Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi


Download 199.93 Kb.
bet6/10
Sana17.06.2023
Hajmi199.93 Kb.
#1520225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
farm 15

3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
10. Agentlik yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
respublika farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtirish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hujjatlar, statistik ma’lumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish;
xorijiy mamlakatlardan import qilinadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va sertifikatlashni amalga oshirish;
Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali xodimlarini va mutaxassislarni jalb qilish;
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish masalalari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumot almashish;
farmatsevtika tarmog‘ining erkin iqtisodiy zonalarini tashkil qilish, faoliyatini yanada takomillashtirish va ularni boshqarish masalalarini kelishish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish hamda tarqatish;
farmatsevtika korxonalarining Zarur tarzda ishlab chiqarish amaliyoti qoidalariga (GMP) muvofiqligini sertifikatlash;
farmatsevtika tarmog‘i mutaxassislarining malakasini oshirish;
farmatsevtika tarmog‘i sohasidagi muammolar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-texnik, idoralararo ekspert komissiyalari tashkil qilish, maxsus yig‘ilishlar chaqirish, shuningdek, ushbu muammolarni o‘rganish, maslahatlashish va ularni hal qilish uchun mahalliy va xorijiy mutaxassislarni, ekspertlarni jalb qilish;
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasiga belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatlari berish;
farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini, shu jumladan, idoralararo tusdagi shartnomalarni ishlab chiqishda qatnashish.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.

Download 199.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling