Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining ushbu Qonun va boshqa qonun
hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat
ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda
ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining
arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat
ishtirokchisi qabul qilingan qaror to‘g‘risida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan
e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab
bo‘lgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ishtirok
etgan bo‘lsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida
berilishi mumkin.
Sud ishning barcha holatlarini hisobga olgan holda, agar ariza bergan jamiyat
ishtirokchisining ovozi ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsata olishi mumkin bo‘lmasa va
(yoki) yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik jiddiy bo‘lmasa va (yoki) qaror jamiyatning ana shu
ishtirokchisiga zarar yetkazmagan bo‘lsa, shikoyatga sabab bo‘lgan qarorni o‘z kuchida
qoldirishga haqlidir.
Jamiyat kuzatuv kengashining, jamiyat yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi
organining, jamiyat kollegial ijro etuvchi organining ushbu Qonun va boshqa qonun
hujjatlarining, jamiyat ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat
ishtirokchisining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori jamiyat ana shu
ishtirokchisining arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: