5-modda. Davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvi
Davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat hokimiyati mahalliy organlari va maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlari
Davlat yer kadastrini yuritish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:
yer resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish;
moliyalash va investitsiyalash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va masalalarni hal etish;
yer resurslarining holati to‘g‘risidagi har yilgi milliy hisobotni tasdiqlash;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni va yer uchastkalariga oid bitimlarni davlat ro‘yxatiga olish tartibini belgilash
11-modda. Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobot
Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobot har yili tayyorlanadi hamda butun mamlakat va ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha yerlarning miqdor va sifat holati hamda ularning bahosi, yerlarning toifalarga bo‘linishi, tarmoqlar, yer uchastkalarining egalari, yer uchastkasidan foydalanuvchilar, yer uchastkasi ijarachilari, mulkdorlari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va yer kadastriga oid boshqa axborotni o‘z ichiga oladi.
Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobotga kiritiladigan ma’lumotlarni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
12-modda. Yer kadastri hujjatlari
Yer kadastri hujjatlari yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, tuman (shahar) yer kadastri daftari, yerlarning miqdor, sifat holati va ularning bahosi to‘g‘risidagi hisobotlar, kadastr xaritalari, planlari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |