Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 199.93 Kb.
|
farm 15
2-bob. Baholash mezonlari
6. Agentlik faoliyatining samaradorligi quyidagi mezonlarga ko‘ra baholanadi: a) farmatsevtika tarmog‘ini, jumladan, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: xorijiy investorlarning mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning texnik ko‘magi (grantlari)ni, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda 2020 – 2024-yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash va har yilga belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash; har yili Agentlikning kamida o‘nta xodimining malakasini oshirishni tashkil etish, shu jumladan, xorijda malaka oshirishini tashkil qilish va ilg‘or xorijiy tajribani amaliyotga tatbiq etib borish; b) farmatsevtika bozori konyunkturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yanada to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish sohasida: har chorakda O‘zbekiston farmatsevtika bozori konyunkturasini o‘rganish natijalari bo‘yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga kiritish; aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlanganligi holatini tizimli tahlil qilish natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarish hajmlari har yili 5 foizga oshirilishini ta’minlash choralarini ko‘rish; xorijiy mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sonini har yili kamida 5 foizga oshirish; mahalliy farmatsevtika mahsulotlari eksporti ko‘rsatkichining har yili kamida 15 foiz o‘sishini ta’minlash; v) tarmoq korxonalariga yetakchi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ko‘maklashish sohasida: ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishda muammolarni tizimli tahlil qilish va shu asosda mavjud muammolarni yechimi yuzasidan taklif ishlab chiqish; har yili kamida 100 nomdagi yangi turdagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatli dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini ko‘rish; Oldingi tahrirga qarang. g) farmatsevtika tarmog‘ini, shu jumladan, farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash yo‘li bilan davlat tomonidan boshqarish sohasida: (6-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son) xorijiy davlatlarda mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish; Oldingi tahrirga qarang. farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish holati, shu jumladan, davlat xizmatini ko‘rsatishda muddat buzilishlari xolatiga yo‘l qo‘ymaslik; (6-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son) d) farmatsevtika tarmog‘iga ilg‘or xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish sohasida: Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” standartiga muvofiq sertifikatlangan mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchilar ulushini har yili kamida 20 foizga oshirish; har yili farmatsevtika sohasida kamida 5 ta xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar kiritib borish. Download 199.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling