Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash


Download 200.71 Kb.
bet8/15
Sana18.02.2023
Hajmi200.71 Kb.
#1213214
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
221-Пардаев Захриддин Зокир ўғли

Agrar siyosat. Bu davlatning kishloq xujaligini kullabkuvvatlashga qaratilgan siyosatidir. Mazkur siyosat kishloq xujaligining barqaror o‘sishini, oziq-ovqat mustakilligi va xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlaydi. Uning doirasida davlat qishloqdagi ishlab chiqarish infratuzilmasining (suv xujaligi, yo‘l qurilishi, gaz va elektroenergiya ta’minotining) xarajatlarini qisman o‘z zimmasiga oladi, davlat yerni ijaraga olib ishlatilishini, yerni garovga qo‘yib kredit olishni xukuqiy jixatdan ta’minlaydi. Agrar siyosatda (yer davlatniki bo‘lgan joyda) davlatning xarid narxlari, davlat subsidiyalari kabi vositalar qullaniladi. Dexdonlarni qullab turish uchun yer solig‘i yengil qilib belgilanadi. Masalan, 2008 yili O‘zbekistondagi yagona yer solig‘i qishloq xujaligi maxsulotlarining bozor kiymatining 3—5%idan oshmadi. Bu soliq dexdonlarga ogirlik qilmadi.
Qishloq xujaligida rentabellik past bo‘lganidan kapitalni u yerdan chiqdb ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat fermerlarga subsidiya berib turadi, uning hisobidan xarajatlar qisman qoplanib fermerlar me’yordagi daromadga ega bo‘lishadi va qishloq xujaligini tark etmaydilar. Fermerlarni rag‘batlantirish uchun davlat qishloq xujaligi maxsulotini ularga ma’qul narxlarda sotib oladi. Davlat narxlari bozor narxlariga yakin turadi, ularga binoan maxsulotni davlatga sotish fermerlar uchun qulay bo‘ladi, chunki davlat xaridi maxrulotlarning sotilishini va qanda qilmay daromad olinishini kafolatlaydi.
Tashqii iqtnsodiy siyosat. Bu davlatning uzaro foydali tashqi alokalarni rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotini jahon xujaligi bilan integrasiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan siyosatidir. Bu siyosatning asosiy maqsadi milliy iqtisodiyotning jahon xujaligidagi mavqeini mustaxkamlashdir. Unga binoan eksport va import, chetga kapital chiqarish va chetdan kapital kiritish, ish kuchi migrasiyasiga doyr tadbirlar amalga oshiriladi. Bu siyosatda bojxona tulovlari, eksport-import lisenziyalari va kvotalari kabi vositalar qo‘llaniladi. Aytilgan vositalar iqtisodiy chegara hosil etib milliy iqtisodiyotni ximoya qiladi. Eksportni ko‘paytirish zarur bo‘lsa unga lisenziyalar (ruxsatnoma) beriladi, eksport kvotasi oshiriladi. Bordi-yu importni qiskartirish ma’kul bo‘lsa, uning kvotasi kamaytiriladi, import uchun boj to‘lovi oshiriladi, importga lisenziya berish chegaralanadi.
Davlat siyosati kapital chiqarish va kapital kiritish tartibini ham belgilaydi. Kapital kiritish zarur bo‘lsa bu ish
rag‘batlantiriladi. Kapital chiqishi ma’kul bo‘lsa davlat bunga sharoit yaratib beradi. Chet elga ish kuchini chiqarish uchun ham yordam beriladi. Bordi-yu mamlakatga arzon ish kuchi kerak bo‘lsa, uning chetdan okib kelishi uchun migrasiya koidalari (chegaradan utish, yashash va ishlash uchun ruxsat olish va x..k.) yengillashtiriladi. Davlat siyosati xalqaro iqtisodiy tashqilotlar bilan hamkorlik kilishni ham muljallaydi.
Davlat iqtisodiy siyosatining samaradorligi uning monitoringi orqali aniqlanadi. Bunda iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflyasiya darajasi, eksport va import holati, tashqi qarz miqdori, byudjet defisiti kabi ko‘rsatkichlarga qarab iqtisodiy siyosat natijasi baholanadi.
Iqtisodiy siyosat doirasida davlatning turli dasturlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Dasturlarda ko‘zlangan maqsad, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, ulardan qutiladigan natijalar, ularni moliyalashtirish manbalari aniqlanadi. Dasturlar milliy ikdisodiyot uchun ustuvor bo‘lgan muammolarni xal etishga qaratiladi. Bular jumlasiga tangliqdan chiqish, oziq-ovqat, energiya ta’minoti, texnologiyalarni yangilash, infratuzilmalarni rivojlantirish, eksport saloxiyatini oshirish, qoloq xududlarni rivojlantirish kabi dasturlar kiradi. Dasturlarda belgilangan muammolarning hal etilishi iktisodiy-ijtimoiy rivojlanishga turtki beradi.

Download 200.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling