Davlatning ijtimoiy siyosati Reja: Davlatnin ijtimoiy siyosati Narx-navoning o‘sishi


Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat


Download 23.53 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2024
Hajmi23.53 Kb.
#1819092
1   2   3
Bog'liq
Davlatning ijtimoiy siyosati

3. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jixatdan yangi bosqich, ya’ni ijtimoiy himoyalash vositasini chuqurlashtirish, uni o‘zgarib borayotgan sharoitlarga moslashtirish zarurati chinakam yetildi. Ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari butun aholiga emas, balki faqat shunday himoyaga haqiqatan ham muhtoj bo‘lganlarga nisbatan qo‘llanilishi lozim. Butun tizimi bir tekischilik va tayyorga ayyorlik kayfiyatini tugatishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bu narsa ijtimoiy himoyaning mavjud usullarini, ularni moliyaviy ta’minlash manbalarini tubdan o‘zgartirishni taqozo etadi. Shunday bir vosita zarurki, bunda aholining turmush darajasi ishonchli ravishda himoya qilingan, turli xil ag‘dar-to‘ntarlar va larzalar ta’siridan kafolatlangan bo‘lishi lozim.
Ijtimoiy siyosat va uni ro‘yobga chiqarish chora-tadbirlari umuman iqtisodiy islohotlar bilan shunchaki qo‘shib olib borilmasdan, balki ularning uzviy tarkibiy qismi bo‘lishi ham kerak. Respublika aholisini ijtimoiy himoyalash, mavjud imkoniyatlar va strategik maqsadlarni e’tiborga olgan holda, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga xos ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning yagona tizimini shakllantirishga qaratilishi lozim.
Eng avvalo, bundan buyon aholini ijtimoiy himoyalash, qolaversa, umuman odamlarning farovonligini ta’minlash borasidagi tadbirlar amalga oshiriladigan manbalar masalasini yaxshilab o‘ylab ko‘rish zarur. Ijtimoiy himoyada qatnashuvchi asosiy subyektlarning mavqeini tubdan o‘zgartirish talab qilinadi. Aslini olganda, so‘nggi vaqtgacha davlat ijtimoiy muhofazaning asosiy subyekti bo‘lib keldi. U daromadlarning bir qismini markazlashtirilgan tartibda ijtimoiy ehtiyojlar uchun qayta taqsimlar edi. Bozor munosabatlariga o‘ta borilgani, mehnatkashlarning o‘zlariga va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ko‘proq iqtisodiy erkinliklar berila borilgani sari davlat ijtimoiy muhofazaga oid vakolatlarni muqobil tuzilmalarga topshirishi lozim.
Aholini ijtimoiy himoyalash, odamlarning moddiy ahvolini yaxshilash vazifalarini hal qilishda davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalarning, jamoat tashkilotlari va xayriya tashkilotlarining ("Navro‘z", "Mahalla", "Mehr-shafqat" hamda boshqa xayriya jamg‘armalarining) mablag‘lari faol ishga solinmog‘i kerak. Ijtimoiy himoyalash davlatning ham, jamoat tashkilotlarining, turli xayriya jamg‘armalarining ham asosiy vazifasi bo‘lmog‘i lozim.
Buning ma’nosi shuki, pensiya ta’minoti, talabalarga, ko‘p bolali va muhtoj oilalarga haq to‘lash tizimida ularning turmush darajasi budjet vositasida va davlat kafolati yo‘li bilan ham, shuningdek, turli xayriya jamg‘armalari, korxonalar, tashkilotlar va xo‘jaliklarning jamg‘armalari orqali ham qo‘llab-quvvatlanishi mustahkamlab qo‘yilishi kerak.
Download 23.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling