Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Download 199.93 Kb.
|
farm 15
4-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
12. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Agentlik direktori maqomi, maishiy, tibbiy va transport ta’minoti shartlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi. Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. Oldingi tahrirga qarang. Agentlikning hududiy boshqarmalariga Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi. (12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 486-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/486/0748-son) Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori bir vaqtning o‘zida “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK rahbari hisoblanadi. (12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 486-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/486/0748-son) 13. Agentlik direktori zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun: a) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi; b) Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; v) hududiy boshqarmalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi; g) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga: Agentlik faoliyati natijalari haqidagi hisobotni; Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa normativ hujjatlar loyihalarini; Oldingi tahrirga qarang. (13-band “g” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 486-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/486/0748-son) Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi takliflarni kiritadi (taqdim etadi); d) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, o‘z o‘rinbosarlarining hamda Agentlik, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlari, majburiyatlari va javobgarligi darajalarini belgilaydi; e) o‘z vakolatlari doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi hamda ko‘rsatmalar beradi; j) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; z) qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. 14. Agentlik direktori ish joyida bo‘lmagan hollarda uning vakolatlarini direktorning birinchi o‘rinbosari amalga oshiradi. Download 199.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling