Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Download 199.93 Kb.
|
farm 15
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang. 8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: farmatsevtika tarmog‘ini, jumladan, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; farmatsevtika bozori kon’yukturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yanada to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; tarmoq korxonalariga yetakchi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ko‘maklashish; farmatsevtika tarmog‘ini, shu jumladan, farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotish bundan mustasno) yo‘li bilan davlat tomonidan boshqarish; farmatsevtika tarmog‘iga ilg‘or xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; import qilinayotgan va respublika hududida ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari to‘g‘risida to‘liq axborot yig‘ishni ta’minlovchi Farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olish axborot tizimini joriy qilishda ishtirok etish. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son) Oldingi tahrirga qarang. 9. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) farmatsevtika tarmog‘ini, jumladan uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rtacha va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan takliflar kiritadi; farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishning respublika va hududiy dasturlarini, shu jumladan, farmatsevtika tarmog‘ining erkin iqtisodiy zonalar hududlariga mo‘ljallangan dasturlarni davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalangan holda ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari faoliyatiga ko‘maklashadi, ijtimoiy ahamiyatli dori vositalari va tibbiy buyumlarning import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarini tashkil qilish bo‘yicha investitsiya dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi; b) farmatsevtika bozori konyunkturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yanada to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish sohasida: farmatsevtika bozorining marketing tadqiqotlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi, talab katta bo‘lgan dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnikani, ularni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish yoki mavjud ishlab chiqarishlarga tuzatishlar kiritish maqsadida aniqlaydi; mahalliy dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnikani tashqi bozorlarga chiqarishga ko‘maklashadi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda talab katta bo‘lgan dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi; aholi va davlat sog‘liqni saqlash muassasalarining dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qiladi; dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiyot texnikasi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi; import o‘rnini bosuvchi ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritadi; v) tarmoq korxonalariga yetakchi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ko‘maklashish sohasida: dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika ishlab chiqarishda foydalanilayotgan moddiy-texnik baza va texnologiyalarning holati monitoringini olib boradi va tahlil qiladi hamda natijalari bo‘yicha ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini ishlab chiqadi; ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni nazarda tutuvchi investitsiya dasturlari ro‘yxatini har yil hududlar va alohida korxona bo‘yicha ishlab chiqadi va vakolatli organlarga taqdim etadi; dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiyot texnikasining chet eldagi innovatsion va yuqori texnologik ishlab chiqarishlarini tahlil qiladi hamda ushbu tahlil asosida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritadi; mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy va xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; original va samarali dori vositalari yaratish va ularning ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini tashkil etadi; ilmiy-tadqiqot muassasalari va farmatsevtika korxonalari o‘rtasida tayyor ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilish va tadqiqotlarning, shu jumladan, o‘simliklardan dori vositalari ishlab chiqarishga qaratilgan tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlarini boshlash bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini ta’minlaydi; dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiyot texnikasi ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi; mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan yetakchi xorijiy kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etadi; mahalliy tashkilotlar vakillarining xalqaro farmatsevtika ko‘rgazmalarida, forumlar, konferensiyalar, seminarlarda hamda xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan milliy ko‘rgazmalarda ishtirok etishini ta’minlaydi; xalqaro tashkilotlar, hukumatlararo komissiyalar (guruhlar) va biznes-forumlar ishida qatnashadi; Download 199.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling