi natijasida yuzaga keladi. Chunonchi, ayrim fuqarolar mavjud qonunlarning qabul qilinganligi va ularni buzish mumkin emasligini bilsa-da, unga rioya qilmaydilar. Bunday shaxslarning xatti-harakatida ularning huquqiy madaniyatsizligi va huquqiy nigilizmi ko`zga tashlanadi. Huquqni buzish – o`z xatti-harakati oqibatini tushunadigan va unga javob bera oladigan shaxsning huquqqa zid aybli xatti-harakati natijasida kelib chiquvchi zararli oqibat. Boshqacha aytganda, shaxsning huquqqa qarshi aybli qilmishidir. “Huquqni buzish” iborasi kundalik hayotda, yuridik amaliyot va ilmiy adabiyotlarda ko`p uchrab turadi. Lekin ta’kidlash joizki, aslida huquq norma sifatida buzilmaydi, ya’ni huquqiy norma yuridik institut tarzida saqlanib qoladi va amal qilishini davom ettiraveradi. Huquqni buzish – qonunga tajovuz emas, balki qonun vositasida o`rnatilgan qoidalarga (huquqiy normaga) bo`ysunmaslik, qonun talablarini bajarmaslik va qonun tomonidan qo`riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga (mulk, manfaat, qadr-qimmat va hokazolarga) tajovuz qilishdir. Huquqqa xiloflik huquqbuzarlikning ijtimoiy zararliligi, uning salbiy (noxush) oqibati bilan tavsiflanadi. Ushbu tushuncha huquq buzilishining quyidagi to`rt muhim belgisini o`z ichiga oladi: Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling