Daʼvogar "Termiz Аgromashmontaj" mchJ taʼsischisi Sh. Mamadaliev javobgar
II. Muammoli vaziyatga huquqiy yechim topish boʼyicha
Download 214.19 Kb. Pdf ko'rish
|
korparativ
II. Muammoli vaziyatga huquqiy yechim topish boʼyicha
1. Daʼvogar tomonidan mazkur masala boʼyicha daʼvo talabi keltirilishiga asos boʼlgan qaysi normalar mavjud? 2. Daʼvogar tomonidan mazkur masala boʼyicha daʼvo talabiga daʼvo muddati qoʼllaniladimi? 3. Javobgar tomonidan mazkur masala boʼyicha oʼzini himoya qilishi uchun qanday normalarni asos sifatida keltira oladi? 4. Taraflar oʼz talablarini asoslash uchun nimalarni va qanday dalillar bilan isbotlashi kerak? Аdolatli yechim berilishi uchun nimalar isbotlanishi talab etiladi? Daʼvogar - “Termiz Аgromashmontaj” MChJ taʼsischisi Sh.Mamadaliev javobgar – “Termiz Аgromashmontaj” MChJiga nisbatan 2019 yil yanvarda sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, mulk huquqidan mahrum qilish bilan bogʼliq boʼlmagan huquqi (taʼsischilar umumiy yigʼilishiga qatnashish, kun tartibidagi masaladan xabardor boʼlish, kun tartibidagi masala boʼyicha qaror qabul qilishda ishtirok etish va ovoz berish)ni tiklab, qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatlarini himoya qilib, javobgar – “Termiz Аgromashmontaj” MChJ taʼsischilari nomidan soxtalashtirilgan 2009 yil 25 maydagi taʼsischilar umumiy yigʼilish bayonnomasini haqiqiy emas deb topishni soʼragan. MChJ faoliyatning istalgan (qonunchilik bilan taqiqlanmagan) turini amalga oshirishga haqlidir, lekin 2001 yil 6 dekabrdagi N 310-II Oʼzbekiston Respublikasining «Masʼuliyati cheklangan va qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisida»gi Qonuniga muvofiq, MChJ ustavida ushbu MChJ faoliyatining narsasi belgilangan boʼlishi lozim,
yaʼni maxsus
huquqiy layoqati belgilanadi. Bizning fikrimizcha, bu holat bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlik faoliyatining ruhiga mos kelmaydi, sababi shuki, bu tadbirkorlik subʼektining tanlov erkinligini cheklaydi, chunki taʼsischilar oʼzlari tuzayotgan MChJ shugʼullanishi mumkin boʼlgan barcha faoliyat turlarini aniq va toʼliq oldindan koʼra oladi, deb tasavvur qilish qiyin. MCHJ ishtirokchilari jamiyatni boshqarishda bir qancha huquqlarga ega. MChJning, shuningdek, uning ishtirokchilarining huquqiy maqomi Oʼzbekiston Respublikasi FK, Oʼzbekiston Respublikasining «Masʼuliyati cheklangan va qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisida»gi Qonuni bilan belgilanadi. Yuqoridagi Qonun MChJning huquqiy maqomini, uning ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlarini, uning tuzilishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi tartibini belgilab beradi. Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʼgʼrisidagi qonunchilik boshqa qonunchilik hujjatlarini ham oʼz ichiga oladi Masʼuliyati cheklangan hamda
qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisida”gi Qonunning 8-moddasi va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy xoʼjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʼgʼrisida” 2014 yil 20 iyundagi 262-sonli qarori 19-bandining ikkinchi xatboshisida, agar daʼvogar ishtirokchining ulushi yoki bir nechta ishtirokchilarning jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning oʼn foizidan kam boʼlsa yoxud daʼvo arizasi jamiyatning oʼzi tomonidan berilgan boʼlsa, daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilishi lozimligi toʼgʼrisida tushuntirish berilgan. “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisida”gi Qonun 8-moddasining ikkinchi qismiga koʼra talabni qanoatlantirish uchun quyidagi 3 ta asoslardan biri mavjud boʼlishi kerak ➢ Jamiyat ishtirokchilari safidan chiqarish talabi qaratilgan ishtirokchisi(lari) oʼz majburiyatlarini qoʼpol buzayotgan boʼlsa ➢ Bunday ishtirokchi(lar) oʼz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʼrsatishiga imkon bermayotgan boʼlsa ➢ Jamiyat ishtirokchilari safidan chiqarish talabi qaratilgan ishtirokchisi(lari) jamiyatning faoliyat koʼrsatishini jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan boʼlsa Jamiyat
ishtirokchilari safidan
chiqarish talabi
qaratilgan ishtirokchisi(lari) tomonidan oʼz majburiyatlarini qoʼpol ravishda buzayotganligi holatiga misol qilib, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisida”gi Qonunning 9-moddasidagi jamiyat ishtirokchilariningmajburiyatlarini buzilishini koʼrsatsa boʼladi. Unga koʼra, jamiyat ishtirokchilari ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʼshishlari; jamiyat faoliyati toʼgʼrisidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart. Jamiyat ishtirokchilarining qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa
majburiyatlari ham
boʼlishi mumkin.
Jamiyat
ishtirokchilarining majburiyatlari qonun hujjatlari va taʼsis hujjatlarida aniq koʼrsatib oʼtilgan boʼlib, ishtirokchi tomonidan oʼz majburiyatlarining qoʼpol ravishda buzilishi sud tartibida uni MChJdan chiqarish uchun asos boʼlib xizmat qiladi. MChJ ishtirokchisi oʼz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʼrsatishiga imkon bermayotganligi yoki ishtirokchi oʼz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʼrsatishini jiddiy tarzda qiyinlashtirayotganligi holatlarini baholash mezonlari qonun hujjatlarida aniq koʼrsatib berilmagan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 149-moddasiga ko‘ra, da'vo muddati - shaxs o‘zining buzilgan huquqini da'vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir. Qonunchilikka ko‘ra, umumiy da'vo muddati – 3 yil. Biroq ayrim hollarda maxsus da'vo muddatlari qo‘llanadi. Maxsus da'vo muddatlari tegishli sohaning xususiyati va tartib-taomillaridan kelib chiqib turlicha belgilanadi. Ammo mas'uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar umumiy yig‘ilishining qarori ustidan 2 oy ichida ariza berilishi lozim. Masʼuliyati cheklangan hamda
qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror to‘g‘risida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab bo‘lgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etgan bo‘lsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Sud ishning barcha holatlarini hisobga olgan holda, agar ariza bergan jamiyat ishtirokchisining ovozi ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsata olishi mumkin bo‘lmasa va (yoki) yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik jiddiy bo‘lmasa va (yoki) qaror jamiyatning ana shu ishtirokchisiga zarar yetkazmagan bo‘lsa, shikoyatga sabab bo‘lgan qarorni o‘z kuchida qoldirishga haqlidir. Jamiyat kuzatuv kengashining, jamiyat yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, jamiyat kollegial ijro etuvchi organining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarining, jamiyat ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchisining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori jamiyat ana shu ishtirokchisining arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Jamiyat ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilari safidan chiqarish bilan bogʼliq ishlarni koʼrishda sudlar quyidagi 2 ta muhim holatga eʼtibor berishlari kerak 1.
Jamiyat ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilari safidan chiqarish toʼgʼrisidagi talab bilan sudga murojaat qilayotgan shaxs(lar) jamiyatning taʼsischisi boʼlishi shart
2. Bunday talab bilan sudga murojaat qilayotgan shaxs(lar)ning jamiyatning ustav fondidagi ulushi kamida
10 foizni
tashkil etishi
kerak. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi uning ishtirokchilari bo‘lmaganlar orasidan ham saylanishi mumkin.
Jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs o‘rtasidagi shartnoma jamiyat nomidan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs saylangan umumiy yig‘ilishdagi raislik qiluvchi shaxs tomonidan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror to‘g‘risida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab bo‘lgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etgan bo‘lsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy xoʼjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʼgʼrisida” 2014 yil 20 iyundagi 262-sonli qarorining 20.1-bandida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʼilishi qarori u qonun hujjatlariga zid boʼlgan va (yoki) umumiy yigʼilish qonun hujjatlari va jamiyat ustavida belgilangan tartibga rioya etilmagan holda oʼtkazilgan hollardagina haqiqiy emas deb topilishi mumkin. “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʼshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 8-moddasiga muvofiq, jamiyatning ishtirokchilari jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʼz ulushini yoxud uning bir qismini ushbu Qonunda va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotish ѐki oʼzga tarzda ularning foydasiga voz kechishga haqli. MChJ bitta shaxs yoki bir nechta shaxslar tomonidan taʼsis etilishi mumkin. Taʼsischilar sifatida fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar boʼlishi mumkin. Qonunchilikda jismoniy shaxslarning ayrim toifalarining MChJ da ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkinligini aytib oʼtish lozim. Shuningdek, davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha belgilangan boʼlmasa, MChJ ishtirokchilari boʼla olmaydi. MChJ bitta shaxs tomonidan taʼsis etilishi mumkin, u holda bu shaxs uning yagona ishtirokchisi boʼladi. Jamiyat keyinchalik yagona ishtirokchisi boʼlgan jamiyatga aylanishi mumkin. Lekin, MChJning yagona ishtirokchisi bitta shaxsdan iborat boʼlgan boshqa xoʼjalik jamiyati boʼla olmaydi. Download 214.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling