Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash
Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘likligi
Download 200.71 Kb.
|
221-Пардаев Захриддин Зокир ўғли
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning ijtimoiy siyosati
- Bandlik siyosati.
5. Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘likligiBozor iqtisodiyotining ijtimoiyligi iqtisodiy siyosatni ijtimoiy siyosat bilan uzviy alokada bo‘lishini talab qiladi. Iqtisodiyot ijtimoiy taraqiyot uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarni yaratib bersa, o‘z navbatida ijtimoiy muammolarning xal etilishi inson kapitalining rivoji orqali iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi. Mana shunday bog‘lanishning real xayotda bo‘lishi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning uyg‘unlashuvini talab kiladi. Davlatning ijtimoiy siyosati — bu insonning hayotiy manfaatlarini yuzaga chiqarish, insonni himoya qilish va kamol topishiga qaratilgan siyosatdir. Uning maqsadi ommaviy farovonlikni oshirishga ko‘mak berishdir. Bu siyosatda ish bilan bandlik darajasini belgilash, minimal ish xaqini o‘rnatish, kambag‘allik chegaralarini aniqlash, tirikchilik minimumini belgilash, ijtimoiy yordam me’yorlarini aniqlash kabi usullar qo‘llaniladi. Uning asosiy yo‘nalishlari bandlik, daromad va ijtimoiy yordam siyosatidir. Bandlik siyosati. Bu mehnatga layoqatli va ishlayman degan kishilarni ish bilan ta’minlash, shu orqali ularga o‘zini-o‘zi boqishi uchun imkoniyat yaratishni ko‘zlagan siyosatdir. Shu siyosatga amal qilgan holda davlat mamlakatda yangi ish o‘rinlarini yaratish, mavjud ish o‘rinlaridan to‘laroq foydalanib shu yerda band bo‘lganlarni ko‘paytirish yo‘lini tutadi. Yangi ish o‘rinlarini yaratgan firmalarga soliqdan siylovlar yoki subsidiyalar beriladi. Bir ish o‘rnida ikki smena ishlashni uyushtirib 2 kishini band qilganlar ham davlatdan moliyaviy yordam oladi. Shuningdek, yangi ish o‘rnini yaratib, uni zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlab shu yerdagi ish unumini va shunga ko‘ra topiladigan daromadni oshirishga erishgan firmalar ham rag‘batlantiriladi. Bandlik muammosining keskinligiga qarab uni xal etishning u yoki bu usuliga ustuvorlik beriladi. Kam rivojlangan mamlakatlarda ishsizlar g‘oyat ko‘p bo‘lganidan bandlik siyosati har qanday ish o‘rnini, xatto unumi past ish o‘rinlarining yaratilishini ko‘zlaydi, chunki bu o‘rinlar arzon turadi. Aksincha, iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda malakali mehnatni band qiluvchi unumi yuqori ish o‘rinlarini, garchi ular qimmat tursa-da, yaratishga e’tibor katta bo‘ladi. O‘zbekistondagi bandlik siyosatida ham arzon ish o‘rinlarini yaratishga ustuvorlik beriladi, dehqon va fermer xo‘jaligida, kichik biznesda ish o‘rinlarini yaratishni davlat kreditlar bilan rag‘batlantiradi. O‘zbekiston davlat byudjetida maxsus bandlik fondi bo‘lib, uning hisobidan ish o‘rinlari yaratiladi, ishsizlarga nafaqa beriladi va ishsizlar yangi kasblarga o‘rgatiladi. Davlat hisobidan moliyalashtiriladigan fondlar mablag‘lari ham yangi ish o‘rinlarini yaratishga yuboriladi. Ishsizlikni kamaytirish uchun xukumatlar ish kuchini chetga chiqarish choralarini ham ko‘radi. Mehnat migrasiyasi xususida davlatlararo kelishuvlar tuziladi, davlat mana shu migrasiyaga xizmat qiluvchi firmalarni tashkil etib ularni moliyalashtiradi. Bandlik siyosati hamma ish qobiliyatlari borlarni ish bilan ta’minlab, 100% bandlikka erishishni ko‘zlamaydi, chunki bu mumkin emas. Mazkur siyosat rivojlangan mamlakatlarda to‘la bandlikni ko‘zlaydi, bu esa mehnat ahlining 94%i band bo‘lishini bildiradi. Iqtisod rivojlanmagan mamlakatlarda to‘la bandlikka erishib bo‘lmaganidan ishsizlik muammosini iloji boricha yumshatish ko‘zlanadi. Download 200.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling