Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash


Download 200.71 Kb.
bet9/15
Sana18.02.2023
Hajmi200.71 Kb.
#1213214
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
221-Пардаев Захриддин Зокир ўғли

Global iqtisodiy siyosat. Bu xalkaro siyosat bo‘lib, iqtisodiy resurslar, yaratilgan tovar va xizmatlarni dunyo mamlakatlari o‘rtasida takrimlab, ulardan samarali foydalanishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu siyosatda chetga kapitalni investisiya sifatida chiqarib, uni kerakli serfoyda soxalarga joylashtirish uchun uzaro kelishilgan soliqlar, bank foizlari, boj to‘lovlari, kvotalar kabi vositalar ishlatiladi. Tovarlarning qimmatlashib ketishiga yo‘l bermaslik uchun ularga eksport etilgan chog‘idagi soliqlar qo‘yish bilan cheklanib, ular importiga soliq belgilanmaydi yoki g‘oyat oz belgilanadi. Bu ikki-yoqlama soliqda tortishni bartaraf etish deb yuritiladi. Masalan, qo‘shilgan qimmat solig‘i yoki aksiz soliqlari tovarlar chiqarilgan joyda undirilib, tovarlar import qilingan yerda olinmaydi. O‘zaro kelishuvlar asosida import qilingan texnologiya ham solikdan ozod kilinadi. Xalqaro savdo-sotikda yengillashtirilgan bojxona to‘lovlari qo‘llaniladi, bu to‘lovlar o‘zaro kelishilgan bo‘ladi. Masalan, xalqaro savdo tashkiloti a’zolari o‘zaro savdo qilganda, boj to‘lovlari tovar qiymatining 10 foizidan oshmasligi kerak. Bu tashkilotga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar bilan savdo-sotiq qilinganda oshirilgan boj to‘lovlar qo‘llaniladi. Xalqaro kredit berish tartibi ham birgalikda belgilanadi. Bunga ko‘ra kredit kvotalari, kredit muddati va kredit uchun foiz o‘rnatiladi. Xalqaro kreditda kelishilgan foiz stavkasi libor deb yuritiladi. Liborni yirik London banklari o‘rnatadi, boshqa xalkaro banklar shunga qarab o‘z foizlarini belgilaydilar. Masalan, 2009 yil uchun libor 1,4% qilib belgilandi. Boshqa banklar bundan bir oz yuqori bo‘lgan foizlar bilan kredit ajratishdi. Xalqaro kredit siyosatini yirik kreditor — qarz beruvchi mamlakatlar banklari xukumat ishtirokida amalga oshiradilar. Bular Parij va London qarz beruvchilar klubini tashkil etadi. Bu kredit siyosati kimga va qanchadan qarz berishni, kaysi qarzlarni kechib yuborishni, qaysi qarzlarni to‘lash muddatini cho‘zishni belgilab beradi.
Yirik xalkaro korporasiyalar davlat ishtirokida eksport va import kvotalari o‘rnatadilar. Bularga binoan qayerga qancha tovarni eksport qilish, qayerdan qancha tovarni import qilish, eksportimport tartibi aniqlab beriladi. Integrasion ittifoqlarga kirgan mamlakatlarda, masalan, Yevropa ittifoqida, davlatlararo eksport va import uchun qulay sharoit yaratib beriladi, bunda ayrim mamlakatlar tovarlarini diskriminasiya qilish, ya’ni kamsitishga yo‘l berilmaydi.
Global iqtisodiy siyosatni transmilliy, ya’ni millatlararo korporasiyalar, xalqaro tashkilotlar, yetakchi davlatlar xukumati, davlatlararo xukumat va parlament belgilaydi. Bunga misol qilib Yevroparlament, Yevropa ministrlar kengashi qo‘llaydigan siyosatni olish mumkin. Bu siyosatda o‘zaro va boshqalar bilan bo‘ladigan iqtisodiy aloqalarni qaysi yo‘nalishda va qanday tartibda bo‘lishi ko‘rsatiladi. Global siyosat umuman yoki ayrim soxalarga tatbiqan qo‘llaniladi. Transmilliy korporasiyalar faqat o‘z faoliyati doirasidagi xalqaro siyosatni belgilaydi. Masalan, OPEK tashkiloti neftni qazib olish va qayta ishlash kvotalarini, uning narxini o‘z siyosatiga binoan belgilaydi. Bu yerda qabul qilingan neft narxining koridori o‘rnatiladi. Xalqaro savdo birjalari jahon narxlarini o‘rnatishga doir siyosatni qo‘llaydilar.
Xalqaro Valyuta fondi, Jaxon banki, Yevropa Tiklanish va Tarraqiyot banki, Osiyo Rivojlanish banki kabi xalqaro institutlar valyuta rejimini mustaxkamlash, kreditni rivojlantirishga karatilgan siyosatni kullaydilar. Ular milliy valyuta kursini barqarorlashtirish va valyuta riskini kamaytirish uchun, milliy iqtisodiyotni rivojlantirib eksport saloxiyatini oshirishga qaratilgan kredit siyosatini qo‘llaydilar.
Global iqtisodiy siyosat davlatlararo mexnat migrasiyasiga ham taalluqli bo‘ladi. Mehnat migrasiyasini tartiblash uchun unga oid xalqaro qoidalar ishlab chiqiladi. Turli mamlakat xukumati va parlamentlari belgilagan migrasiya qoidalari bir-biriga yaqin turadi. Migrasiya oqimini nazorat qilish usullari ham kelishiladi, migrasiyaga oid informasiyalar o‘zaro almashtirilib turiladi.
Global siyosat tabiiy ravishda globalizasiyaning afzalliklaridan foydalanish, uning salbiy jihatlarini kamaytirishga qaratiladi.

Download 200.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling