Daʼvogar "Termiz Аgromashmontaj" mchJ taʼsischisi Sh. Mamadaliev javobgar
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʼilishi va uning qarorlari huquqiy
Download 214.19 Kb. Pdf ko'rish
|
korparativ
2.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʼilishi va uning qarorlari huquqiy tabiatini tahlil qiling. O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonuniniga ko‘ra, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jamiyatning ustavi bilan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul qilish; jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini o‘zgartirish; ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish; jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan bo‘lsa, uni saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash; jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilish; jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish); boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish; jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish; ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, uning tomonidan jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun, shuningdek jamiyatning ijro etuvchi organi hal etishi uchun topshirilishi mumkin emas. Ushbu qonun 33-moddasiga binoan, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni o‘tkazishdan kamida o‘ttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining ro‘yxatida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shart. Xabarnomada jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan vaqt va joy, shuningdek taklif qilinayotgan kun tartibi ko‘rsatilishi kerak. Jamiyatning istalgan ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga qo‘shimcha masalalarni kiritish to‘g‘risida uni o‘tkazishdan kamida o‘n besh kun oldin takliflar kiritishga haqlidir. Qo‘shimcha masalalar, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jumlasiga kirmaydigan masalalarni istisno etganda, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga kiritiladi. Jamiyat ishtiroqchilarining umumiy yig‘ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar jamiyat ishtiroqchilari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan qo‘shimcha masalalar ta’rifiga o‘zgartirish kiritishga haqli emaslar. Agar jamiyat ishtirokchilarining taklifiga binoan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining dastlabki kun tartibiga o‘zgartishlar kiritiladigan bo‘lsa, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n kun oldin ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan usulda kun tartibiga kiritilgan o‘zgartishlar haqida jamiyatning barcha ishtirokchilarini xabardor qilishlari shart. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida jamiyat ishtirokchilariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborot va materiallar jumlasiga quyidagilar kiradi: jamiyatning yillik hisoboti; jamiyatning yillik hisobotlari va yillik buxgalteriya balanslarini tekshirish natijalari bo‘yicha jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosasi; moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi auditorlik xulosasi; jamiyatning ijro etuvchi organlariga, jamiyatning kuzatuv kengashiga va jamiyatning taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzod (nomzodlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar; jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa axborot (materiallar).
Download 214.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling