Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash


Download 200.71 Kb.
bet5/15
Sana18.02.2023
Hajmi200.71 Kb.
#1213214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
221-Пардаев Захриддин Зокир ўғли

4. Davlatning iqtisodiy siyosatini asosisy yo‘nalishlari.

Global iqtisodiy siyosat


Iqtisodiyot yaxlit bo‘lar ekan iqtisodiy siyosat ham yagonadir. Lekin davlat siyosatining aniq, yo‘nalishlari bor.
Monetar siyosat — bu davlatning pul-kredit siyosati bo‘lib, pul muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul okimlarini boshqarib turish siyosati xisoblanadi. Uning maqsadi narxlarni va shunga ko‘ra milliy pul birligi xarid qurbini, uning valyuta kursini barqarorlashtirish, oxir-okibatda pulga talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirishdan iborat bo‘ladi.
Monetar siyosatning 3 ta asosiy jixati bor:

  1. Qayta moliyalashtirish yoki uchyot siyosati. Bunda davlat nomidan markaziy banklar uchyot stavkasini o‘zgartiradi. Stavka oshganda pul qimmatlashib, unga talab qisqaradi. U pasaytirilganda pul arzonlashib, unga talab oshadi.

Bu ayni paytda kreditning arzon yoki qimmat bulishini bildiradi. Bu esa iqtisodiyotga kredit xisobidan yuboriladigan investisiyalarni o‘zgartirib, uning o‘sishiga ta’sir etadi.
Masalan, Yevropa mamlakatlarida qayta moliyalashtirish stavkasi 2001 yil oxirida 1,7% bo‘lsa, 2009 yil oxirida bu 1,0% ga tushdi. Bu bilan kredit arzonlashtiriddi, chunki kommersiya banklari shunga qarab kredit uchun undiriladigan foiz stavkalarini belgiladilar.

  1. Ochiq, bozorda operasiyalar o‘tkazish siyosati. Bu davlat obligasiyalarini chiqarib firmalar, banklar va axrliga sotish va vaqti kelganda ularni qaytadan sotib olishni bildiradi. Bu obligasiyalarni olish qulay bo‘ladi, chunki ularga qat’iy belgilangan foizni davlat to‘laydi, bu bilan ularning daromadliligi kafolatlanadi. Davlat obligasiyalari sotilganda pul ularga bog‘lanib qoladi, natijada uning muomaladagi miqdori qisqaradi. Aksincha, ular qaytadan sotib olinganda pul ulardan bo‘shab muomilaga keladi, u yerdagi pul miqdori ko‘payadi. Demak, bu usul bilan ham pul miqdori tartiblanadi.


  2. Download 200.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling