Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash
Download 200.71 Kb.
|
221-Пардаев Захриддин Зокир ўғли
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monetar siyosat 2 xil bo‘ladi: Qattiq siyosat.
- Yumshoq monetar siyosat.
- Fiskal siyosat.
Majburiy rezerv siyosati. Bu siyosatga binoan markaziy banklar boshqa banklar uchun kredit resursining majburiy rezervini kiritadi. Bu tartibga ko‘ra banklar kreditga beriladigan pulning bir qismini markaziy banklar ixtiyoriga beradi. Bu rezerv oshsa, kredit puli qiskaradi, agar u kamaysa, bu pul ko‘payadi. Masalan, mamlakatda jami kredit resurslari 80 mlrd. dollar. Shundan 10% rezervga o‘tkazilsa 72 mlrd. doll. kredit uchun pul qoladi. Bordi-yu bu rezerv 15% ga chiqarilsa, kreditga 68 mlrd. dolllar qoladi. Bu bilan kreditga muljallangan pulning taklifi oshadi yoki qisqaradi. Shunga qarab kredit olish goh oshib, goh kisqarib turadi. Monetar siyosatning aytilgan yunalishlari shuni ko‘rsatadiki, unda turli iqtisodiy vositalar ko‘llaniladi. Monetar siyosat 2 xil bo‘ladi:
Qattiq siyosat. Bunda pul massasi qisqartiriladi, uning emissiya (pul chiqarish) xisobidan o‘sishi qat’iy chegaralanadi. Natijada pul massasi qisqarib tovar massasiga tenglashadi. Pulning qiskarishi talabni kamaytiradi, narxlar esa o‘smaydi, pul birligining xarid kurbi barqarorlashadi. Pul topishga intilish iqtisodiyotning jonlanishiga olib keladi. Bunday siyosat biz ilgari ko‘rganimizdek odatda iqtisodiyotni tanglikdan chiqarish yoki inflyasiyani jadal bostirish uchun qo‘llaniladi. Yumshoq monetar siyosat. Bunda davlat pul massasining ortishiga tuskinlik qilmaydi, pul emissiyasi xadeb cheklanavermaydi, natijada pul ko‘payib uning arzonlashuvi yuz beradi. Yumshok, siyosat iqtisodiyot o‘sish pallasida bo‘lganda ko‘proq qo‘llaniladi, chunki pul massasining o‘sishiga qarab tovarlar massasi ham o‘sadi. Bunda tovar-pul muvozanati pulni qisqartirish xisobidan emas, balki tovarlarning ko‘payishi tufayli ta’minlanib turadi. Fiskal siyosat. Bu davlatning soliq-byudjet siyosatidir, unga binoan soliqlar belgilanadi, byudjet mablag‘lari aniq, maqsadlar yo‘lida ishlatiladi. Solq siyosati soliqlar vositasida byudjetga pul to‘plashga qaratiladi. Unga binoan soliq, turlari aniqlanadi, soliq, stavkalari, soliq, solinadigan ob’yektlar, soliq, imtiyozlari, soliq undirish tartibi belgilanadi. Soliqlar davlatning iqtisodiyotga ta’sir etishida qo‘llaniladigan asosiy vositadir. «Soliq, tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, pag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim». Iqtisodiyotni rag‘batlantirish zarur bo‘lganda soliqlardan imtiyozlar beriladi. Bunda soliq, kamaytiriladi, soliqni undirish muxlati chuziladi yoki umuman soliq, undirilmaydi. Natijada firmalarga tegadigan foyda ko‘payadi, ular foydani reinvestisiya qiladi, ya’ni qaytadan ishlab chiqarishni o‘stirishga yuboradi. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekistonda foydadan to‘lanadigan soliq, stavkasi 2004 yili 24%dan 2009 yilda 12% ga tushiraddi. Ishlab chiqarish qizib ketganda uning o‘sishini sekinlashtirish zarur bo‘lsa soliqlar oshiriladi. Bu usul kapitalning eski tarmoqlardan chiqib yangi istifbolli tarmoqlarga ko‘chib o‘tishiga ham yordam beradi, chunki eski joydagi yuqori solik, xarajatni oshirib, foydani kamaytirib yuboradi, yangi joydagi soliqkning kamligi foydani oshiradi. Fiskat siyosatda iqtisodiyotni barqarorlashtirish va ustirish uchun ikki xil yo‘ldan boriladi: Ilgari kiritilgan va hozir amalda bo‘lgan iqtisodiy stabilizatorlarni — vositalarni qo‘llashni davom ettirish. Davlat qonun yo‘li bilan shunday tartibni o‘rnatadiki, unga binoan moliya normativlari (me’yorlari) joriy etiladi. Bular sharoit o‘zgarishiga qarab avtomatik ravishda amal qilaveradi. Bular jumlasiga soliq, stavkalarini, ishsizlik nafaqasi miqdori, daromadlarning inflyasiyaga qarab indeksasiya qilinishi, ijtimoiy yordam ko‘rsatish normativlarini kiritish mumkin. Masalan, daromad solig‘i daromad miqdoriga nisbatan 15% kilib belgilansa, daromad ko‘payishi bilan uning miqdori ham avtomatik ravishda oshadi. Daromadlarni 80% indeksasiyalash tartibi o‘rnatilgan bo‘lsa, narx oshgan taqdirda shu 80% darajada daromad ham ko‘paytiriladi. , Sharoitta qarab yangi normativlarni kiritish yo‘lidan borish, bu diskresion fiskal siyosat deb yuritiladi. Bu siyosat doirasida yangi soliq, stavkalari joriy etiladi, yangi soliqlar kiritiladi, byudjet mablasharini sarflash normativlari o‘zgartiriladi. Diskresion siyosat o‘zgargan sharoitga moslashish siyosatidir. Iqtisodiyot bir maromda o‘sib borayotganda birinchi yo‘l, u tanglikka yo‘liqib, undan chiqish kerak bo‘lganda ikkinchi, ya’ni diskresion yo‘l ustuvor bo‘ladi. Fiskal siyosat byudjet orqali ham iqtisodiyotga ta’sir etadi. Byudjet hisobidan davlat ishlab chiqarish infratuzilmasiga katta investisiyalarni yuboradi, milliy iqtisodiyot uchun ahamiyatli ish (masalan, yangi texnologiyani yaratish) bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga subsidiya beriladi. Subsidiya moliyaviy yordam sifatida qaytarib olinmaydi, uning hisobidan xarajatlar qoplanib foyda ko‘payadi, bu bilan korxonalar rag‘batlantiriladi. Byudjet siyosati ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini qanda qilmay va kerakli miqdorda pul bilan ta’minlab turishga qaratiladi. Davlat byudjeti balanslashgan bo‘lishi, ya’ni daromadlarga qarab xarajatlar qilinishi zarur bo‘ladi. Byudjet siyosati shundan kelib chiqqan holda byudjet defisitiga yo‘l bermaslikni, defisit yuz bergan taqdirda ham bu me’yorida bo‘lishiga qaratiladi. Byudjet siyosati davlatning ichki va tashqi qarzining hom me’yorida bulishini ta’minlashi zarur. Download 200.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling