Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 200.71 Kb.
bet13/15
Sana18.02.2023
Hajmi200.71 Kb.
#1213214
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
221-Пардаев Захриддин Зокир ўғли

Asosiy tayanch tushunchalar


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) - qonunchilik, ijro va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
IDTTS maqsadi - iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirishga qaratiladi.
Davlatning iqtisodiy vazifalari - iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan choratadbirlardan iborat bo‘ladi.
IDTTS usullari - tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
Bevosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning ta’qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xarakteridagi ma’muriy vositalari.
Bilvosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.
Iqtisodiy siyosat - bu iqtisodiyot sub’yektlarining uz faoliyatiga oid yo‘l-yuriqlari va sa’y - harakatlarining majmuasidir.
Mikrosiyosat - bu firmalar va xonadonlarning siyosati.
Makrosiyosat - bu davlatning milliy iqtisodiyotga oid siyosati.
Megasiyosat - turli davlatlar, xalqaro kompaniyalar va xalqaro tashkilotlarning jahon iqtisodiyotiga taalluqli siyosatidir.
Xonadon siyosati - o‘z iste’molini maksimumlashtirish, kelajak uchun jamg‘arma hosil etish va nihoyat jamg‘arma kadrqiymatini saqlab qolishga qaratiladi.
Firma siyosati - foydani maksimumlashtirish va o‘z mavqeini mustahkamlashni ko‘zlaydi. Bu siyosat tarkiban ishlab chiqarish, tijorat, narx, moliya va raqobat siyosatidan iborat bo‘ladi.
Davlatning iqtisodiy siyosati - uning iqtisodiyotdagi o‘rnidan kelib chiqadi. Davlat iqtisodiyotning oddiy ishtirokchisi emas, balki uni tartiblab turuvchi kuch bo‘lib, iqtisodiyotga bozor qonun-qoidalariga to‘sqinlik qilmaydigan, balki bularga sharoit yaratib beradigan darajada aralashadi. Bunga u o‘z siyosati orqali erishadi. Bu siyosatning maqsadi umumilliy bo‘lib, barqaror iqtisodiy o‘sishni, iqtisodiy mustaqillikni, iqtisodiy xavfsizlikni, milliy pul kadr-qiymatining barqarorligini, xalq farovonligini, milliy Iqtisodiyotning integrasiyalashuvini va nihoyat, milliy Iqtisodiyotning kelajagini ta’minlashdan iboratdir. Davlat o‘z siyosatini iqtisodiy, xukukiy va siyosiyma’muriy vositalar yordamida amalga oshiradi.

Download 200.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling