Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi to‘g‘risida


Download 199.93 Kb.
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi199.93 Kb.
#1520225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
farm 15

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish asoslarini belgilaydi.
2. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qarorlariga amal qiladi.
3. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
4. Agentlik o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik tarkibiga kiruvchi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasi ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi, O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti va “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda idoraviy mansub tashkilotlar deb ataladi) o‘z faoliyatini Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan ustavlarga muvofiq amalga oshiradi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 486-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/486/0748-son)
6. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
7. Agentlik mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.

Download 199.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling