Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash
Davlatning iqtisodiyotdagi roli. Iqtisodiy siyosatning maqsadi va vazifalari
Download 200.71 Kb.
|
221-Пардаев Захриддин Зокир ўғли
3. Davlatning iqtisodiyotdagi roli. Iqtisodiy siyosatning maqsadi va vazifalari
Har bir mamlakatning milliy manfaati bo‘lib, buni davlat ifodalaydi. Davlat esa fuqarolik jamiyatining umummilliy siyosiy instituti bo‘lib, uning asosiy funksiyasi shu jamiyatni boshqarishdir. Jamiyatdagi turli manfaatlarni uyg‘unlashtirib, ularni yagona milliy manfaatga birlashtiruvchi kuch ham davlat xisoblanadi, chunki boshqa siyosiy institutlar, chunonchi partiyalar, jamoat tashkilotlari va uyushmalari faqat ularda birlashgan kishilar manfaatini ifoda etadiki, bu esa guruxiy, ya’ni korporativ manfaatlardir. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ikki yunalishda kechadi. Birinchidan, iqtisodiyotning davlat sektorini hosil etuvchi korxona va tashkilotlar milliy iqtisodiyotning bir bo‘lgani sifatida tovar va xizmatlar yaratib bozor munosabatlarida ishtirok etadi. Ikkiichidan, davlat umumiy manfaatlarni ifodalovchi kuch sifatida milliy iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etadi. Davlatning turli idora va tashkilotlari iste’molchi sifatida bozordan resurslar va iste’mol tovarlarni sotib olganda xaridor sifatida bozor aloqalarida ishtirok etadi. Davlat firmalari bozorga uz tovar va xizmatlarini taklif etadi va bozordagi resurslarga talab bildiradi. Xar ikki holatda davlat iqtisodiyotning el qatori sub’yekti vazifasini o‘taydi. Biroq, davlat bozorga nisbatan tashqi kuch sifatida ham maydonga chiqib butun iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etadi. Bunda davlat jamiyat nomidan ish ko‘radi. Davlat firmalar va xonadonlar o‘rtasida turib ularning aloqalarini tartibga soladi (20.1-rayem). Davlatning iste’moli uning buyurtmalari orqali talabni oshirib, firmalar uchun bozor yaratib beradi. Bozor aloqalari Davlat ta’siri 1.1-rasm. Davlatning bozor aloqalari ta’siri Davlatning xonadonlarga beradigan pul transfertlari ularning xarid qobiliyatini oshiradi, bu esa uz navbatida talabni oshirib firmalar bozorini kengaytiradi. Davlat sektorining korxonalari o‘z tovar va xizmatlarini bozorga chiqarib u yerdagi taklifni oshiradilar. 2008 yili O‘zbekistonda davlat sektorining korxonalari taklif etgan tovar va xizmatlar yangi ichki mahsulotning 20,6%ini tashkil etdi. Davlat sektori hamma uchun zarur, lekin rentabelligi pastligidan firmalar qo‘l urmaydigan tovar va xizmatlarni yaratadi. Aksariyat hollarda davlat sektori ishlab chiqarish infratuzilmasi, chunonchi, yoqilga-energetika, transport, yo‘l xujaligi, suv xo‘jaligi, aloqa kabi soxalarni qamrab oladi. Ularning tovar va xizmatlari esa milliy Iqtisodiyotning rivoji uchun suvdek zarur bo‘ladi, shu sababli shu sohalar xarajatini davlat o‘z zimmasiga olib iqtisodiy usishga hissa qo‘shadi. Davlat ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmatlar bepul bo‘lganidan ulardan hamma baxramand bo‘ladi. Ularni iste’mol etish firmalar va xonadonlarni bir qator ijtimoiy sarflardan ozod qiladi, bu bilan inson omilining rivojini ta’minlab iqtisodiy usishga sharoit hozirlaydi. Davlat ham iqtisodiyot sub’yekti, lekin bu oddiy sub’yekt emas, balki butun iqtisodiyotni tartiblab turuvchi sub’yektdir. Milliy iqtisodiyotni tartiblab turishda faqat bozor kuchlari emas, balki davlat ham qatnashadi. Boshqa sub’yektlar, masalan, firmalar, fakat o‘z faoliyatini tor doirada, ya’ni korxona doirasida tartiblay oladilar. Makroiqtisodiy darajada turli sub’yektlar faoliyatini bozor mexanizmi bir-biriga muvofiqlashtirib tursada u vaqti-vaqti bilan layoqatsiz bo‘lib turadi (biz buni oldin ko‘rib chiqqan edik). Shu sababli iqtisodiyotni tartiblashda davlat faol ishtirok etadi, lekin bu bozor qonun-qoidalari doirasida yuz beradi. Xozirgi bozor iqtisodiyotini davlat tartiblab turishini faqat bozorning layokatsiz bo‘lib qolishi bilangina izoxlash mumkin emas, chunki iqtisodiy alokalar g‘oyat keng miqyosli va murakkab bo‘lib, bozor kuchlari xatto mukammal ishlagan taqdirda ham ularni to‘lato‘kis tartibga sola bilmaydi. Agar 2008 yili yer yuzida yaratilgan jami tovar va xizmatlar 58,9 trillion dollarlik (narx paritetiga ko‘ra) bo‘lsa, bularni yaratishda barcha kontinentlardagi millionlab firmalar ishtirok etgan, deyarli 3 mlrd. kishi mehnat qilgan. Xozirgi ishlab chiqarish chuqur ixtisoslashgan bo‘lib tovar va xizmatlar ko‘pchilik mexnatining maxsuliga aylanadi, ularning turlari ko‘payadi. Iste’molga tayyor tovarlarni yaratishda keng kamrovli iqtisodiy alokalar talab qilinadi, korxonalar bir-biriga resurslar, butlovchi qismlar va xatto detallar yetkazib beradi. Ishlab chiqarishda texnikaviy murakkab tovarlar xissasining ortib borishi aitilgan aloqalarning muntazam bo‘lishini talab qiladiki, bu iqtisodiyotning globallashuvi jarayonida yanada kuchayadi. Korxonalarning tashqi iqtisodiy alokalari ahamiyati g‘oyat oshadi va bularni o‘rnatishda davlatning ishtiroki talab qilinadi. Iqtisodiy alokalarning globalizasiya darajasiga chiqish davlatning iqtisodiyot rolini oshirsa, korxonalarda bozorga qarab o‘z faoliyatini o‘zi tartiblashga intilishi bu rolni cheklaydi. Fan-texnika taraqiyotda korxonalarni mikrodarajada boshqarishning eng mukammal vositalarini yaratdi. Bunga misol qilib boshqarishning kompyuterlashuvini, korxonalarning global axborotlar tarmogiga chiqishini olish mumkin. Buning natijasida korxonalar bozor hakida atroflicha axborotga ega bo‘ladilar, bundan foydalanib bozorni prognoz qiladilar, o‘z faoliyatini bozor talabiga o‘z vaqtida moslashtira oladilar. Natijada o‘z faoliyatini o‘zi tartiblash imkoni kengayib boradi. Xullas, davlatning rolini ziddiy omillar belgilaydi. Iqtisodiy aloqalarning global tus olishi davlatning rolini kuchaytirsa, o‘zini-o‘zi tartiblash imkoni bu rolni cheklab turadi. Shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi me’yorida bo‘lishi talab qilinadi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuv me’yorm shundan iboratki, davlatning faoliyati bozor mexanizmining ishlashiga xalaqit bermasliga, aksincha bunga sharoit yaratib berishi kerak, zarur bo‘lganda bu mexanizm ishini to‘ldirib turishi ham talab qilinadi. Xozirgi bozor iqtisodiyotida tartiblashning bozor mexanizmi bilan davlat mexanizmi birgalikda amal qiladi. Biroq, ularning nisbati sharoitga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, Italiya, Avstriya, Fransiya, Shvesiyada davlatning roli kuchli bo‘lsa, AQSH, Yaponiya va Germaniyada bu nisbatan kuchsiz. Davlatning tartiblovchi rolini iqtisodiyotning umumiy xolati ham belgilaydi. Iktisodiyot o‘sayotgan paytlarda bozor kuchlari ishlab turganidan davlat iqtisodiyotga kamroq aralashadi. Aksincha, iqtisodiyotda fluktluasiya kechganda davlat iqtisodiyotni unglash uchun unga faol aralashadi. Davlat iqtisodiyotga o‘z siyosati bilan ta’sir etadi. Davlatning siyosati — bu makroiqtisodiy siyosat bo‘lib, uning muayyan mamlakatning milliy iqtisodiga taalluqli yo‘l-yo‘riqlari va ulardan kelib chiqadigan sa’y-xarakatlaridan iboratdir. Davlatning siyosati xar doim milliy bo‘ladi, mamlakat rivojining ichki va tashqi sharoitini xisobga oladi. Siyosatda eng avval mamlakat iqtisodiyotining holati, xalqaro iqtisodiy kon’yunkturaning milliy iqtisodiyotga nechog‘liq ta’sir etishi, unda kutilayotgan o‘zgarishlar mamlakat zimmasiga olgan xalkaro majburiyatning qandayligi, mamlakat iqtisodiyotining resurslar bilan ta’minlanish darajasidan kelib chiqadi, ilgari amalga oshirilgan choratadbirlar bergan natija ham xisobga olinadi. Davlat siyosati davlat raxbarlarining erk-irodasi va qat’iyatligiga va yetilgan iqtisodiy muammolarni naqadar idrok etishlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Davlatning siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqdan holda ma’lum maqsadlarni ko‘zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar: Barqaror istisodiy o‘sishii ta’minlash. Bu yalpi ichki maxsulotning bir maromda va yetarli sur’atlar bilan o‘sishiga sharoit hozirlashni bildiradi, chunki YAIM qanchalik tez o‘ssa, mamlakat iqtisodiy qudrati shunchalik oshadi. Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini ta’minlash, uni chet elga qaram bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Iqtisodiyot qanchalik mustaqil bo‘lsa, shunchalik milliy manfaatlarga ko‘proq xizmat qiladi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash. Bu iqtisodiy oborotning uzluksizligini, ya’ni takror ishlabchiqarishning tuxtovsiz davom etishini, iqtisodiy falajlikka yo‘l qo‘yilmasligini bildiradi. Milliy pul qadr-qiymatining barqarorligini ta’minlash, mamlakatdagi pul muomalasining me’yorida borishiga erishish, pulni iqtisodiy aloqalarning muntazam ishlab turuvchi vositasiga aylantirish. Aholi turmush farovonligini muttasil oshirib, iqtisodiyotning ijtimoiyligini to‘laroq yuzaga chiqarishga ko‘maklashish. Milliy iqtisodiyotni xalqaro integrasion jarayonlar va globalizasiada faol ishtirok etib, xalqaro iqtisodiyotda o‘z o‘rnini topishi, baynalmilal iqtisodiy munosabatlarning teng xuquqli ishtirokchisiga aylanishiga erishish. Milliy iqtisodiyotning istiqbolini ta’minlash, ya’ni uni uzoq, kelajakda o‘sib borishiga sharoit hozirlash. Bular iqtisodiy siyosatiing strategik, ya’ni uzoq, davrga muljallangan maqsadi hisoblanadi. Biroq uning kisqa vaqtdagi taktik, ya’ni juz’iy maqsadlari ham bor. Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narxlarning barqarorligini ta’minlash, investision faollikni rag‘batlantirish, eksport salohiyatini oshirish, novasiyalarni ta’minlash, yangi tashqi bozorlarga kirib borish kabilar kiradi. Juz’iy maqsadlar strategik maqsadlardan kelib chiqadi va ularga xizmat kiladi. Davlat siyosati belgilagan maqsadlarga qo‘yidagi vositalar bilan erishiladi. Birinchisi, iqtisodiy vositalar bo‘lib, bular jumlasiga soliqlar, subsidiyalar, lisenziyalar, eksport kvotalari, uchyot stavkalari, davlat buyurtmalari, davlat investisiyalari, transfertlar, turli iqtisodiy sanksiyalar (jazolash vositalari) kabilar kiradi. Ikkinchisi, yuridik vositalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va qoidalarini, uning davlat tomonidan rag‘batlantirilishini belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos ravishdagi qonun osti xujjatlarni ishlab chiqish, ularni qabul qilish va joriy etishdan iboratdir. Qonunchilik iqtisodiyotning huquqiy asoslarini belgilab beradi, bular esa bozor iqtisodiyotining ob’yektiv iqtisodiy qonunlari talabidan kelib chiqishi zarur. Iqtisodiyotga oid yuridik qonunlarni parlament qabul qiladi. Xukumat esa ularning amalga oshirilishini ta’minlaydigan qarorlar va farmoyishlarni ishlab chiqadi. Tegishli davlat idoralari qonunlarning amalga oshirilishini nazoratga oladi. Uchinchisi, siyosiy-ma’muriy vositalar. Davlat hokimiyat soxibi bo‘lganidan o‘z siyosatiga rioya etilishini o‘z organlari kuchi bilan ta’minlaydi. Davlat oliy siyosiy institut hisoblanar ekan, uning qarorlari va buyrukdariga hamma itoat etishi kerak bo‘ladi. Ma’muriy usul yordamchi usul xisoblanadi, u bozor tizimida yaxshi natija bermaganidan cheklangan holda qo‘llaniladi. Download 200.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling